Sibir yarasi
(kuydirgi) qo‘zg‘atuvchilari – batsillatsea oilasiga kiradi. SHakli
tayoqchasimon, ikki uchlari qirqilgan, zanjircha shaklida joylashadi; Markaziy spora va kapsula
hosi qiladi, harakatsiz GPAda meduza boshiga o‘xshash ipsimon g‘adir-budir koloniya hosil
qiladi. GPBda paxta parchasiga o‘xshash cho‘kma hosil qiladi. GPJni to‘ntarilgan archaga o‘xshab
parchalaydi.
Kuydirgi tayoqchasi sporalari tuproqda uzoq vaqt saqlanadi. Tabiiy sharoitda o‘txo‘r
hayvonlar kasallanadi; ulardan go‘shti, terisi va boshqa mahsulotlari orqali, hamda kontaktda
bo‘lganda yuqadi. Ko‘pincha chorvadorlar, zooveterenarlar, qassoblar kasallanadi. Kasallikning
teri, o‘pka, ichak va septik formalari bo‘ladi.
Tekshirish uchun kasallardan karbunkul suyuqligi, balg‘am, najas va qon olinadi.
Tekshirish maxsus reglament asosida olib boriladi; ehtiyot choralari ko‘riladi. Tekshiruv
materialidan surtma tayyorlab, Gram usulida bo‘yaladi. Surtmada zanjircha shaklida joylashgan
tayoqchasimon bakteriyalar ko‘rinadi.
Bakteriologik usulda material oziqli muhitlarga ekiladi, toza kulturasi ajratilib,
identifikatsiya qilinadi. Biologik usuda material oq sichqonlarga yuborilib tekshiriladi. Allergik
usulda teri ichiga «antraksin» yuboriladi, infiltrat va qizarish bo‘ladi. Teri va junda kuydirgi
sporalarini aniqlash uchun Askoli pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi (2 – mashg‘ulotga qarang).
Davolash uchun antibiotiklar, sibir yarasiga qarshi gammaglobulin va boshqa dorilar
ishlatiladi. Maxsus profilaktikasida tirik kuchsizlantirilgan STI vaksinasi ishlatiladi. O‘lgan
hayvonlar kuydiriladi, kamida 2-3 metr chuqurlikda dizenfeksiyalovchi moddalar bilan ishlov
berib ko‘miladi.
Brutsellez qo‘zg‘atuvchilari.
Brutsellez qo‘zg‘atuvchisini 1887 yilda D.Bryus Malta orollarida o‘lgan askarlar
talog‘idan topgan. Brutsellalar kokkobakteriyalar shaklida, 0,5-1 mk kattalikda bo‘ladi, spora,
kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, grammanfiy bakteriyalardir. Ularning bir necha turi bo‘lib,
odamga asosan qo‘y-echkilar turi (Brucella melitensis – 85-90%) qoramol turi (Brucella abortus –
5-7%) va cho‘chqa turi (Brucella suis – 3-5%) kasallik chaqiradi.
Brutsellez qo‘zg‘atuvchilari jigar, qon zardobi qo‘shilgan muhitlarda, tovuq tuxumi
embrionida sekin (15-20 kunda) o‘sadi. Qoramol turini ajratish uchun 10% li SO
2
qo‘shilgan
oziqli muhitlar ishlatiladi.
Brutsellalar o‘zaro N
2
S hosil qilishi, bo‘yoq moddalarda o‘sishiga qarab va antigen
tuzilishiga ko‘ra farq qiladi. M – antigeni melitenzis turiga, A – antigen abortus turiga xosdir.
Brutsellalar endotoksin va aggressiv fermentlar ishlab chiqaradi. Kasallik manbai kasal qo‘y –
echkilar, qoramollar va cho‘chqalar hisoblanadi. Ulardan axlati, siydigi, abort bo‘lgan material iva
qin ajratmalari bilan ajraladi. SHuningdek, ularning sut va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilganda,
yaqin kontaktda bo‘lganda yuqadi. Brutsellez kasb kasalligidir: asosan chorvadorlar, sut
sog‘uvchilar, zooveterenarlar, qassoblar, molboqarlar kasallanadi. Organizmga kirgan brutsellalar
limfoid-makrofagal qon ishlab chiqaruvchi organlarda ko‘payib, harakat-tayanch va nerv
sistemasini zararlaydi.
Bakteriologik tekshirishda qon (gemokultura uchun), suyak iligi (mielokultura), siydik, sut
olib ekiladi.
Serologik tekshirish uchun qon zardobidagi agglyutininlarni Rayt va Xeddlson
reaksiyalarini qo‘yib aniqlanadi. Brutsellin bilan Byurne teri allergik sinamasi o‘tkaziladi.
75
Davolash uchun levomitsetin va boshqa antibiotiklar qo‘llaniladi, vaksinaterapiya yaxshi
natija beradi.
12
Profilaktikasi. Kasal qo‘y-echkilar, qoramollar va cho‘chqalarni alohidalanadi, veterenariya
nazorati ostiga olinadi; ularni alohida qushxonalarda so‘yiladi va termik obrabotka qilinadi. Sut
mahsulotlariga ham termik ishlov beriladi, pishloqlar 1 oydan so‘ng ishlatiladi. Qoramol va qo‘y
echkilar vaksinatsiya qilinadi. Odamlarni tirik, kuchsizlantirilgan VA
19
shtammdan tayyorlangan
vaksina bilan emlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |