«Buratino Onajonlar bayramida»



Download 25,55 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi25,55 Kb.
#918200
Bog'liq
Документ (24)


«Buratino Onajonlar bayramida»
( o'rta guruh uchun ertalik ssenariysi)
Musiqa zali mavzuga mos qilib,sharlar va gullar bilan bezatilgan. Quvnoq musiqa ostida bolajonlar kirib kelishadi. Boshlovchi davraga chiqib, tadbirni ochib beradi.
Boshlovchi: Mehribon onalarga
Jonkuyar onalarga
Qadrdon ustozlarga
Assalomu-alaykum!!
Mahtarama onajonlar,ustozlar,opa-singillar va jajji qizaloqlar.Barchangizni go'zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz:
Bahor keldi gul bilan
Shohida bulbul bilan
Sizni tabriklaymiz
Bugungi ayyom bilan
Quyosh kulib boqqan kun
Bahor tanga yoqqan kun
8 – mart bugun ,
Onajonlar bayrami!!
(Shu payt Buratino kirib keladi. )
Buratino:Salom kattalar va bolalar.Voy-bo 'y, nima qilib o'tiribsila?Bu yerda nima bo'layapti?
Boshlovchi:Bolalar davramizga kim keldi.
Bolalar:Buratino keldi.
Buratino: Ha,bu menman. Ha nega hayron bo'layapsiz.O'zingiz-chi,nimalar bilan bandsiz?
Boshlovchi:Buratino, sen Onajonlar bayramiga kelib qolding.
Buratino:Ha shunaqami .Bu bayram haqida Karlo otam hech narsa demagan menga .Bolalar, o'zi qanday bayram bu?
Boshlovchi:Bolalar, keling Buratinoga bayram haqida gapirib beramizmi. Kel bu yerga o'tirib ol.
1.Sakkizinchi mart bugun
Quvonchlarim bir jahon
Bayramingiz muborak
Aziz Ona-Onajon!
2.Kecha-kunduz parvona
Mehribon aziz Ona
Kuylayman shodiyona
Bayram muborak Ona!
3.Bizni yuvgan,to'ydirgan
Quvontirgan,kuldirgan
Elga mehr qo'ydirgan
Onajonlar bo'ladi!
4.Misli bir topilmas dur
Uyimiz yoritgan nur
Mening darddoshim erur
Ulug' Ona-Onajon!
(Bolalar Onalar haqida qiziqarli she'rlarni aytib berishadi. )
Buratino:Bolalar, siz juda aqlli ekansiz.Menga ham shunday aql bering.
Boshlovchi:Buratino, aqlni hech kim senga bera olmaydi.Buning uchun,bog'chada,maktabda bilim olib,oilada tarbiyalanib,aqlga sabr bilan mehnat qilib,erishish mumkin.
Buratino: Ha shundaymi.Bolalar men bilan do’stlashasizmi?Men bolalar bilan o'qishni,yozishni,o'yinchoqlarni o'ynashni,bayramlarda qatnashishni o'rganmoqchiman.
Boshlovchi:Bolalar, Buratinoga yepdam beramizmi?
Bolalar:Ha,Buratino bilan do’stlashamiz.
Boshlovchi:Barakalla bolajonlar. Endi Buratino,sen bilan o'yin o'ynaymiz.
(Bolalar Buratino bilan «Stakanlani yig'ib ol» o'yinini o'ynashadi. )
Boshlovchi:Rahmat bolajonlar.
( Shu payt shosha-pisha davraga Tulkivoy kirib keladi. )
Tulkivoy:Ha,Buratino, sen shu yerdamisan,men seni mushikvoy Bazilio bilan qidirib yuribman.Qani yur,ahmoqlar mamlakatiga .
Buratino:Yo’q-yo'q, men sen bilan boshqa do'st bo'lmayman.Sen meni ko'p aldading. Bolalar meni Tulkivoyga berib yubormaysizlar-a?
Bolalar:Yo’q, biz seni Tulkivoyga bermaymiz.
Boshlovchi:Hoy Tulkivoy,davramizga hush kelibsan. Kel,bayramimizni tomosha qil.
Tulkivoy :Bo'pti,tomosha qilamiz.
Boshlovchi:Navbatni o'g'il bolalarga bersak.Ular raqs ijro etishadi.
(O'g'il bolalar «Oshpazlar»qo’shig’iga raqsga tushib berishadi. )
Tulkivoy:Raxmat bolalar, raqsingiz menga juda yoqdi.
Buratino:Ha,bolalar juda ko'p o'yin va raqslarni bilishadi.Ular rosa aqlli.
Boshlovchi:To'g'ri aytding, Buratino,bolalarimiz juda aqlli.Bog'chamizda hamma kun tartibiga rioya qiladi.O'z vaqtida ovqatlanishadi,uxlashadi,dars qilishadi va o'yin o'ynashadi. Keling davraga, siz bilan o'yin o'ynaymiz.
(Bolalar, Tulkivoy,Buratino «kim chaqqon» o'yinini o'ynashadi)
Boshlovchi:Hammaga raxmat, endi bolalarimiz she'rlarni aytib berishadi.
1.Qalbimiz hamisha quvonchga tools in
Should,baxt doimo hamrohingiz bo'lsin
Har bir kuningizga Olloh fayz bersin
Bugungi ayyomingiz muborak bo’lsin 2.Qalblardagi chiroyli tilak
Savoblardan beradi darak
Sizga izhor aytayin istak
Bayram bo'lsin muborak!
3.Eng go'zal insonsiz hayotimdagi
O'zgani «go'zallarim»deganim yolg'on
Yagona malikam saroyimdagi
Bayramingiz bilan Onajon!
4. Bugun baxtdan yayrasin dillar
Ko'zingiz ham quvonchga to'lsin
Erkak borki,go'zal ayollar
Bayramingiz muborak bo’lsin!!
Boshlovchi: Rahmat bolajonlar.
Tulkivoy:Rostdan ham bolalar juda aqlli ekansiz.Menga chaqqon, zukko,aqlli bolalar yoqadi.Buratino,sen ulardan o'rnak olsang bo'larkan.
Boshlovchi:Ha juda to'g'ri, Buratino bolalar bilan do’stlashib,ulardan ko'p narsalarni organic olmoqchi.
Buratino:Men albatta hamma bolalar bilan do’stlashaman va yolg'on gapirish obtaining tashlayman.
Tulkivoy:Mayli, endi menga ruhsat bersangiz, qadrdonim,mushikvoy Bazilioni oldiga ketsam.U meni kutib rosa charchagandir.
Boshlovchi:To'xta Tulkivoy, bizning Qizaloqlarimiz raqsga tushib berishadi.
(Qizaloqlar «Do'ppi tikdim»qo’shig’iga raqsga tushib berishadi. )
Tulkivoy:Barakalla qizaloqlar, raqs menga juda yoqdi. Men endi sizlar bilan hayrlashsam.Buratino yur,Karlo otani oldiga olib boraman.Sen maktabga borishing kerak.
Buratino:Bolalar, siz bilan tadbirda qatnashib,ko'p narsalarni o'rgandim.Hatto Tulkivoy, menga to'g'ri yo'l ko'rsatmoqchi.Hayr bolalar, ko'rishguncha.Biz albatta Tulkivoy bilan kelamiz.
(Musiqa ostida qaxramonlar chiqib ketishadi.)
Boshlovchi: Mana bayramimiz ham o'z nihoyasiga yetdi.Yana bir bor bayram muborak bo’lsin. Yaratgandan sizlarga omonlik ,baxt-saodat,xonadonlaringizga fayzy, barokat tilaymiz.Sog' bo'ling!!
Download 25,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish