Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

 
Infeksiya manbaidan
 
sog`lom 
odamga kasallik qo`zgatuvchisi o`tadigan ma’lum yo`llar bor: ichak (fekal- oral yo`li), xavo-
tomchi yo`li, transmissiv va kontakt yo`l shular jumlasidandir. 
Infeksiya o`tishining
 
ichak yo`lida kasallik qo`zg`atuvchisi axlat va siydik bilan tashqi 
muxitga tushib, suv, oziq-ovqat, ro`zgor buyumlari, odamning qo`llarini ifloslantiradi. Bunda 
qo`zgatuvchi og`iz orqali kirganda kasallik yuqadi. YUqish omillarining axamiyati turli ichak 
infeksiyalarida bir xilda emas. CHuionchi, qorii tifi kasalliklarining paydo bo`lishida suv, sut va 
oziq-ovqat masalliklari ko`proq axamiyatga egadir. Dizenteriyada kasallik iflos qo`llardan va 
axlat tegib qolgan meva xamda sabzavotlardan yuqadi. Infeksiya o`tishining shu yo`li ichak 
infeksiyalari — qorin tifi, paratiflar, vabo, dizenteriya uchun xarakterlidir. 
Infeksiyaning xavo-tomchi yo`li bilan o`tishida kasallik qo`zgatuvchisi yo`talish, aksirish 
vaqtida bag`am va so`lak tomchilari bilan birga tashqi muxitga tushadi. Odam mana shu 
qo`zgatuvchilar bilan ifloslangan xavoni nafasiga oladigan bo`lsa, unta kasallik yuqib qoladi. 
Xavo-tomchi infeksiyalari (kukyutal, qizamik, gripp, chechak, pnevmoniya, meningit va 
boshqalar) uchun yuqori nafas yollarining shikastlanishi xarakterlidir
5

6..1-rasm 
Infeksiyalarning transmissiv yo`l bilan o`tishida kasallik qo`zg`atuvchisi turli xasharotlar 
orqali kasal odamdan sog`lom kishiga yuqadi. Bu shunga bog`likki, kasallik qo`zgatuvchisi 
bemorning qonida bo`ladi va tashqi muxitga chiqmaydi. Bunday kasalliklar qon infeksiyalari deb 
nom olgan. Qon infeksiyalarini yuqtiradigan xasharotlar ikki gruppaga bo`linadi: 
spetsifik yoki biologik yuqtiruvchilar; 
nospetsifik yoki mexanik yuqtiruvchilar. 
Kasallik qo`zgatuvchisi qaysi xasharotlarning organizmida muayyan ko`payish siklini 
o`tkazadigan bo`lsa, o`sha xasharotlar biologik yuqtiruvchilar xisoblanadi: chivinda bezgak 
parazitlarning jinsiy ko`payish sikli, bitning ichak epiteliysida rikketsiyalarning ko`payish sikli 
5
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016


43 
bo`ladi. Kasallik qo`zgatuvchisi ko`pincha yuqtiruvchisining organizmida uning butun umri 
davomida saqlanib qoladi. 
Qon infeksiyalarini mexanik yuqtiruvchilari avval kasal xayvonlarni, so`ngra sog`lom 
xayvonlarni tishlar ekan, kasallik qo`zgatuvchisini xartumchasida qon tomchilari bilan birga 
yuqtiradi. CHunonchi, tezgizak pashsha kuydirgi va tulyaremiya mikroblarini sanchuvchi apparati 
— xartumchasi bilan sof mexanik tarzda yuqtiradi. Talaygina infeksion kasalliklar: toshmali 
xamda qaytalama tiflar va boshqa rikketsiozlar — bitlar va kanalar orqali, toun — burgalar orqali, 
ensefalit — chivin va kanalar orqali, bezgak — chivinlar orqali, leyshmaniozlar — iskaptopar 
chivinlar — flebotomus orqali transmissiv yo`l bilan yuqadi. 
Ichak infeksiyalarida mexanik yuqtiruvchilar kattagina rol o`ynaydi. Pashshalar
 
o`z oyoqlari 
va tanasiga yopishib qolgan axlat bo`lakchalari bilan birga ichak infeksiyalari qo`zgatuvchilarini 
turli masalliqlar va ovqatga yuqtiradi. 
Patogen mikroblar tayyor oziq-ovqatlarda ko`payishi mumkin, shu oziq- ovqatlar iste’mol 
qilinganida kasallik paydo bo`ladi. 
6..2-rasm 
Infeksiyaning kontakt yo`l bilan o`tishida qo`zgatuvchining bevosita va bilvosita yuqishi 
farq qilinadi. 
Patogen mikroblarning tashki muxit ishtirokisiz o`tishida bevosita kontakt tanosil kasalliklari 
(zaxm va suzak) da xammadan ko`ra xarakterlidir. Quturish va sodoku (kalamush tishlashidan 
paydo bo`ladigan kasallik) da xam ko`zg`atuvchi odamga to`gridan-to`gri xayvonning tishlashi 
orqali o`tadi. Boshqa kasalliklarda (qo`tir, kal, brutsellyozda) bevosita kontakt yo`li- bilan 
kasallik yuqishi nixoyatda kamdan-kam ko`rinadi. Ba’zan qon quyishda kasallik bevosita kontakt 
yo`li bilan yuqadi (bezgak, Botkin kasalligi). 
Bilvosita kontakt infeksiyaning tarqalishida etakchi axamiyatga egadir. Unda jonsiz 
yuqtiruvchi omillar (xavo, suv, oziq-ovqat maxsulotlari, tuproq» ro`zg`or va ishlab chiqarishda 
tutiladigan xilma-xil buyumlar) xamda tirik yuqtiruvchilar ishtirok etishi mumkin. SHu 
munosabat bilan bilvosita kontakt infeksiyaning tomchi, chang, oziq-ovqat bilan va boshqa yo`llar 
bilan tarqalishini o`z ichiga oladi. 
Infeksiya manbalari, infeksion kasalliklarning tarqalish yo`llari va usullarini o`rganish 
epidemiologiya predmeti xisoblanadi va profilaktika chora-tadbirlarini to`g`ri amalga o`shirish 
xamda infeksion kasalliklarga qarshi kurashish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. 
Infeksion kasalliklarning kelib chiqishiga va tarqalib borishi uchta omilning o`zaro ta’siri va 
bekamu ko`stligiga: infeksiya manbalari, yuqish mexanizmlari va beriluvchan axolining borligiga 
bog`rliqdir. Bu — o`z navbatida odamlarning turmush sharoitlariga, ya’ni tabiiy va ijtimoiy 
omillarga bog`lik bo`ladi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish