Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotga



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/158
Sana07.03.2022
Hajmi3,96 Mb.
#486009
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   158
Bog'liq
- P2

3.3. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotga
to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida 
Institutsional innovatsiyalarni paydo bo‘lishi uchun yashirin 
iqtisodiyot ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, uni ildiz otishi uchun esa, aksincha, 
xavflidir. Yangi “o‘yin qoidalari” ommaviy tus olishi uchun, ular 
jinoiylik belgilarini yo‘qotishlari va rasmiy hayotda va omma ongida 
o‘rnashgan bo‘lishi kerak. Ammo yashirin iqtisodiy faoliyat “soyada 
yashash”ni yengillashtiruvchi ko‘pgina me’yorlarni yuzaga keltiradi, 
lekin “soyadan chiqishga” to‘sqinlik qiladi. Shu sababdan, sobiq 
norasmiy “o‘yin qoidalari”ni qonuniylashtirish yangi institutsional 
amaliyotni yashirinlik “merosi”dan “tozalash” uchun kurashni bekor 
qilmaydi. 
Yangi “o‘yin qoidalari” noqonuniy maqomga ega bo‘lgan bir 
vaqtda, ularning ishtirokchilari qonunni (yoki boshqa umumqabul 
qilingan me’yorlarni) buzishga mohirlik bilan yondashishlari zarur. 
Ammo qonunga bunday befarq munosabat uzoq muddat davom etishi 
mumkin emas. Har qanaqa ishbilarmonlik madaniyati qonunni 
hurmatlaydi, aks holda biznes “qoidasiz o‘yin”ga aylanadi va o‘z-
o‘zidan yemirilib ketadi. Shu sababdan xufyona iqtisodiy faoliyat 
sektoridagi 
munosabatlarni 
qonuniylashtirish 
qonunsizlikni 
qonuniylashtirish degani emas. 
Xufyonalik “merosi”ning boshqa elementi bu – yashirin sektor 
munosabatlarida ular rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning 
elementlari 
mavjudligidir. 
Yashirin 
iqtisodiy 
munosabatlar 
qonuniylashayotganda, bu elementlar jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik 
qiluvchi elementlarga aylanadi va chetga chiqarilib tashlanishi zarur. 
Sobiq ittifoqning 1980-yillaridagi yashirin iqtisodiyotni tadqiq 
etuvchi ko‘pchilik olimlar uning bozor xususiyatiga ega ekanligini 
ta’kidlagan holda, yashirin iqtisodiyot sub’ektlarini kelajakdagi 
“normal” bozor munosabatlarining agentlari sifatida e’tirof 
etilmaganini qayd etdilar. L.Timofeyevning yozishicha “Bugungi 
kunda avvalgi tuzumda raykom sekretari bo‘lganlar hozirgi vaqtda 
banklar 
va 
birjalarning 
prezidentlari 
bo‘lib 
olishgani 
ahloqshunoslarni xavotirga solmoqda. Ular xususiy mulk asosida 
bo‘lsa ham, huddi avvalgidek, mamlakatdagi barcha moddiy 
boyliklarni tasarruf etishadi. Ming afsuski, bozor qonunlari shuni 


taqozo etadi”
47
. Ushbu holatni muqarrarligini siyosatchi Andranik 
Migranyan ham ta’kidlagan edi: “O‘g‘irlanishi kerak bo‘lgan narsa 
tezroq o‘g‘irlanishi zarur. Bu o‘g‘irlikni tugatishning yagona 
usulidir”
48
. Ammo tabiiy savol tug‘iladi: “o‘g‘ri”ning bilim va 
ko‘nikmasi o‘g‘irlangan buyum va resurslarni samarali boshqarish 
uchun yetarlimikan? 
Zamonaviy tadbirkorlar ko‘pchilik holatda sovet davrida yashirin 
sexlar ochib ish yuritganlar yoki “eski” xo‘jalik-partiya elitasi 
vakillari hisoblanishadi. Ular kuyungan holda ishlab chiqarishlarini 
takomillashtirishga harakat qilishayotganlari yo‘q. Ular boshqa 
yengilroq, kamsarf, risk darajasi kam usulardan foydalanishmoqda. 
Ularning xatti-harakati – Veber bo‘yicha “halol daromad”ga va 
Shumpeter bo‘yicha ijodiy o‘zini namoyon etishga intilish emas, 
balki bu Marks bo‘yicha “barcha insoniy qonuniyatlarni poymol 
qilmoq”likdir. Sovet davridagi yashirin “ma’muriy bozor” 
qatnashchilari hozirgi vaqtda normal bozor raqobatining dushmanlari 
sifatida faoliyat yuritishmoqda. Bunday nobozor yoki bozorga qarshi 
faoliyat ularni avval ham sog‘lom bozor munosabatlariga 
qo‘shilmaganliklaridan dalolat beradi. 
Ba’zi tadqiqotchilar sobiq Sovet Ittifoqi davridagi yashirin 
iqtisodiyotda noqonuniy bozor sektori mavjud bo‘lgan, odamlarni 
xo‘jalik yuritishga to‘siq bo‘luvchi ma’muriy cheklovlardan ozod 
etilsa, 
mamlakatda 
birdaniga 
iqtisodiy 
erkinlik 
iqtisodiy 
taraqqiyotning sababchisi bo‘ladi, degan fikr bildirganlar. Ammo 
iqtisodiyotni boshqarishda davlatning aralashuvi katta ahamiyatga 
ega ekanligi e’tiborga olinmagan. 
Sovet xo‘jalik tizimida aslida bitta emas, balki ikkita parallel 
xufyona iqtisodiyotlar mavjud edi – bozor (kamyob va noyob tovarlarni 
noqonuniy ishlab chiqarish) va ma’muriy-buyruqbozlik (tanish-
bilishchilik evaziga noqonuniy imtiyozlarga ega bo‘lish). Bu ikki tizim 
mohiyatan bir tanganing ikki tomonidir, chunki rollarni almashish 
umumiy qoida sifatida qabul qilingan edi. “Yashirin sex” yurituvchisi 
o‘z biznesi bilan faqatgina mahalliy (yoki undan ham yuqoriroq) 
47
Тимофеев Л.М. Институциональная коррупция. М.: 2000. С.231. 
48
O‘sha yerda. С.232. 


rahbariyatning xayrixohligi ostida shug‘ullanishi mumkin edi. Bu 
holatda kam xarajatli va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish 
qobiliyati “sovg‘a” berish qobiliyatichalik ahamiyatga ega emas. 
Ikki tomonlama faoliyat yuritish bozor institutlarini paydo bo‘lib, 
shakllanib borishida ham o‘z aksini topdi. Xufyona iqtisodiy 
munosabatlar odamlarni rasmiy hujjatlarga norasmiy yondashuvga, 
inson kapitalini rivojlantirishda malakani oshirishga emas, balki 
“kerakli” odamlar bilan munosabatlar o‘rnatishga undadi. Iqtisodiy 
tizim 
taraqqiyotida 
yashirin 
iqtisodiyot 
funksiyalarining 
ikkiyoqlamaligi universal qonuniyatni yuzaga keltiradi: yashirin 
iqtisodiy 
munosabatlar 
institutsional 
innovatsiyalarning 
yo‘nalishlarini belgilaydi, ammo ommaviy ravishda joriy etish 
jarayonida ularni “orqaga tortish”ni boshlaydi. 

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish