Mavzu 2: MUSIQALI RITMIK TARBIYA. MUSIQA VA SHAXSNI HAR
TOMONLAMA RIVOJLANTIRISH.
Reja:
1. Logopedik ritmikaning asosiy tushunchalari
2. Nutqida patologiyasi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, o‘smirlar
va kattalarga musiqiy-ritmik ta’sir xususiyatlari
3.Logopedik ritmika vositalarining tavsifi
Adabiyotlar.
1.
G.A. Volkova. Logopedicheskaya ritmika. Moskva «Prosveщenie» 2003 god.
2.
M.Yu. Ayupova. Logopediya. Toshkent 2007 yil.
3.
X.M. Pulatova. Logopedik ritmika (ma’ruza matni). Toshkent 2011 yil.
1-Ilova
Mavzu: Musiqali ritmik tarbiy. Musiqa va shaxsini har tomonlama rivojlantirish.
O‘quv faoliyati natijalari
1) Shaxsni xar tamonlama rivojlantirishda musiqaning estetik ma’naviy tarbiyalashni
bilib oladilar.
2) Nutq buzilishiga ega bo‘lgan shaxslarda musiqali ritmik tarbiya belgilarini bilib
oladilar.
3)Logoritmikaning tarbiyaviy vazifalarni o‘smirlar va kattalarga ta’siri haqida
tushunchalarni o‘zlashtiradilar.
4) Logopedik ritmikani vositalari haqida ilmiy amaliy tushunchalar hosil qilinadi.
“Klaster” strategiyasi boyicha musiqa va shaxsni har tamonlama tarbiyasi
haqidagi ma’lumotlar beriladi.
Logopedik ritmikaning mohiyatini tushunish uchun harakat, harakatlanish
ko‘nikmasi, harakatlanish malakasi, ohang, ritmika, musiqiy ohang, musiqiy-ohangli
hissiyot, musiqiy-harakatlanuvchan tarbiya, harakatli o‘yinlar, kineziterapiya,
davolash ritmikasi, logopedik ritmika nima ekanligini tushuntirish zarur. Turli
ko‘rinishlarni aks ettirgan ushbu tushunchalar o‘zaro zich aloqada. Ular jamiyatning
turli rivojlanish davrida yuzaga kelgan. Ularning mazmuni chuqurlashadi, inson
to‘g‘risida turli-tuman fanlar rivojlanishi doirasida aniqlanib boradi.
Biz faqatgina ushbu kursni o‘rganish uchun zarur bo‘lganlarinigina ko‘rib
chiqamiz:
H a r a k a t -
tirik materiyaning asosiy biologik sifati hisoblanib, u jonli
tabiatning evolyusiyasi bilan birgalikda mukamallashadi. Harakat eng oliy
mukammallikka “organizm-muhit” tizimidagi tizimosti o‘z-o‘zini boshqarish
hisoblanuvchi organizm, insonning filogenetik rivojlanishida erishadi. Harakat – bu
tizimda muvozanatlashtiruvchi asosiy mexanizmlardan biri. Inson organizmi nafaqat
muhit bilan muvozanatga kirishadi, balki faol moslashadi, ko‘nikadi va bu moslashuv
jarayonida bir tomondan, tuzilmaviy va funksional tarzda takomillashadi, boshqa
tomondan esa – muhitni faol o‘zgartiradi va moslashtiradi. Ushbu jarayonda harakat
insonda o‘ziga xos, sifat jihatidan inson faoliyatining ongli, ijtimoiy-biologik
xarakteriga sabab bo‘ladigan yangi xarakterga ega bo‘ladi. Harakatdan profilaktika,
davolash va reabilitatsiyaning ulkan omili sifatida ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |