225
jihatdan berilgan bahodan iborat, masalan, «yaroqli», «brak», «tuzasa bo’ladigan
brak», «tuzatib bo’lmaydigan brak».
Texnik o’lchash mashina va priborlar o’lchamlarini o’lchash bilan bog’liq
bo’lgan kompleks masalalarni ko’rib chiqadi va, binobarin, bunda faqat chpziqli va
burchaqli o’lchamlardan foydalaniladi.
O’lchashning texnik vositalari o’z strukturasiga ko’ra uchta elementdan:
ma’lumotlarni qabul qiluvchi qurilma,
ularni uzatuvchi qurшlma, ularni
hisoblovchi qurilmadan to’zi lgan.
Quyidagilar, masalan, universal o’lchash priborlarining asosiy metrologik
harakteristikalari va parametrlari hisoblanadi: ma’lumotlarni qabul qiluvchi
qurilmada - kontaktli o’lchash vositalari uchun o’lchash kuchi; uzatuvchi
qurilmada-uzatuvchi qurilmaning uzatish nisbati yoki sezgirligi va konstruktiv
to’zi lishi (mexaniq, optik, elektr,
pnevmatik, gidravlik qurilmalar); hisoblovchi
qurilmada - qurilmaning hisoblashi, ya’ni shkalasidagi belgilar, shkalasining
bo’linishi, shkala bo’linmalarinpng qiymati, hisoblash aniqligi,
shkala
bo’linmalarining intervali va qurilmaning konstruktiv to’zi lishi.
O’lchash vositasi va uning aniqlik harakteristikalari ana shu o’lchash
vositasidan foydalaniladigan tekshirish turiga qarab tanlanadi.
Passiv tekshirish bilan aktiv tekshirishni bir-biridan farq qilmoq lozim.
Passiv tekshirpshda buyumlar tekshirish natijalari bo’yicha yaroqli va yaroqsizga
ajratiladi yoki seleksion gruppalarga saralanadi. Aktiv tekshirishda o’lchash
natijalari bo’yicha detallarning tayyorlanishiga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek
texnologik jarayonning borishi qo’shimcha sozlanadi.
Texnologik ishlov berishning har bpr operatsiyasida buyumlar yuzalarining
o’lchamlari, shakli va o’zaro joylashuvi o’zgaradi.
SHuning uchun detallarning o’lchamlarinn, detallar shaklining chetga
chiqishini va yuzalarining joylashuvidagi chetga chiqishini tegishli vositalar bilan
tekshirib turishga to’g’ri keladi.
Hozir o’lchash
ishlarida avtomatika, elektronika vositalari va hisoblash-
yechish texnikasidan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda.
226
Buyumni o’lchash va uning haqiqiy o’lchamlarini berilgan o’lchamlariga
solishtirish uchun zarur bo’lgan barcha ishlarni ishchining ishtirokisiz bajaruvchi,
tekshirish natijalariga ko’ra buyumlarni gruppalarga saralovchi yoki tekshirish
natijalaridan texnologik jarayonni rostlash uchun foydalanuvchi qurilma chiziqli
o’lchamlarni tekshiruvchi avtomatik qurilma deb ataladi.
Agar avtomatik tekshiruvchi qurilma tekshirish natijalariga ko’ra asbobining
vaziyatini o’zgartirsa va bu bilan navbatdagi buyumlarning o’lchamlariga tuzatish
kirisa, u holda bu qurilma qo’shimcha sozlovchi qurilma hisoblanadi. Bunday
avtomatik qurilmalar himoya va blokirov: salan, asbob sinib qolgan £ mumkin.
Barcha avtomatik tipdagi asosiy struktura ele ralash
yoki ijrochi element ichiga
olishi mumkin.
Barcha avtomatik tekshiruvchi qurilmalar (avtomatlar) quyidagi asosiy
struktura elementlari: o’lchash, yuklash, tashish va saralash yoki ijrochi
elementlarning qammasini yoki bir qismini o’z ichiga olishi mumkin.
Buyumlarni ko’plab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda avtomatlar va
avtomat liniyalarda detallarning tayyorlanishi ularga ishlov berish jarayonida
birma-bir tekshirib borilishi, ularning o’lcham gruppalari bo’yicha
saralanishi va
texnologik jarayonning boshqarib turilishi ta’minlanmog’i zarur.
Jarayon avtomatlashtirilganda tekshirish-o’lchash qurilmalari detallarni
o’lcham gruppalariga saralashga, detallarni tayyorlash texnologik jarayonini
boshqarishga, o’lchashning xolisona bo’lishiga va OTQ xodimlari qo’lda
tekshirganlarida yo’l qo’yiladigan sub’ektiv xatolarga barham berishga, tekshirish-
o’lchash operatsiyalarini avtomat liniyalarga kiritishga, o’lchash natijalarining
to’g’riligini EHM va boshqaruvchi hisoblash mashinalari
yordamida aniqlashga,
mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi.
Avtomatlar vazifasiga ko’ra uchta gruppaga bo’linadi: tekshirish-saralash,
tekshirish-blokirovkalash va kombinatsiyalangan avtomatlar. Avtomatlarning
birinchi gruppasi o’lchangan buyumlarni o’lcham gruppalariga saralash uchun
mo’ljallangan. Podshipniklar ishlab chiqarishda avtomatlarning bu gruppasidan
ayniqsa keng foydalaniladi. Avtomatlarning ikkinchi gruppasi avtomat liniyaning
227
ishini avtomatik tarzda qo’shimcha sozlashga
va brakning oldini olishga
mo’ljallangan. Avtomatlarning uchinchi gruppasi avtomat liniya ishlayotganda
buyumlarni tekshiradi, saralaydi va texnologik jarayonga ta’sir qiladi.
Qo’llanilgan birlamchi informasiya o’zgartkichlarining tiplariga qarab elektr
kontaktli,
induktiv,
elektr-pnevmatik,
sig’im,
fotoelektrik,
elektron
(mexanotronlar), radioaktiv o’zgartkichli avtomatlar hamda chekli bikr kalibrli,
ponasimon kalibrli va surilma kalibrli avtomatlar farq qilinadi.
Passiv (8.14-rasm,
a)
va aktiv (8.14-rasm, b) tekshirish avtomatlarining
struktura sxemalarida vazifasiga ko’ra bir xil bo’lgan qator tarkibiy element va
qurilmalar bor. Bu element va qurilmalar eng unumli hamda ishonchli avtomat
liniyalar va avtomat korxonalar to’zi shga imkon beradi.
Parchin mix tipidagi buyumlarga mo’ljallangan passiv tekshishirish-saralash
avtomatining sxemasi (8.15-rasm) quyidagilarni o’z ichiga oladi:
tekshiriladigan
buyumni o’lchash joyiga uzatadigan ta’minlagich
Do'stlaringiz bilan baham: