Raqobat individning o‘z manfaati uchun qattiq kurashishi bi-
lan ta’riflanadi.
Bu kurashda maqsadga erishish uchun barcha vositalar,
ya’ni hokimiyat, majburlash, muxoliflarga ta’sir etishning boshqa vo-
sitalari va bir qator qonuniy va noqonuniy imkoniyatlar qo‘llaniladi.
Yuzaga kelgan muhit individ tomonidan jiddiy qabul qilinadi va bu
kurashda g‘alaba yoki mag‘lubiyat masalasi birinchi o‘ringa chiqadi, bu
esa muxolifga nisbatan qattiq chora ko‘rishni nazarda tutadi va boshqa
ishtirokchilar qarshilik ko‘rsatganda, ularga nisbatan qattiq jang olib
boriladi.
Hamkorlikda
individ hamma tomonlarni qoniqtiradigan yechimni
izlashda faol ishtirok etadi, shu bilan birga, o‘z manfaatini ham nazarda
tutadi
.
Ochiqcha fikr almashinadi, umumiy qaror qabul qilishda ham-
maning fikri inobatga olinadi. Mazkur shakl uzoq vaqtni va barcha to-
monlar ishtirokini taqozo etadi. Agar muxoliflarning vaqti va muam-
moning yechimi ular uchun ahamiyatli bo‘lsa, unda yuzaga kelgan ma-
salalar, tushunmovchiliklar har tomonlama muhokama qilinadi va bar-
cha ishtirokchilarning manfaatlari hisobga olinadi.
Murosa
harakatlar chekinishlari hisobiga yechimlarni izlashga,
har ikki tomonni qoniqtiradigan oraliq qarorni ishlab chiqishga qara-
tilgan. Bunday holatda tomonlar yutqazmaydi va yutmaydi ham. Mu-
xoliflar bir xil imkoniyatga, bir-birini inkor qiluvchi manfaatga ega bo‘l-
ganda va ularning boshqa yechim izlashga vaqti bo‘lmay, oraliq qaror
ma’lum vaqtda qoniqtirganda, bunday usulni ishlatish mumkin.
Raqobat va hamkorlikda konfrontatsiya qaror ishlab chiqish uchun
asosiy shart bo‘lib qoladi
.
Nizoni hal qilish uni yuzaga keltirgan sabab-
80
larning bartaraf etilishini nazarda tutishini e’tiborga olsak, unda faqat
hamkorlik usuli mazkur masalani to‘laligicha hal qiladi
.
Bosh tortish va
moslashishda nizoning hal qilinishi kechiktiriladi. Bunday holatda nizo
yashirin shaklda kechadi. Murosa nizoni faqat qisman bartaraf qilishi
mumkin, chunki o‘zaro chekinish uchun juda katta imkon qoladi, nizo
sabablari esa to‘liq bartaraf etilmaydi.
Ba’zi holatlarda kelishish, bosh tortish va hatto murosadan ko‘ra
nazorat qilish va oqilona chegaralar doirasida konfrontatsiya nizoni
yechilishi nuqtayi nazaridan samaraliroq hisoblanadi. Shu bilan birga,
bunda g‘alabaning ahamiyati haqida gap boradi va bu ikkkinchi to-
monning mag‘lubiyatini bildiradi. Bu konfrontatsiyani boshqarishdagi
murakkab masalalar hisoblanadi. E’tiborlisi, mag‘lubiyat yangi nizoga
asos bo‘lmasligi va kengayib ketmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar nizo ishtirokchilarining kuchlari taxminan teng bo‘lsa, unda
nizo juda keskin ko‘rinishda kechishi mumkin. Yuqorida qayd etil-
ganidek, mutaxassislar nizo ishtirokchilari harakatining bir necha
strategiyalarini farqlashadi. Masalan, ishtirokchilar nizoni hal qilishga
uncha qiziqishmasa, ammo o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishga
urinsalar, unda nizodan bosh tortish usulini qo‘llash mumkin. Agar nizo
xolisona bo‘lsa, unda bosh tortish strategiyasi ishtirokchilarni, shu
jumladan, tashkilotni mag‘lubiyatga olib keladi.
Manfaatdor muxolifning mavqei baland bo‘lsa, unda u nizodan
g‘alaba bilan chiqib ketish uchun kuch ishlatadi. Bunday strategiya
qo‘llanilganda noqonuniy usullar, ya’ni kuch ishlatish, qo‘rqitish kabilar
ro‘y beradi. Bir muxolifning mag‘lubiyati boshqa muxolifga, demak,
butun tashkilotga aniq g‘alaba keltirmaydi.
Agar muxoliflarning mavqei teng bo‘lsa ular nizoni hal qilishda
bir xil strategiyani qo‘llashi mumkin. Bunday sharoitda murosa, ya’ni
kelishish strategiyasiga suyanish mumkin. Uning doirasida yutuq va
zararlar teng taqsimlanadi. Ba’zida mavqe har xil, ammo nizoning
yechimidan manfaatdor bo‘lgan muxoliflar murosaga kelishga intiladi.
Bu esa ularga kuch va vaqtni saqlab qolishga imkon beradi. Nizoni
batamom hal qilish strategiyasi mukammaldir. Bunda nizoning sabablari
aniqlanib, ularni bartaraf etish ixtiyoriy hamkorlik doirasida amalga
oshiriladi. Bu strategiya tomonlar uchun ma’qul bo‘ladi. Chunki, u
muxoliflarni sheriklarga aylantiradi, nizo keltirib chiqargan muammo
hamkorlikda bartaraf etiladi. Shuningdek, tomonlar olgan foyda boshqa
strategiyalarni qo‘llash orqali olingan foydadan ancha barakali bo‘ladi.
Bu strategiya asosida nizoga oddiy voqelik sifatida munosabat bildiriladi.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |