Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

 
Nazorat savollari 
1.
Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli. 
2.
Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‘liqligi. Tuproq 
orqali tarqaladigan kasalliklar. 
3.
Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar. 
Inson tana normal mikroflorasi. 
4,
 
Inson tana normal mikroflorasi 
 
6-mavzu:Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion 
kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari. 
Reja: 
 
1.
Infeksiya, infeksion jarayon tugrisida tushuncha. 
2.
Infeksion kasalliklarning qo’zgatuvchilari, mikroorganizmlar ning xarakteristikasi. 
3.
Infeksion kasalliklarning yukish yullari. 
Tayanch iboralar:
mutualizm, kommensalizm , parazitizm,
 
Antroponoz.
 
Antropozoonoz. 
6.1 Infeksiya, infeksion jarayon tugrisida tushuncha 
 
Mikroorganizm bilan xujayin organizmi urtasidagi murakkab 5aro ta’sir jarayonini 
«infeksiya» termini bilan belgilanadi. Bu mikroorganizm bilan patogen mikroblar uzaro ta’sirining 


39 
x,ar k;anday shaklini uz ichiga oladigan biologik xrdisadir. Organizmning normal fiziologik 
funksiyalarini izdan chiqaradigan infeksion jarayon infeksion kasallik shaklida namoyon bo`lishi 
mumkin. Bunday kasallikning klinik manzarasi muayyan qo`zg`atuvchi keltirib chiqaradigan 
kasalliklar uchun xarakterli boladi. Vaboning klinik manzarasi chin chechak kasalligidan, 
brutsellyozning klinik manzarasi tulyaremiyadan, toshmali tifning klinik manzarasi qoorin tifidan 
boshkacha bo`ladi. Infeksion kasallik ba’zan engil, atipik yoki turli kasalliklarga o`xshab 
ketadigan, bilinmas formalarda namoyon bo`ladi. Infeksion jarayon kasallikning ko`zga ko`rinib 
turadigan klinik belgilarini bermasligi xam mumkin. Infeksiyaning yashirin formalari deb ana 
shunga aytiladi. Va, nixoyat, kasallik qo`zgatuvchisining xujayin organizmiga kirishi kasallikning 
klinik belgilarini keltirib chiqarmasdan, tashuvchanlik (difteriya bilan meningitda bakteriya 
tashuvchanlik, vaboda vibrion tashuvchanlik va x- k.) xolatiga olib keladi. 
Odam organizmi bilan mikroblar o`rtasida muayyan o`zaro munosabatlar bo`ladiki, bularni 
mutualizm, kommensalizm va parazitizm deb ta’riflash mumkin. 
Mutualizm (latincha mutuus — o`zaro degan so`zdan olingan)—ikkita organizmning bir-
biriga foyda keltirib birga yashashidir. Masalan, o`simliklar orasida — suv o`tlar bilan 
lishayniklarni xosil qiluvchi zamburuglarning, tuganak bakteriyalari bilan dukkakli 
o`simliklarning birga yashashi. Odam ichagida birga yashaydigan foydali mikroorganizmlar 
vitamin V gruppasi sintezida ishtirok etuvchi ichak tayoqchalari va ichakdagi chirituvchi- 
mikrofloraning antagonisti bo`lmish sut achituvchi bakteriyalardir. 
Kommensalizm (fransuzcha commensal — xamtovoq degan so`zdan olingan) — birga 
yashovchi organizmlar bir-biriga ziyon etkazmaydigan o`zaro munosabatlardir. Masalan, odatda 
odam terisi va shillik pardalarida, shuningdek organizm bo`shlikdarida yashaydigan patogenmas 
stafilokokklar, turli tayoqchalar, aktinomitsetlar singari mikroorganizmlar. 
Parazitizm (yunoncha parasitos —tekintomok, tekinxo‘r degan sozdan olingan) bir turdagi 
organizmning boshqa organizm xisobiga oziqlanib, unga ziyon-zaxmat etkazadigan o`zaro 
munosabatlarini bildiradi. Parazit mikroblar odam va xayvonlarda uchraydigan infeksion 
kasalliklar qo`zgatuvchilarining katta gruppasini tashkil etadi. Mikroorganizmlarning parazitlik 
xususiyatlari, aftidan, tirik organizmda yashashga uzoq moslashib borish natijasida vujudga 
kelgan. Tabiiy tanlanish natijasida mikroorganizmlar ularni saprofit ajdodlaridan ajratib turadigan 
yangidan-yangi belgilarni kasb etgan. Tirik organizm parazit mikrob uchun doimiy makon, tabiiy 
yashash muxiti bo`lib qolgan. Mana shu muxit ta’siri ostida mikroblarning ba’zilari xujayinning 
xujayralari va to`kimalaridagi xar xil komponentlardan oziq muxiti tariqasida foydalanishga 
imkon beradigan yangi ferment sistemalariga ega bo`lib qolgan. Barcha mikroorganizmlar, 
masalan, viruslar o`z ferment sistemalarini batamom yoqotib quygan. Ularning xayot faoliyati va 
kopayishi o`zi moslashib, adaptatsiyalanib qolgan organizm xujayralariga boshidan-oyoq bogliq. 
Xar bir parazit mikrob evolyusiya jarayonida yuqori darajali organizmlarning bir yoki bir 
necha turida yashashga moslashib qolgan. Parazit mikroblarning ba’zilari, masalan, qizamik 
virusi, dizenteriya qo`g`atuvchilari, vabo vibrioni, tif salmonellalari faqat odam organizmida 
parazitlik qilishga moslashgan. Boshqa xillari odam organizmida xam, xayvon organizmida 
xam yashashi mumkin: toun q`o`zg`atuvchisi, brutsellalar, sil mikobakteriyalari shular 
jumlasidandir. Uchinchi xillari tovuq vabosi, chochqa saramasi qo`zgatuvchilari faqat 
xayvonlar organizmida yashashga moslashib olgan. 
Odam va xayvonlarda kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogen 
mikroorganizmlar deb atalsa (yunoncha pathos — dard, alam, genos — tugilish, paydo bo`lish 
degan so`zlardan olingan), ularning kasallik keltirib chiqarish xususiyati patogenlik deb ataladi. 
YAna odamning terisi, shilliq pardalari va organizmidagi bo`shliqlarida yashovchi shartli 
patogen mikroorganizmlar gruppasi xam bor. Bular muayyan sharoitlarda, organizmning 
qarshiligi susayib qolgan (charchash, yolchib ovqatlanmaslik, og`ir ish, xronik kasalliklar, 
temperatura rejimining buzilishi natijasida) paytdagina kasalliklarga sabab bo`lishi mumkin. 
Ba’zi saprofitlar xam patogen bo`lib qola oladi. Masalan, botulizm qo`zgatuvchisi tashqi 
muxitda saprofit bo`lib yashaydi. Bu mikrob oziq-ovqat maxsulotlariga, xususan konservalarga 
tushib qolsa, ko`payib, shu qadar zaxarli toksin chiqara boshlaydiki, uning arzimas miqdori 
xam juda qattiq zaxarlanishga sabab bo`ladi. 


40 
Infeksion kasallikni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogenlik. virulentlik. 
spetsifiklik va organotroplik xossalariga egadir. Patogenlik yoki kasallik paydo qilish 
xususiyati infeksion kasalliklar qo`zgatuvchilarining turiga xos belgisi bo`lib, nasldan naslga 
o`tib boradi. YUqorida aytib o`tilganidek, patogenlik faqat ma’lum mikroorganizm va xujayin 
o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni xarakterlaydi. Masalan, qizamiq virusi yoki vabo vibrioni 
odam uchun patogen va xayvonlar uchun patogen emas. 
Qoramol touni (ulati) qo`zgatuvchisi odam uchun patogen emas. Patogenlik tushunchasi 
parazitarlik tushunchasiga qaraganda ancha keng. YUqorida ko`rsatib o`tilganidek, saprofit 
mikroblar hayot faoliyatining maxsulotlari, toksinlari (botulizm, qoqshol, gazli gangrena 
qo`zg`atuvchilari) odam organizmiga tushib qolsa, parazitlik qilib yashamaydigan saprofit 
mikroblar patogen bo`lib qolishi mumkin. 
Patogen mikroblarning eng xarakterli belgisi ularning spetsifikligi, ya’ni xar bir patogen 
mikrob organizmga tushib, unda ko`payganida ma’lum bir infeksion kasallikni keltirib chiqarish 
xususiyatidir. Kasallik faqat shu qo`zgatuvchi xususidagina organizmning ximoya xossalarini 
o`ziga xos, ya’ni spetsifik tarzda qaytadan o`zgartirish bilan birga davom etadi. 
Patogen mikroblar spetsifiklikka ega bo`libgina qolmay, balki organotroplikka xam egadir. 
Ko`pchilik mikroorganizmlar — kasallik qo`zgatuvchilari uchun ma’lum organ va to`qimalarni 
ko`proq shikastlantirish xususiyati xarakterlidir. Masalan, ichak mikroblari: vabo vibrioni, 
dizenteriya bakteriyalari, tif salmonellalar, ichak shilliq pardasini, bezgak paraziti jigar 
xujayralari va eritrotsitlarni, gripp virusi nafas yo`llarining shilliq pardalarini, chechak virusi teri 
va shilliq pardalar epiteliysini shikastlantiradi. 
Turli mikroblarning patogenligi keng doirada o`zgarib turishi
MUMKIN
.
 
Bir turga mansub 
mikroblarning ayrim shtammlari kasallik keltirib chiqarishi jixatidan xar xil darajadagi kuchga 
ega bo`lishi mumkin. Mikrobning xar xil darajadagi patogenligi virulentlik deb ataladigan 
bo`ldi. Patogen mikroblar turli shtammlarining virulentligi moyil "xayvonlarning o`limiga sabab 
bo`la oladigan eng kam miqdor mikrob xujayralari yoki zaxarli maxsulotlariga qarab 
belgilanadi. YUksak darajadagi patogenlikka ega bo`lgan virulent mikroblar atigi bir nechta 
xujayra miqdorida sezgir xayvonga yuborilganida uning o`limiga sabab bo`la oladi. Kam 
virulent mikroorganizmlardan necha yuz millionlab xujayrasi xayvonlarga yuborilgandagina, 
ular o`sha xayvonlarning o`limiga sabab boladi. Mikroblarning xayvonni u
limga
olib boradigan 
miqdori o`ldiradigan minimal yoki minimal detal doza: dosis letalis minima (LDm) deb ataladi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish