Metamorfik jinslarning strukturasi.
Umuman metamorfik jinslar
uchun slanetsli va kristalli struktura xarakterli (7.1-rasm) Slanetsli strukturada
metamorfik jinslar aniq ifodalangan varaqsimon ajralishga (slanetslar,
gneyslar) ega. Kristalli strukturada esa - kristalli tuzilishli (marmar, kvarsit va
b.) bo‘lib, ayniqsa donalarning varaqli, tangachali, ignasimon va tabletkasimon
shakllari xarakterli, ba’zan hollarda ular kristall-donalidir.
Metamorfik
jinslarning yashirin kristalli
va unga o‘tuvchi turlari ham
mavjud
bo‘lib,
ba’zi
uchastkalarida
birlamchi
jinslar nokristalli tuzilishga
ega. Birlamchi jinslarning
qoldiq strukturalari
reliktli
struktura
deb
ataladi.
Donalarining
kattaligi
bo‘yicha
yirik
kristalli
(donalar diametri 1 mm dan
katta), o‘rta kristalli (0,25 dan 1 mm gacha) va mayda kristalli (0,25 mm dan
kichik) strukturalar ajratiladi.
Metamorfik jinslarning teksturaviy xususiyatlari
eng muhim
aniqlovchi belgilari bo‘lib sanaladi. Donalarning o‘zaro joylashuvi va turiga
ko‘ra quyidagi teksturalar ajratiladi:
-
yaxlit
– tog‘ jinsida mineral donalar zich birikkan (jinslar teksturasi
bunda ham yo‘l-yo‘lli, tartibsiz yoki gneysli bo‘lishi mumkin);
7.1-rasm. Gneysdagi kristalli struktura.
6
-
slanetsli
– tangachasimon, tabletkasimon yoki cho‘zinchoq mineral
donalarning parallel joylashishi
;
-
ochkoli
yoki
linzasimon
- tog‘ jinslarida odatda tarqoq holda rangi
bo‘yicha ajralib turuvchi yirikroq oval donalar yoki agregatlar (7.2-rasm)
;
-
gneysli
- tangachali donalar miqdori kam bo‘lganda tabletkasimon
minerallarning parallel joylashishi
;
-
yo‘l-yo‘lli
- turli qalinlikdagi va o‘zgacha mineral tarkibdagi
qambarlarning o‘zaro almashinishi;
-
ploychali
- tog‘ jinslarida juda mayda burmalar mavjud bo‘lganda
;
-tolali
- taxminan bir yo‘nalishda cho‘zilgan tolasimon va ignasimon
minerallar;
-
tartibsiz
-
odatda
dumaloq-noto‘g‘ri
shakldagi donalarning
mo‘ljallanmay joylashishi.
7.2-rasm. Metamorfik jinsning linzasimon teksturasi.
7
Alohidalik.
Metamorfik jinslar magmatik jinslardan alohidalik shakllari
bo‘yicha farq qiladi. Ularda slanetslanishning rivojlanishi tufayli cho‘kindi
qatlamli jinslardagi alohidalikka o‘xshashlik saqlanib qoladi. Ularda klivaj,
ya’ni ko‘p qismi slanetslanishga parallel bo‘lgan mayda darzlanish alohidalik,
keng rivojlangan bo‘ladi. Slanetslanish klivaj tekisligida yuzaga keladi, chunki
ularning ikkalasi ham birtomonlama bosimda tog‘ jinslarida uchraydigan
siquvchi kuchlarga perpendikulyar yo‘nalishda minerallarning mo‘ljallanib
qolishi natijasi hisoblanadi. Klivajdan tashqari klivajning yo‘nalishiga va
yuzasiga perpendikulyar, yo‘nalishiga parallel alohidalik darzliklari hosil
bo‘ladi. SHu tufayli tektonik deformatsiya natijasi sifatida parchalanish
parallelepipedlari vujudga keladi. YAxlit jinslarda uncha ahamiyatli
bo‘lmagan diagonal alohidalik darzliklari ham yuzaga keladi. Bulardan
tashqari slanetslarda qalamchali alohidalik ko‘p uchraydi (7.3-rasm)
5.Laboratoriya ishi bo`yicha natijalar va xulosalar
Ish yakunida talaba laboratoriya ishi daftarini o’qituvchiga topshiradi va
o’qituvchi so’ragan birorta yoki birnecha jinslarni ta'riflab beradi.
6.
Nazorat savollari
1. Metamorfizm deb nimaga aytiladi?
2. Metamorfizm jarayoni deganda nimani tushunasiz?
3. Metamorfizmning qanday turlarini bilasiz?
4. Mintaqaviy meamorfizmni izohlab bering.
7.3.-rasm. Slanetslardagi qalamchasimon alohidalik
Do'stlaringiz bilan baham: |