I.
«Tovuqchalar» va «xo‘rozcha», xuddi qo‘noqdagiday
zal devorlarining
biri tagida cho‘qqayib o‘tiradilar. «Xo‘rozcha» qanotlari-qo‘llarini silkitib uyidan
chiqadi, zalning markazida to‘xtaydi (don topib oldi) va «tovuqchalarni» jarangdor
qilib «Qu-qa-ra-qu!» deb chaqiradi. «Tovuqchalar» «qanotlarini» sho‘x
silkitib
oyoqlarini uchida «xo‘rozcha» yoniga chopib keladilar va uning atrofida yuguradilar,
to‘xtab-to‘xtab don cho‘qishlarini ko‘rsatadilar. «Xo‘rozcha» chetga chiqadi va yana
tovuqchalarni chaqiradi.
O‘yin qaytarilayotganida boshqa «xo‘rozcha» tanlab olinadi.
II.
«Tovuqchalar»:
sh ye ‘ r m a t n i
«Xo‘roz» doirani aylanib chiqadi, to‘xtab gapiradi:
sh ye ‘ r m a t n i
So‘ngra o‘yin birinchi variantdagi holatda davom etadi. O‘yinni musiqa ostida ham
o‘tkazish mumkin.
«G‘ozlar, g‘ozlar»
Bolalar ikki guruhga taqsimlanadilar: «bolalar» va «g‘ozlar». Pedagog (yoki
bolalardan
biri) bo‘ri rolida chiqadi. «Bolalar» va «g‘ozlar» bir birlari bilan birmuncha oraliqda yuzma-yuz
turadilar, «bo‘ri» esa nariroqda, uning yonida bitta «g‘ozcha» turadi. Qo‘shiqni kuylab «bolalar»
«g‘ozlar» yoniga keladilar va orqalariga qaytadilar (to‘rt qadamcha). Keyin shu harakatlarni
«g‘ozlar» o‘z so‘zlari bilan qaytaradilar. «Biz bo‘rini ko‘rdik» – so‘zlariga «bo‘ri» «g‘ozcha»
bilan «bolalar» yonidan yugurib o‘tadi. So‘ng yana guruhlar galma-gal bir birlarini oldiga
keladilar. Qo‘shiq tugashi bilan «g‘ozlar» «bo‘rining» orqasidan chopib «g‘ozchani»
qutqaradilar.
sh ye ‘ r m a t n i
Logotirmik mashg‘ulotlarga tovush shakllanishi bosqichida
yuz mimikasi, oral praksisi,
umumiy motorikani rivojlanishi uchun materiallar kiritiladi. Masalan, «Siz nordon limon
iste’mol qilyapsiz. Siz janjalkashni uchratib qoldingiz. Sizning qaeringizdir og‘riyapti. Siz
xafasiz. Sizga chiroyli o‘yinchoq sovg‘a qilishdi» turidagi vazifalarni
pedagog mos musiqa ostida
yuz mimikasi rivojlanishi uchun beradi. Keyin esa logoped og‘zaki ko‘rsatma bermasa ham
bolalar musiqa ostida oyna oldida turib yuzlarida turli hissiyotlarini aks ettiradilar. Mimika bilan
turli hissiyotlarni berishni uddalashning rivojlanishi bilan oyna yordamidagi ko‘ruv
nazorati olib
tashlanadi. Oral praksisning rivojlanishi uchun lab, til, chakakning hamma mashqlari ritm bilan
beriladi: hisob, metron ostida, musiqa ostidagi aniq ko‘rsatilgan ritm va urg‘u.
Umumiy
motorikaning rivojlanishi asosiy harakatlar materiallari asosida amalga oshiriladi: yurish, marsh
qilish, yugurish, yugurib yurish, turli qurilmalar, qayta qurilmalar. Qo‘l
harakati, harakatli
o‘yinlar qo‘shiladi. Tovushlar qo‘yilmaganligi sababli oxirgilari nutq materiallarisiz o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: