Xalaqitlarga nisbatan yuqori turg‘unlikni ta’minlash
Aktiv optik-elektron xabarlovchilarga quyidagilar ta’sir
ko‘rsatadi:
– atmosfera xalaqitlari (yomg‘ir, do‘l, qor, tuman, chang);
– begona nurlarning tushishi (quyosh, avtomobil chiroqlari
va h.k.);
– nurlarni qushlar kesib o‘tishi, barglar tushishi va h.k.
Yuqori turg‘unlikni ta’minlash uchun xabarlovchi to‘g‘ri soz-
langan bo‘lishi kerak: FQB ga quyosh nurlari, avtomobil chiroq-
lari tushmasligi lozim; NB va FQB ni optik tizimlarini chang-
dan tozalab turish kerak; qishda oynasiga qor tushmasligini
ta’minlash lozim. Himoya zonasida shox-shabbalar, daraxtlar va
boshqa harakatlanadigan predmetlar bo‘lmasligi kerak. Xabar-
lovchi mustahkam asosga o‘rnatilishi lozim.
Aktiv optik-elektron xabarlovchilar quyidagi usullar bilan ish-
dan chiqarilishi mumkin:
1. Kommutatsion qutilarda, shkaflarda yoki elektr simlarda
ijro relesiga parallel ravishda tutashtirgich o‘rnatish.
2. 10 ms tezlikdan sekin harakatlanish.
3. Xabarlovchining nuri o‘rniga shunga o‘xshash nur qo‘llash
yo‘li bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |