Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/158
Sana07.03.2022
Hajmi3,96 Mb.
#486009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
- P2

 
 
© Abulqosimov H.P., Muminov N.G. 2020 
© “YANGI NASHR”, 2020 


KIRISH 
Xufyona iqtisodiyot (uni norasmiy, kuzatilmagan, yashirin 
iqtisodiyot deb ham atashadi) insoniyat jamiyatida davlat boshqaruvi 
shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi 
vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb 
muammoga 
aylangan. 
Xufyona 
iqtisodiyotning 
rivojlanishi 
miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiy-
iqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va 
boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir 
mamlakat iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o‘rni va roli ham 
turlichadir. Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xufyona 
iqtisodiyotning miqyoslari rivojlangan mammlakatlarda birmuncha 
kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq sotsialistik 
mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan xufyona iqtisodiyotning 
mohiyati, vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotga ta’sirini, uni ko‘lamlarini keskin kamaytirish, unga 
qarshi kurash masalalarini o‘rganish, tadqiq qilish barcha davlatlar 
uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda bu masalalar 
xx asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq etilmoqda. 
Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotning zamonaviy taraqqiyoti 
xususiyatlari institutsional iqtisodiyot nuqtai nazaridan jamiyatda 
amal qiluvchi formal va noformal institutlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotga ta’siri sifatida tadqiq qilinmoqda. Shartli ravishda 
iqtisodiy-huquqiy tadqiqotlarni uch yo‘nalishga bo‘lib tadqiq etish 
mumkin: 
1) huquqning iqtisodiy nazariyasi (konsepsiyalari) – legal biznes 
faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarining iqtisodiy 
samaradorligini (R.Kouz, R.Pozner va boshq.), hamda huquqiy 
normalarning xo‘jalik amaliyotiga ta’sirini (R.La Porta) o‘rganish; 
2) xufyona (yashirin) iqtisodiyotni o‘rganish – rasmiy hisob-
kitob va nazoratdan yashirinadigan va ko‘pchilik hollarda noqonuniy 
xarakterga ega xo‘jalik faoliyati (E. De Soto); 
3) jinoyat va javobgarlikning iqtisodiy nazariyasi – kasbiy 
faoliyatning alohida turi sifatida jinoyatchilarning faoliyatini, hamda 
jinoyatchilikni kamaytirishning turli uslublarini samaradorligini 
o‘rganish (G.Bekker va boshq.) 


Ushbu uch yo‘nalish ko‘pchilik hollarda ustma-ust tushadi, lekin 
predmet va metodlardagi farq sezilib turadi. Huquqning iqtisodiy 
nazariyasi rasmiy (“oq”) iqtisodiyotni o‘rganishadi; xufyona 
iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar asosan norasmiy (“kul rang”) 
sektorga e’tibor qaratishadi; jinoyatchilikning iqtisodiy nazariyasi 
kriminal (“qora”) biznesni o‘rganishadi. 
Huquqning iqtisodiy nazariyasi va jinoyatchilikning iqtisodiy 
nazariyasi neoinstitutsionalizmning oqimlari hisoblanadi. Xufyona 
iqtisodiyotni tadqiq etish bilan ko‘pincha an’anaviy institutsionalizm 
namoyandalari bo‘lgan iqtisodchi va sotsiologlar shug‘ullanishadi. 
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot va jamiyatning globallashuvi, 
integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi mamlakatlar 
o‘rtasidagi rasmiy chegaralarning yemirilib borishiga olib kelmoqda. 
Rivojlangan dunyo birlashib chegaralarni yo‘q qilib ittifoqlar tashkil 
etmoqda. Bunday sharoitda dunyoning har qanday burchagida yuzaga 
kelgan ilg‘or (ham yaxshi, ham yomon ma’noda) usullar jadal 
ravishda butun dunyoga tarqab ketmoqda. Shu sababdan 
iqtisodiyotning norasmiy iqtisodiyotni namoyon bo‘lish shakllarini, 
ularni aniqlash va baholash usullarini, shu bilan birga unga qarshi 
kurashi (zarur bo‘lgan hollarda) yoki legallashtirish yo‘nalishlarini 
tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Bu borada O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda 
Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Islohotlarimizga jiddiy 
to‘sqinlik qilayotgan “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan, 
sog‘lom 
raqobat 
ham, 
qulay 
investitsiya 
muhiti 
ham 
shakllanmaydi.Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda, xorijiy 
mutaxassislarni jalb etgan holda, “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga 
kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga qarshi kurashish dasturini 
tasdiqlasin”
1
,-deb ta’kidlagan. 
Xufyona iqtisodiyotning namoyon bo‘lish shakllaridan biri 
bo‘lgan korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir etadi. 
Shu boisdan korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish 
masalalari barcha mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyev 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий 
Мажлисга мурожаатномаси. 2020 йил 24 январь.//Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь. 




Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish