2.4.O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019
yil 17 sentyabrda ”O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash,
sabablari va uni qisqartirish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan davra
suhbatida O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan
ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon qilindi.
35
Специалисты выявили основные причины существования теневой
экономики Узбекистана //https://www.spot.uz/ru/2019/09/18/shadow/
BMT Taraqqiyot dasturi konsultantlari tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotlar natijalari ham ushbu davra suhbatida e’lon qilindi.
O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot miqyosini monetar usullar
asosida, shuningdek, respublika hududlarida 700 dan ortiq korxonalar
va 30 nafar tadbirkor o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan
baholangan. Xufyona iqtisodiyotning asosiy sabablari soliq
turlarining, yig‘imlar, majburiy ajratmalar sonining va ular
miqdorining ko‘pligi ekanligi ta’kidlandi. Ushbu sabablarga
korxonalarda yetarli miqdorda mablag‘larning yo‘qligi , banklar bilan
bo‘ladigan hisob-kitoblarni va to‘lovlarni amalga oshirishdagi,
xizmat ko‘rsatish sifati, kredit stavkalarining yuqoriligi bilan bog‘liq
muammolar ham kiradi. Noiqtisodiy tavsifdagi sabablarga
tadbirkorlarning bilim va tajribalarining, raqobat, ishlab chiqarish
infratuzilmasining yetarli emasligi, biznesni tashkil etish va
yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarning mavjudligi, korrupsiya va mulk
huquqining himoya qilinmaganligi kiradi
36
.
BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida monetar yondashuv
asosida
amalga
oshirilgan
hisob-kitob
natijalariga
ko‘ra,
O‘zbekistonda “xufyona iqtisodiyot” salmog‘i 46,4 foizni tashkil
etadi
37
.
Ayrim
ekspertlarning
fikricha,
O‘zbekistonda yashirin
iqtisodiyotning YaIMdagi hajmi 50 foiz atrofida. Agarda raqamlarga
murojaat etadigan bo‘lsak, 2019 yilda respublikamizda Davlat budjeti
daromadlar qismi 102,6 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Yalpi ichki
mahsulot qiymati 424 trln so‘m qilib belgilandi. Shunda ekspertlar
fikriga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning 50 foiz ulushi 212 trln.so‘mni
tashkil etmoqda. Ushbu summadan yashirin iqtisodiyotning optimal
hajmi 15% (424*15%=64)ni chiqarib tashlanganda, 148 trln so‘m
(212-64) mablag‘ iqtisodiyotdan tashqarida aylanayotgani ma’lum
bo‘ladi. Agarda biz ushbu mablag‘ning belgilangan tartibda qonuniy
aylanmasiga erisha olsak, Davlat budjetiga soliqlar to‘lanishi
36
Специалисты выявили основные причины существования теневой
экономики Узбекистана //https://www.spot.uz/ru/2019/09/18/shadow/
37
Одилжон Иминов. “Яширин иқтисодиёт”нинг яширинмаган сирлари
//http://www.biznes-daily.uz/ru/gazeta-birja/67316-yashirin-iqtisodiyotning-
yashirinmagan-sirlari
natijasida qo‘shimcha o‘rtacha 15-20 trln.so‘m (2,3 mlrd AQSh
dollariga teng) mablag‘ tushirilishi mumkin. Bugungi kunda bitta
umumta’lim maktabini yangitdan qurish uchun o‘rtacha 5 mlrd so‘m
mablag‘ sarflanadi. Demak, bir yillik yashirin iqtisodiyot
keltirayotgan zararga teng mablag‘ni 4 mingga yaqin umumta’lim
maktablari qurish yoki aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash
uchun yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi
38
.
O‘zbekistonda valyuta qora bozorini yo‘q qilish uchun
noqonuniy valyuta qora bozorlarini qonuniylashtirgan holda
belgilangan intervallar doirasida bozor narxlarida savdo qiluvchi
valyuta ayirboshlash shahobchalarini tashkil qilish darkor. Naqd
xorijiy valyutani bemalol rasmiy soliq to‘lab faoliyat yuritadigan
xususiy shahobchalarda almashtirish imkonini berish kerak. Shundan
so‘ng yashirin savdo qilayotgan valyuta sotuvchilarni qattiq jazolash
lozim.
Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan tadbirkorlarga
imtiyoz
preferensiyalar
berish
orqali
qo‘llab-quvvatlash
mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini yanada ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Masalan, rivojlangan davlatlarda bugungi kunga
kelib naqd pul muomalasi maksimal darajada qisqartirilgan, barcha
pul aylanishi bank orqali amalga oshirilishi davlat iqtisodiyotining
rivojlanishiga olib kelishi hech kimga sir emas.
«O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon
Jalilov O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori
hajmini 6,8 milliard dollarga baholadi. Kompaniya ma’lumotlariga
ko‘ra, 2019 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha xolding
korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln so‘mni tashkil
etdi. Kutilishicha, yillik hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi.
«Bu juda kam. O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik mahsulot
ishlab chiqariladi. Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan
hisobotlarni taqdim etadi. Korxonalar esa kuniga 24 soat ishlayapti.
Qolgan mahsulotlar qayerga ketyapti? Bozorga chiqarilmoqda,
38
Мақсуд Қурбонбоев. Депутат фикри: Яширин иқтисодиётнинг келиб чиқиш
сабаблари,
жамиятга
таъсири
ва
бартараф
этиш
йўллари.//
https://kun.uz/news/2019/05/04/deputat-fikri-yashirin-iqtisodiyotning-kelib-chiqish-
sabablari-jamiyatga-tasiri-va-bartaraf-etish-yollari
masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. Albatta, bularning barchasi hech
qayerda hisobga olinmaydi»
39
, - dedi Tohirjon Jalilov.
Xolding
rahbarining
ta’kidlashicha, kompaniya xufiya
iqtisodiyotga qarshi kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi to‘siqlarni olib
tashlash orqali amalga oshirmoqchi
40
.
O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lamining kattaligini
norasmiy iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan kishilar sonining
kattaligi ham ko‘rsatib turibdi. 2020 yil
18 fevral kuni Toshkentda
«O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi
bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament
va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida
o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik
va
mehnat
munosabatlari
vazirining
o‘rinbosari
B.X.Umrzoqov
«[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan aholi soni
13 million 541 ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 million 7
yuz ming kishi rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8
millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni bu toifadagi insonlar har kuni
norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga borishadi. Bolalari,
maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga bular bir
tiyin
ham
soliq
to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni
davlatimizning qudratiga, quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million
aholimiz
bor»
41
,
– deb ma’lumot berdi. U prezident
murojaatnomasida ayni shu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga
o‘tkazish masalasi qo‘yilganini ta’kidladi.
B.X.Umrzoqov
ning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019
yilning aprel oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan
korxona, muassasa, tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1
sentyabriga qadar ana shu toifadagi insonlarni rasmiylashtirish,
rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. 2019 yili
39
Ўзбекистон мева-сабзавот маҳсулотлари яширин бозорининг ҳажми
маълум
қилинди//https://kun.uz/news/2019/08/13/ozbekiston-meva-sabzavot-
mahsulotlari-yashirin-bozorining-hajmi-malum-qilindi.
40
O‘sha yerda.
41
Вазир ўринбосари: «Ўзбекистонда 8 миллионга яқин киши бир тийин ҳам
солиқ тўламайди»//https://kun.uz/news/2020/02/18/vazir-orinbosari-ozbekistonda-8-
millionga-yaqin-kishi-bir-tiyin-ham-soliq-tolamaydi
qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga o‘tkazildi.
Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan
hal bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni asta-
sekin oshirgan holda amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020
yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021 yili 1 millionga yaqin kishini
[rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan
42
. Bundan
ko‘rinib turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni
rasmiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida
xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirishga erishiladi. Xufyona
iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi kurash masalalarining
naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |