30
bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.
O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi sistemasida har xil
bo‘ladi.
Jonli (tirik) o‘simliklarda yashovchi va ularga
zarar keltirmaydigan mikroblar, “epifit
mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan yaproq yuza qismida ko‘pincha 2 xil
bakteriya aniqlandi:
1)Bact herbicola aureum va
2)Psevdomonas fluorescens
Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericus, Bac vulgatus
Sporasiz - Bact putiodam, E coli va zamburug‘lar
Bu mikroflora o‘simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat’iy nazar bo‘ladi.
Bact herficola aureum – qisqa Gr(-) tayoqchalar bo‘lib, 2 ta polyar xivchinlari bo‘ladi. Go‘sht
peptonli agarda yuzida shilimshiq bo‘lgan, tilla sariq rangli yumaloq koloniyalar hosil qiladi.
Ps flureccens –
polimorf, polyar xivchinli tayoqchalar bo‘lib, Gr(-). Zich ozuqa muhitida
chetlari notekis bo‘lgan tiniq koloniyalar hosil qiladi.
Tuproqda o‘simlik ildizi atrofida intensiv o‘sish zonasi bo‘ladi va mikroblar yuqori aktivlikka
ega bo‘lib, bu qism rizosfera deyiladi.
Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o‘simlik turi uchun spetsifik bo‘ladi.
Ko‘pincha sporasiz bakteriyalar va mikobakteriyalar uchraydi. Kam xollarda sporali
bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar uchraydi. Tuproq mikroorganizmlari o‘simliklarga
ijobiy ta’sir qilib, ular o‘simliklar uchun zarur bo‘ladi, ular bilan simbioz holda bo‘lishi mumkin
yoki zararli ta’sir qilib, ularning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tuproqdagi bakteriyalardan Ps fluoreccens, rizosfera zonasida joylashgan bo‘lib, o‘simliklarni
infeksiyadan ximoya qilishda katta rol o‘ynaydi, ya’ni ular o‘simliklarni fitopotogen
bakteriyalardan ximoya qiladi. Lekin aynan shu bakteriyalar o‘simliklarda
jarohatlangan
to‘qimalari orqali kirib, ularning chirishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklarning mikroblar bilan ifloslanishi o‘stirish sharoitlariga, ularning balandligi va
butunligiga bog‘liq bo‘ladi. Kulturali tuproq o‘simliklarida mikroblar, o‘rmon va gulzorlardagiga
qaraganda ko‘p bo‘ladi.
Kuzda yaproqlarda bakteriyalar, bahordagidan ko‘p bo‘ladi.
O‘simliklarning yuqori qismida joylashgan yaproqlarda mikroblar kam, pastki qismidagi
yaproqlarda ko‘p bo‘lib, bunga sabab, pastki qismiga mikroblar tuproqdan yomg‘ir yog‘ganda
sachrab o‘tishi xisobiga. Ayniqsa o‘simlik mikroblar bilan ko‘p ifloslangan bo‘ladi sug‘orish
maydonlarida,
axlatxonali joylarda, yoki avvaldan axlatlar to‘kilgan joylarda, mol boqiladigan
yaylovlarda. SHu erda o‘sgan o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin.
Kesilgan yoki yulingan o‘simliklarni darrov qayta ishlash, ishlov berilishi lozim, chunki ular
mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklarda mikroblar
hayot
faoliyati susayadi, ko‘pgina bakteriyalar nobud bo‘ladi.
Fitopotogen mikroblar qo‘zg‘atuvchi o‘simliklardagi infeksion kasallanish ya’ni bakterial
kelib chiqishiga ega bo‘lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga har xil chirishlar, bakterial dog‘lar,
kuyish, nekroz, so‘lish va boshqalar kiradi. CHirishlar quruq va nam bo‘ladi, bunda o‘simlik
xujayralarining yumshaganligi, xujayralarning parchalanishi yoki ma’lum bir qismining yoki
butun o‘simlikning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: