3
“ Imom al- Buxoriy hazratlari nafaqat o’zbek xalqi,
balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir.
Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi,
ilmiy va insoniy jasorat ,
bukilmas iroda va so’nmas e’tiqod timsolidir ”
Shavkat Mirziyoyev.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Mustaqillik yillari tom ma’noda O‘zbekiston
Respublikasi ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon
hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng
ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda.
Jahonning rivojlangan
mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual
resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining
barcha sohalarida tub
islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan - yangi yutuqlarga erishishni
ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o‘z
samarasini berayotgan bo‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan
mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf
etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni
talab etmoqda.
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya
sohalarining mavjud
taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning
eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga
tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur
axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali
tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z
sohasining
bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va
mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar. SHunday ekan, ta’lim muassasalarida
kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini
inobatga olish maqsadga
muvofiqdir.
Respublika uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini belgilab beruvchi muhim me’yoriy
hujjatlarda alohida qayd etilganidek, ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik
texnologiyalar yordamida tashkil etish ijtimoiy maqsad –
komil inson va malakali
mutaxassisni tarbiyalashda yuqori natijalarga erishishni kafolatlaydi. Innovatsion
4
texnologiya nazariyasining muhim jihati – bu har bir pedagogning o‘z imkoniyati
darajasida,
shuningdek, turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning muhim xususiyatlarini
inobatga olgan holda ularning o‘quv faolliklarini oshirish maqsadida ta’lim
jarayonida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana olishi hisoblanadi. O’ta
ta’lim muassasalarida ham o‘quv jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida
tashkil etish natijasida ta’lim maqsadlari belgilanadi yoki loyihalanadi, kutilayotgan
yakuniy natija - ijobiy sifat o‘zgarishi
kafolatlanadi, o‘quv jarayonining kerakli
tuzatishlar kiritilib borilaveradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” hamda boshqa huquqiy-me’yoriy manbalarda yoshlarni har
tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash uzluksiz ta’lim
tizimida amalga
oshirilayotgan ta’limiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof
etilgan.
2017— 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustvor
yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”da:
Do'stlaringiz bilan baham: