74
Baryerlarning yo‘nalishi qo‘yilgan vazifaga bog‘liq bo‘lib, u
bo‘yiga yoki eniga qarab o‘rnatilishi mumkin. Bir nurlatish blo-
kining ikkinchi fotoqabulqilgichga tushmasligi uchun bloklar
komplekti bir-birining ro‘parasiga o‘rnatiladi.
Jinoyatchi ikki nurdan birini kesib o‘tsa tashvish xabari uza-
tiladi. Buning uchun ikkinchi nurlatish bloki birinchi fotoqabul-
qilgich bilan sinxronlashtirilgan. Birinchi nurni kesib o‘tgandan
so‘ng ikkinchi nurlatish blokiga sinxronlashgan impulsi uzatilishi
to‘xtaydi. Ikkinchi nurlatish bloki infraqizil nur uzatmagandan
keyin ikkinchi fotoqabulqilgich tashvish xabarini uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: