Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

koli-titr
deyiladi. 
Vodoprovod suvining koli-titri 300 dan kam bo‘masligi kerak. (300-500 bo‘lsa yaxshi 
hisoblanadi). 1 litr suvda yoki 1 kg tekshirilayotgan materialda E.Coli ning soni 
koli-indeks
 
deyiladi. Ichimlik suvida koli-indeks 2-3 dan oshmasligi kerak. Suvning tozaligi bakteriologik 
usulda koli-titr va koli-indeksni aniqlash yo‘li bilan tekshirib turiladi

5.2.Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‘liqligi. Tuproq 
orqali tarqaladigan kasalliklar



35 
Tuproq 
mikroflorasini 
o‘rganishda 
olimlardan 
V.V.Dokuchaev, 
P.A.Kostqchev, 
S.N.Vinogradskiy, V.R.Vilyams va boshqalarning qilgan ishlarining ahamiyati katta. 
Tuproq prokariot va euokariotlarning yashashi va ko‘payishi uchun eng qulay ob’ektdir. 
Tuproqdagi organik va mineral birikmalarning tarkibini undagi mikroblar biotsenozini tashkil 
qiladigan bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar va bakteriyalar boshqarib turadi.Tuproq 
biotsenozida albatta yuqori turuvchi o‘simliklar, hashoratlar, hayvonlar alohida o‘rin tutadi. 
Tuproqdagi mikroblar soni va turi doimo bir hilda bo‘lmasdan, ular tuproqning kimyoviy tarkibi, 
namligi, temperaturasi, Rn sharoiti va boshqa holatlariga bog‘liq bo‘ladi. Namligi va ozuqa 
moddalari kam bo‘lgan qu‘mlik tuproqlarida 1 gr da 10
5
gacha, ishlov beriladigan tuproqlarida esa 
10
8
-10
9
gacha bakteriyalar bo‘ladi. Odatda 1 ga tuproqdagi tirik organizmlar soni 1 tonna gacha 
etadi. Bakteriyalarning eng ko‘p qismi tuproqda 5-15 sm chuqurligida bo‘ladi. 1,5 chuqurlikda esa 
kam bo‘ladi. Tuproqda har xil autotrof va geterotroflar, aerob va anaeroblar, termo-, lizo- va 
psixrofill bakteriyalar yashaydi. Bularning ichida erkin holatda yashovchi, azotfiksiya qiluvchi 
Azotobacter Lar, Nocardia va Clostridii larning ayrim turlari, dukkakli o‘simliklarning 
bakteriyalari - Rigobium Lar, nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar avlodiga kiruvchi Nitrosomonas, 
Nitrobacter, Psevdomonas va zamburug‘lar, denitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar Tiobacylus 
denitrificans, ammonifikatsiya qiluvchi bakteriyalar va boshqalar kiradi. Organik moddalarga boy 
bo‘lgan tuproqlarda ko‘p miqdorda aerob va anaerob bakteriyalar aktinomitsetlar, zamburug‘lar, 
sodda jonivorlar bo‘ladi. 
5.2-rasm 
Tuproq mikrob biotsenozining o‘zgarishi uchun hosildorligiga, fasildagi temperatura va 
namlikning 
o‘zgarishiga 
bog‘liqdir. 
Hosildor 
tuproqlarda 
Achromobacteriaceae, 
Pseudomonodaceae, Bacillaceae va boshqa oilalarga kiruvchibakteriyalar ko‘proq bo‘ladi. Ular 
kuchli fermentativ xossaga ega bo‘lganliklari uchun tuproqning Rn ni kislotalik tarafga 
o‘zgartiradilar. Bu sharoitda esa sut achitqisi bakteriyalari, achitqilar mo‘g‘or zamburug‘lari va 
bakteriyalar yaxshi ko‘payadi va ular moddalarni yaxshi parchalaydilar. Natijada hosil bo‘lgan 
kiribnatlar muhit sharoitini neytrallanishiga va ishqoriy tarafga o‘zgarishga olib keladi. Natijada 
qishloq xo‘jaligi o‘simliklari yaxshi o‘smaydi. Undan so‘ng tuproqning tarkibidagi 
bakteriyalarning vegetativ formalarini soni kamayib ketadi, ya’ni ular o‘ladi, spora hosil qiluvchi 
bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar, sodda jonivorlarning sistalari esa ko‘payib ketadi. 
Biotsenozning bunday o‘zgarishi tuproqning tarkibidagi mikroblarning oqsilni ammiak va H
2

hosil qilib parchalashi va ularni keyinchalik nitratlar vasulfidlariga oksidlanib, tuproqning 
kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga olib keladi. 
Bu holat esa tuproqda yangi biotsenozning hosil 
bo‘lishiga, ya’ni mikobakteriyalar, aktinomitsetlar, yuqori turuvchi zamburug‘larning 
ko‘payishiga olib keladi. Bunday hollarda sodda jonivorlarning faolligi oshadi va ular 
bakteriyalar va bakteriotsidlarni kamayishiga sabab bo‘ladi (ularni “eydi”). Tuproq har xil mineral 
o‘g‘itlarni solish, yuqorida ko‘rsatilgan biotsenozni izdan chiqarishi mumkin. 
Tuproqqa har xil chiqindilar turli kasalliklardan o‘lgan odam va hayvon tanalari bilan patogen va 
shartli patogen mikroblar tushishi mumkin. Ko‘pchilik bakteriyalar odam va hayvonlarning siydik 
va pateslani bilan tushadi va ma’lum bir vaqtgacha saqlanadi. Ularning saqlanish muddati tuproq 
biotsenozdagi doimiy bakteriyalarning antagonistik xususiyatiga va tashqi muhit sharoitiga 


36 
bog‘liq. Bakteriyalarning vegetativ formalari tezroq nobud bo‘ladi, ya’ni bir necha kundan bir 
necha oygacha. Sporalari esa bir necha o‘n yillab saqlanishi mumkin. M.V. Antracis, Cl. Tetani va 
boshqa. 
Tuproqning sanitar-gigienik holati undagi termofil bakteriyalar holatiga va najas bilan ifloslanishi 
darajasiga bog‘liqdir. 
Tuprofning shartli patogen va patogen mikroblar – esherixiyalar, salmonellalar, batsillalar, 
klostridiyalar bilan ifloslanishi katta epidemiologik ahamiyatga egadir. Asosan bir gr. tuproq 
tarkibidagi nitrobakteriyalar va enterobakteriyalar (Citrobacter, Entetobacter), Str. Fecalis, Cl. 
Perfringens lar soni aniqlanadi. Bunda sitrobakter va enterobakteriyalar tuproqning eskidan 
ifloslanganligi, E.Coli va Str.Fecalis – yangi ifloslanganligi, Cl. Perfringens esa juda eski 
ifloslanganligini bildiradi, ya’ni laboratoriya tekshirish usuli bilan tuproqdagi koli-titr va 
perfringens 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish