Nashrga ruxsat etaman



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

3.
 
О„zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi о„rnini 
kо„tarish bо„yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
Prezidentimizning 2019 yil 7-martdagi ―Xalqaro reyting va indekslarda 
О‗zbekiston Respublikasining о‗rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni 
tizimlashtirish 
tо‗g‗risida‖gi 
PF–5687
-sonli
Farmoni 
ayni 
maqsadlarni 
kо‗zlaydi.Farmonga muvofiq hozirda О‗zbekistonda turli sohalarida jahon 
hamjamiyatida reyting va indeks kо‗rsatkichlarini kо‗tarishga alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. Negaki, mamlakat iqtisodiyotining rivoji, xorijiy yetakchi biznes 
korchalonlari bilan hamkorlikni yangi bosqichga kо‗tarish hamda investorlar 
e‘tiborini jalb etish, ularning ishonchini kafolatlash uchun solishtirma 
reytinglarning yuqori bо‗lishi muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy 
xalqaro reyting va indekslarda О‗zbekistonning о‗rnini yaxshilash xalqaro 
maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, 
iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta‘minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va 
protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning 
xalqaro reyting va indekslardagi kо‗rsatkichlari oshishiga sabab bо‗lmoqda. 
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini 
mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar 
bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021 
yillarda О‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‗nalishi 
bо‗yicha 
Harakatlar strategiyasida
 belgilangan vazifalarni amalga oshirish 
maqsadida respublika kengashi tashkil etilgan. 
Mazkur Kengashning asosiy vazifalari: 
-mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini 
tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub 
о‗zgarishlarning О‗zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bо‗lgan xalqaro reyting 
va indekslarda mamlakatning о‗rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini 
ta‘minlash, mazkur yо‗nalishdagi ishlarning samaradorligiga tо‗siq bо‗layotgan 
muammolarni bartaraf etish; 


-О‗zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bо‗lgan xalqaro reyting va 
indekslarda mamlakatning о‗rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va 
boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‗or xalqaro 
tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga 
oshirish bо‗yicha tashabbuslarni ilgari surish; 
-davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan 
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini О‗zbekiston Respublikasi 
uchun ustuvor bо‗lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning о‗rniga 
ta‘siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish. 
Shu munosabat bilan,О‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya 
vazirligi mazkur Kengashning ishchi organlari etib belgilandi. 
Kengash ishchi organlari taqsimlangan vazifalar bо‗yicha О‗zbekiston 
Respublikasi uchun ustuvor bо‗lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning 
о‗rnini yaxshilashga qaratilgan ta‘sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga 
oshirilishi hamda ushbu yо‗nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi 
ustidan nazorat о‗rnatish kabilarni о‗z ichiga oladi. 
Bugungi kunda mamlakat imiji masalasida qator ishlar amalga 
oshirilayotganini quyidagi parametrlar bilan dalillashtir mumkin: 
1.
О‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ustuvor siyosiy 
va huquqiy reyting va indeks kо‗rsatkichlarda О‗zbekiston о‗rnini yaxshilash.
2.
О‗zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini targ‗ib qilish 
uchun xalq diplomatiyasi vositalarini rivojlantirish va joriy etish. 
3.
О‗zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda 
amalga oshirilayotgan islohotlar va о‗zgarishlarni xalqaro maydonda faol va 
keng yoritish. 
4.
Milliy raqamli diplomatiyani rivojlantirish. 
5.
Turizmni rivojlantirishga xalaqit berayotgan omillar va sharoitlarni 
aniqlash maqsadida xorijiy investorlar va turistlar о‗rtasida ijtimoiy sо‗rovlar 
tashkil etish va о‗tkazish. 
6.
Siyosiy xavflarning iqtisodiyot, moliya va tashqi savdo sohalariga 
ta‘sir qiluvchi omillarini aniqlash, shuningdek, ularning ta‘sirini kamaytirish. 
7.
О‗zbekiston Respublikasining ijobiy imijini ilgari surishning 
zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va qо‗llashda hamkorlik qilish 
uchun xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish. 
8.
О‗zbekiston tо‗g‗risida ijobiy ma‘lumotlarni tarqatish, о‗zbek 
brendlarini reklama qilish, respublikaning xalqaro maydondagi imijini ilgari 
surish maqsadida mashhur xorijiy blogerlar bilan aloqalarni о‗rnatish va 
rivojlantirish. 


9.
Milliy brendlarni ommalashtirish va mamlakatning ijobiy imijini 
targ‗ib qilish maqsadida О‗zbekiston xalq amaliy san‘ati xalqaro 
festivallarini tashkillashtirish, shuningdek, chet elda о‗tkaziladigan xalq 
ijodiyoti festivallari va yarmarkalarida faol ishtirok etish. 
10.
YUNESKOning Butunjahon merosi rо‗yxatiga О‗zbekistonning 
yangi obektlarini kiritish va boshqalar 
Yangilanayotgan О‗zbekistonning xalqaro maydondagi imijiga ijobiy 
ta‘sir etgan omillar sifatida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 
yil 19 sentabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi va 2020 yil 23 
sentabrdagi 75-sessiyasidagi ma‘ruzasida mintaqaviy va xalqaro xarakterga 
ega bо‗lgan g‗oya va takliflarni ilgari surgani hamda mazkur takliflarni 
xalqaro maydonda e‘tirof etilishini alohida ta‘kidlab о‗tish joiz. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ichki siyosiy faoliyatga nazar tashlasak, 
о‗tgan tо‗rt yil ichida milliy parlamentimiz Oliy Majlisning nufuzli xalqaro 
tashkilotlar bilan aloqalarini bir necha yillik tanaffusdan sо‗ng yana qayta 
tiklangani mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yanada oshirdi. 
Jumladan, milliy parlamentimiz Parlamentlararo Ittifoqda, Yevropada Xavfsizlik 
va Hamkorlik Tashkilotining Parlament Assambleyasida, Mustaqil Davlatlar 
Hamdо‗stligi 
Parlamentlararo Assambleyasida о‗z faoliyatini tiklagani, 
shuningdek, xalqaro ekologik kongressda parlamentimiz vakillarining ishtirok 
etgani muhim ahamiyatga ega bо‗ldi. 
Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan 
hozirgi davrda milliy manfaatlarimizni ilgari surish hamda faol tashqi siyosat 
yuritish mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta‘minlashga, О‗zbekistonning 
xalqaro maydondagi obrо‗-e‘tiborini yanada oshirishga va Vatanimizning jahon 
hamjamiyatida munosib о‗rin egallashiga xizmat qiladi. 
2020 yil 23-sentabrda О‗zbekiston Respublikasi prezidenti BMT Bosh 
assambleyasining 75-sessiyasida о‗zbek tilida ma‘ruza qilib, dunyo davlatlarini 
qiynab kelayotgan 9 ta masala bо‗yicha о‗z takliflari va g‗oyalarini ilgari surdi. 
Jumladan, Orol bо‗yi mintaqasida ekologik muhitni barqarorlashtirish yuzasidan 
bildirgan taklifi ham BMT rahbariyati va xorijiy davlatlar rahbarlari tomonidan 
e‘tirof etildi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda eng yirik global ekologik falokatlardan biri Orol 
dengizi fojiasi bо‗lib, uning ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari 
tufayli mintaqa sog‗liqni saqlash, genofond va unda yashayotgan odamlar 
kelajagining barqaror rivojlanishiga bevosita tahdid solmoqda. Shuningdek, global 
ekotizimga salbiy ta‘sir kо‗rsatmoqda. Orolbо‗yi inqiroz zonasi bevosita 
Qozog‗iston, Turkmaniston va О‗zbekiston, bilvosita esa, Qirg‗iziston va 
Tojikiston hududlarini qamrab oladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga kо‗ra, 


bugun Orolning qurigan qismida 5,5 million gektarga teng hududda yangi tuzli 
chо‗l paydo bо‗lgan. Bu hududlarda yiliga 90 kundan ortiq davr mobaynida chang 
bо‗ronlari sodir bо‗ladi va 100 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlarni 
atmosferaga kо‗tarib, minglab kilometrlarga yoyib yuboradi. Shuning uchun ham 
Orol inqirozining atrof-muhit va mintaqa aholisi hayotiga salbiy ta‘sirini 
qisqartirish, iqlim ta‘sirining yanada yomonlashishi oldini olish bugungi kundagi 
eng muhim vazifalardan hisoblanadi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT 
Bosh Assambleyasining 72–sessiyasida sо‗zlagan nutqida ham Orol dengizining 
ekologik fojiasiga alohida e‘tibor qaratgandi. Chunki Orol dengizi qurishi 
oqibatlarini bartaraf etish xalqaro say-harakatlarning faol mustahkamlanishini talab 
qiladi. Shundan kelib chiqib, 2018 yilning 24 avgust kuni Orolni qutqarish xalqaro 
jamg‗armasi ta‘sischi davlatlari rahbarlarining Turkmanboshi shahrida bо‗lib 
о‗tgan sammitida О‗zbekiston rahbari tomonidan Orolbо‗yi mintaqasini ekologik 
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e‘lon qilish taklif etilgan edi.
О‗zbekiston mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi 
о‗simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish 
bо‗yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz tashabbusi bilan 
BMTning Orolbо‗yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bо‗yicha kо‗p tomonlama 
sheriklik asosida Trast fondi tuzilgani, bu fond og‗ir ekologik hududda 
yashayotgan aholiga amaliy yordam kо‗rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning 
tayanch platformasi bо‗lib xizmat qilishi tabiiy. О‗zbekiston rahbari о‗z chiqishida 
Orolbо‗yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e‘lon 
qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish 
hamda ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani Ekologik tizimlarni himoya qilish 
va tiklash xalqaro kuni sifatida nishonlash taklifini bildirdi. BMT maxsus 
rezolyusiyasini qabul qilish g‗oyasi 2019 yil 25 oktabrda Nukus shahrida BMT 
shafeligida bо‗lib о‗tgan ―Orolbо‗yi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar 
zonasi‖ deb nomlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada taklif etilgan edi. 
Mazkur rezolyusiya investitsiyalarni rag‗batlantirish va iqlim о‗zgarishi, atrof-
muhitning yomonlashuvi, barqaror urbanizatsiya va qishloq xо‗jaligi, oziq-ovqat 
xavfsizligi, qashshoqlik va tengsizlik kabi keng qamrovli masalalarga e‘tibor 
berish orqali asosiy xavf omillarini bartaraf etish imkoniyatini beradi. Shu bilan 
birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro, mintaqaviy va milliy siyosatlarning 
uyg‗unligiga erishish, Orol dengizining qurishi bilan bog‗liq ekologik inqiroz 
zonasida mavjud xavf-xatarni hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik 
zaiflikni yanada chuqur tizimli tushunishni rag‗batlantirishga qaratilgan 
innovatsion chora-tadbirlar uchun yanada keng imkoniyatlar ochadi. Ushbu 
rezolyusiyaning qabul qilinishi mintaqaviy muammolarni birgalikda hal etish 
masalalarida 
О‗zbekistonning yetakchi о‗rinlarda bо‗lishi, shuningdek, 


mamlakatning xalqaro nufuzini yana bir bor namoyish etishiga shart-sharoit 
yaratadi. BMT tomonidan Ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash xalqaro 
kunining belgilanishi esa global muammolarni hal qilishda siyosiy iroda va 
resurslarni safarbar qilish, bu boradagi muammoli masalalardan keng 
jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, insoniyat yutuqlarini mustahkamlash 
imkonini beradi. Bir sо‗z bilan aytganda, Prezidentimizning ushbu tashabbuslarini 
xalqaro 
miqyosda 
tan 
olinishi 
mamlakatimizda 
ekologik 
vaziyatning 
yaxshilanishiga ulkan hissa qо‗shishi barobarida, yurtimizning jahon maydonidagi 
imiji mustahkamlanishi va reytingining yuqorilashida ham alohida о‗rin tutadi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish