Optik-elektron xabarlovchilarning elektr montaji
Passiv optik-elektron xabarlovchilari o‘zgarmas tok man-
badan 12 V yoki xabarlovchi shleyfidan kuchlanish bilan
ta’minlanadi.
12 V o‘zgarmas manbadan ta’minlangan xabarlovchilarga ik-
kita zanjir uzatiladi: xabarlovchi shleyfi va ta’minot liniyasi. Ijro
relesi kontaktlari xabarlovchi shleyfiga yakunlovchi element bilan
ketma-ket ulanadi.
Xabarlovchi shleyfidan ta’minlangan xabarlovchilarga faqat
bitta liniya – xabarlovchi shleyfi ulanadi, bunda shleyfning qutb-
lanishiga qarab ulash kerak.
Ulash uchun TRP yoki TRV simlaridan foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |