1.2. O‘lchash turlari va o‘lchovlar
O‘lchov berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash
uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Masalan, qadaqtosh –
massa o‘lchovi, o‘lchov rezistori – elektr qarshilik o‘lchovi, yori-
tish lampasi – yorug‘lik o‘lchovi va hokazo.
O‘lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham
kiradi.
O‘lchash – fizik kattaliklar qiymatlarini tajribada maxsus
texnik vositalar yordamida aniqlaydi.
Ko‘p hollarda o‘lchash jarayonida o‘lchanayotgan kattalik-
ni shunday fizik kattalik bilan taqqoslanadiki, unga 1 ga teng
bo‘lgan qiymat beriladi va u fizik kattalik birligi yoki o‘lchov
birligi deyiladi.
O‘lchash natijasi – kattalikning o‘lchash usuli bilan, masalan,
kattalikning o‘lchov birligi bilan taqqoslash usuli yordamida to-
pilgan qiymatdan iborat. O‘lchash natijasini tenglama ko‘rinishida
quyidagicha yozish mumkin:
U=Q\q yoki Q=Uq
bu yerda: Q – o‘lchanayotgan kattalik; U – o‘lchash natijasi yoki
o‘lchanayotgan kattalikning son qiymati; q – fizik kattalik birligi.
Bu tenglama o‘lchashning asosiy tenglamasi deyiladi. Uning
o‘ng tomoni o‘lchash natijasi deb yuritiladi. O‘lchash natijasi doi-
mo o‘lchamli kattalik bo‘lib, u o‘z nomiga ega bo‘lgan q birlik-
dan hamda ayni birlikdan o‘lchanayotgan kattalikda nechta bor-
ligini anglatadigan U sondan tashkil topgan.
O‘lchashlar bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri), bilvosita, birlashtirib
va birgalikda o‘lchash usullari yordamida topiladi.
Bevosita o‘lchash – izlanayotgan kattalik to‘g‘ridan to‘g‘ri
o‘lchash natijasida aniqlanadi. Masalan, kuchlanishni voltmetr
bilan o‘lchash.
Bilvosita o‘lchash – izlanayotgan kattalik bevosita o‘lchangan
kattalik va izlanayotgan kattalik orasidagi bog‘lanish orqali aniq-
lanadi. Izlanayotgan kattalik quyidagi ifoda orqali aniqlanadi,
X=f(x
1
, x
1
...x
n
), bu yerda: x – bevosita o‘lchangan kattaliklar qiy-
mati. Misol uchun: R=u\I ifoda orqali noma’lum bo‘lgan rezistor
R qarshiligini aniqlaymiz
7
Birlashtirib o‘lchash – bir necha bir nomli kattaliklarni bir
vaqtda o‘lchashdan iboratki, undan izlangan kattaliklarning
qiy matlari bevosita o‘lchashda hosil qilingan tenglamalar siste-
masidan topiladi.
Bir vaqtda ikki yoki bir necha nomli turli kattaliklarni, ular-
ning orasidagi funksional munosabatlarni topish uchun olib bo-
rilgan o‘lchashlar birgalikda o‘lchash deyiladi.
O‘lchashda kuzatish ham qo‘llaniladi.
O‘lchash vositalarini ish rejimiga ko‘ra, o‘lchashlar sta-
tik va dinamik bog‘liqliklarga bo‘linadi. Statik o‘lchash degan-
da – o‘lchash vositasi statik rejimda ishlash tushuniladi, ya’ni
o‘lchov vositasining ko‘rsatkichi chiqish signalini ishlatish davri-
da o‘zgarmasdan turishi tushuniladi. Dinamik o‘lchash deganda
vaqt mobaynida chiqish signali o‘zgarib turishi tushuniladi.
O‘lchashda bevosita baholash, differensial, o‘lchov bilan
taqqos lash va nol (kompensatsion) usullari keng tarqalgan.
Bevosita baholash usuli o‘lchanayotgan kattalik miqdorini be-
vosita o‘lchash asbobining hisoblash qurilmasi bo‘yicha bevosita
topish imkonini beradi.
Differensial usul o‘lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning
ayirmasini o‘lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi
tarkibining havoning issiq o‘tkazuvchanligiga taqqoslash yo‘li bi-
lan issiq o‘tkazuvchanlik bo‘yicha o‘lchash.
G‘oyatda aniq o‘lchashlarda o‘lchov bilan taqqoslash usu-
li qo‘llaniladi. Bunda o‘lchanayotgan kattalik o‘lchov yordamida
topilgan kattaliklar bilan taqqoslanadi.
Nol usuli o‘lchanayotgan kattalikning qiymati ma’lum bo‘lgan
kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma
ma’lum kattalikning o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |