4.2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.
O‘simliklarning kasalligini o‘rganuvchi fan – fitopatologiya fanidair.
O‘simliklarning kasalliklari chaqiruvchi mikroorganizm katta ziyon keltiralilar, chunki
ularning ta’sirida hosildorchilik pasayadi, ildiz, barg va o‘simlik tanasini zararlab, noyob
o‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib boradi. Dorivor o‘simliklarning bu holda uchrashi, bu
o‘simlikning dori tayyorlash uchun ishlatib bo‘lmaslikka olib boradi. Er kurrasida bakteriya va
zamburug‘lar o‘simliklarda kasallik chaqiruvchini sifatida keng tarqalgan bo‘lib, taro‘alishi
o‘simlikning o‘sish zonasiga bag‘liq bo‘ladi.
Mikroorganizmlar havo orqali tarqalib, atmosferaning turli qatlamlarida turli
mikroorganizmlar bo‘ladi, suv orqali va o‘simlik urug‘lari orqali tarqalishi mumkin.
31
Barcha mikroblar orqali tarqalayotgan kasalliklarni tarqalganliklariga qarab, shartli ravishda
endemik va pandemik tarqalishiga ajratish mumkin. Endemik ma’lum bir geografik zonada
tarqalish holatiga aytiladi.
O‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning turi 310 dan ortiq bo‘lib, ular
tayoqchasimon, kokklar, spiralsimon bo‘lib, grammlar kupchilik turlarini tashkil etadi.
Fitopatogen mikrorganizmlarning ko‘pchiligi flurossensiya holatini chaqiruvchi bo‘lib, turli
rangdagi (sariq, jigar rang) pigment hosil qilish xossasiga ega. Fitopatogen mikrorganizmlarning
asosiy ozuqa manbai bo‘lib o‘simlik oqsiliva uglevodlar hisoblanadi, ular kraxmalni gidroliz
qiladi, spirt va shakarni parchalash, sutni chiritmi, jelatinani eritishi, ammiak, indol hosil qilish
xossasiga ega. Fitopatogen bakteriyalarning yashash faoliyatlari turlicha bo‘lib, ba’zi turlari
tuproqda uzoq yashab, sovuqni, quyosh nurlarining ta’sirini va qurishga chidamli hisoblanadi.
Umuman fitopatogen bakteriyalarni bir necha avlodga taaluqli hisoblab, ularga quyidagi turlar
kiradi:
1.
Ervinii
2.
Psevdomanus
3.
Corinobacteria
4.
Acvobacteria
Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dorilar mikroflorasi o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lib,
quyidagi faktorlarga bog‘liq bo‘ladi: xom ashyoning turiga, ozuqa tarkibiga, dorivor
mikroorganizmlar kimyoviy tarkibiga, dorining tayyorlanish usuliga (qaynatma temperatura,
bosim, ta’sir vaqtiga), saqlanish usuliga,dorixonalarning sanitar-gigiyenik holatiga.
Dorivor o‘simliklarning kasalligini asosan 2 turga ajratish mumkin:
O‘simlik tomirining jarohatlanishi natijasida, butun tanasiga jarohatlanishi, bunda o‘simlik
halok bo‘ladi.
O‘simlik tanasining ma’lum bir qismini chegarali jarohatlanishi (yaproq, ildiz, shoh).
O‘simlik kasalliklarini o‘ziga qaysi tarzda o‘tishi bilan bir necha xil turlari bo`lishi mumkin:
Qatron yoki shilimshiq oqishi bilan o‘tuvchi kasalliklar. Buni zamburug‘lar, bakteriyalar
chiqaradi, ba’zan bu holat yuqumli bo‘lmagan bakteriyalar chaqirishi mumkin. Bunga
ignabargliklar va yaproq bargiga ta’sirchan bo‘ladi.
CHirish protsess bilan boruvchi kasalliklar.
CHirish xo‘l va quruq bo‘lishi mumkin. CHirish protsessida o‘simlikning ba’zi to‘qimalari
bakteriyalar va zamburug‘lar yashash faoliyati natijasida bu protsessga uchraydi.
Unli shudring – bu o‘simlikning bargida, shohlarida ipsimon zamburug‘lar ko‘payishi
natijasida kesib chiqadi.
4,1-rasm
Xiralashishi va qurishi. Bunda barglar, shoh va butoqlar sarg‘ayadi va quriydi.
Kuydirish. Bunda o‘simliklarning guli, yangi shoh-butoqlari, bargi, mevalari bakteriya
ta’sirida qorayadi va kuyadi. Bu kasallik asosan mevali daraxtlarda ko‘p uchraydi.
Dog‘ hosil bo‘lishi. Buni asosan zamburug‘lar hosil qiladi.
SHish hosil bo‘lishi. Bular qo‘zg‘atuvchilari fitobakteriyalar bo‘lib, o‘simliklarda shish hosil
qiladi.
Bundan tashqari o‘simliklarning kasalliklari yara, deformatsiya, barglarning moxlanishi kabi
xolatlarini chiqarishi mumkin.
O‘simliklarning jaroxatlanishi, faqat kasallik bakteriyalar ta’sirida bo‘lmay, balki simbioz
natijasida mumkin. Masalan: zamburug‘lar bilan bakteriyalar simbiozda, bunday holatdagi
32
kasallik o‘limga olib keladi.
4,2-rasm
Fitopatogen mikroorganizmlarga yaqin hisoblangan zamburug‘larga mikorida hosil qiluvchi
zamburug‘lar kiradi. Ular o‘zlaridan mikoriaza ajratadilar. Buni birinchi bo‘lib 1883 y.
Kamenskiy F.F. aniqlagan. Bu turkumiga kiruvchi zamburug‘larga bazidomitsetlar, fikomitsetlar va
tugallanmagan zamburug‘larga misol bo‘la oladi.
Mikoriazani turli tuproqlarda uchratish mukin. Uning bo‘lishi turning miqdoriga bog‘liq bo‘lib,
sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Mikoriazalar ko‘p miqdorga yozda kamlar miqdorida bahor va kuz
oylarida kamroq bo‘ladi.
O‘simliklarning fitopatogen mikroorganizmlarga chidamlikligini qanday saqlaydi degan
savolga quyidagicha javob berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |