OZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TALIMI VAZIRLIGI
___________ VILOYAT
XALQ TALIMI BOSHQARMASI
_____ tuman xalq talimi bolimi
tasarrufidagi
__ - umumiy orta talim maktabining
5 - sinf rahbari ___________________________________ I yarim yillik uchun
H I S O B O T I
2021-yil 6-sentabr kuni 47-umumiy o'rta ta'lim maktabda "Bilimlar kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi va ushbu tadbirda 1-sinf o'quvchilari tomonidan birinchi qo'ng'iroq chalindi. Budan tashqari tadbirda V-a sinf o'quvchilari ham o'zlarining she'r va qo'shiqlari bilan ishtirok etishdi.
Bundan tashqari sinf o'quvchilari ishtirokida yig'ilish tashkil qilindi. Yig'ilishda maktab bosh yetakchisi D. To'xtayev so'zga chiqib, o'quvchilarning bergan ovozlari asosida sinf sardori hamda sinf faollarini sayladi. O'quchilarning darslarga muntazam ishtirok, yagona maktab formasida kelishlari, darsliklarni sifatli saqlash va yo'qotmaslik, ijara to'lovlarini belgilangan vaqtda to'lash kabi tushunchalar berildi.
2021-yil 20 oktyabr kuni 21 oktyabr ozbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayrami munosabati bilan “Ona tilim jonu dilim” nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar o'zbek tili va unga katta hissa qo'shgan buyuk ajdodlar va ular qoldirgan me'ros haqida ma'lumot berdilar. Asarlardan she'rlar, ruboiylar, g'azallar aytishdi.
2021-til 25- oktabrda sinf o'quvchilarining 21 nafar ota-onalari ishtirokida ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi. Unda o'quvchilarining darslarga muntazam ishtiroki, sababsiz dars qoldirmaslik, yagona maktab formasida kelish, kuzgi ta'tilni mazmunli tashkil qilish va ta'til davrida ota-onalar nazoratini kuchaytirish kabi fikrlar tinglandi.
2021 yil 18 noyabr kuni «18 noyabr - Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrogi qabul qilingan kun» munosabati bilan bayram tadbiri otkazildi. Tadbirda 5-sinf o'quvchilarining davlat ramzlari tushirilgan rasmlari taqdimoti namoyish qilindi.
2021-yil 20 noyabr kuni maktab majlislar zalida “Ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suxbati bolib otdi. Ushbu davra suxbatida jami 5-11-sinf oquvchilar ishtirok etib, oz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
2019 yil 1 dekabr kuni 1 dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “OITS asr vabosi” mavzusida 5-11 sinflar o`rtasida diktantlar olindi, rasmlar chizildi.
2021-yil 7 dekabr kuni «8 dekabr - Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun» munosabati bilan bayram tadbiri otkazildi. Shuningdek, tadbir davomida “Konstitutsiya bilimdonlari” korik tanlovining maktab bosqichi ham bolib otdi. Unda 5 -sinf o'quvchilari ham munosib ishtirok etishdi.
2021-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respiblikasi Davlat madhiyasining qabul qilingan kun munosabati bilan 5 -sinf o'quvchilari o'rtasida tadbir uyushtirildi.
25-dekabrda navbatdagi sinf ota-onalar yig'ilishi chaqirildi. Unda qishki ta'til davrida bolalarni e'tiborsiz qoldirmaslik, olis hududlarga yolg'iz o'zlarini jo'natmaslik, perotexnika vositalarini o'ynasliklarini qat'it nazorat qilishlari tushintirildi.
Yangi yil munosabati bilan protexnika vositalaridan foydalanishning oldini olish va yangi yilni hamma oila davrasida kutib olishi haqida o`quvchilarga ham tushuntirish ishlari olib borildi.
O`quvchi va o`qituvchilarga bayram kayfiyatini ulashish uchun sinfxona va maktab hovlisiga archa bezatildi. Keyingi II yarim yillikda a'lo baholarga o'qish kabi bayramona ezgu tilaklar bildirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |