M u s o b a q a l i
– ishlov berilgan harakatlanuvchan malakalarni,
jamoatchilik tuyg‘usini takomillashtirishda foydalaniladi. To‘g‘ri rahbarlik qilinganda
musobaqalardan
harakatlanuvchan
malakalarni
takomillashtirish,
shaxsning
ma’naviy-irodaviy tarbiyalash uchun tarbiya vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Amaliy usulga taalluqli yo‘llar aniqlik (ko‘rgazmalilik) va so‘z bilan bog‘liq.
Pedagog ta’limning butun jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuni, tuzilmasi
bilan mos ravishda reglamentga soladi. U mashqlarni, harakatli o‘yinlarda alohida
rollarni, olib boruvchining rolini namoyish qiladi, vazifalarni kim eng yaxshi va juda
to‘g‘ri bajarayotganini ko‘rsatadi, sudya, komanda kapitani rolida chiqadi.
Mashg‘ulotlar oldinga qaratilgan tarzda o‘tkaziladi, pedagog tanish bo‘lgan
mashqlarni takomillashtirish uchun guruhlarga bo‘ladi va mustaqil harakat qilishni
taklif etadi, ijodiy izlanishga rag‘batlantiradi. Masalan, musiqa xarakterining
o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda mashqlarni qanday o‘zgartirish, boshqa qoidalar
bilan harakatlanuvchan o‘yinlarni olib borish, o‘yinlar variantlarini tuzish, yangilarini
o‘ylab topish.
LOGOPEDIK RITMIKANING ASOSIY
TUShUNChALARI
Logopedik ritmikaning mohiyatini tushunish uchun harakat, harakatlanish
ko‘nikmasi, harakatlanish malakasi, ohang, ritmika, musiqiy ohang, musiqiy-ohangli
hissiyot, musiqiy-harakatlanuvchan tarbiya, harakatli o‘yinlar, kineziterapiya,
davolash ritmikasi, logopedik ritmika nima ekanligini tushuntirish zarur. Turli
ko‘rinishlarni aks ettirgan ushbu tushunchalar o‘zaro zich aloqada. Ular jamiyatning
turli rivojlanish davrida yuzaga kelgan. Ularning mazmuni chuqurlashadi, inson
to‘g‘risida turli-tuman fanlar rivojlanishi doirasida aniqlanib boradi.
Biz faqatgina ushbu kursni o‘rganish uchun zarur bo‘lganlarinigina ko‘rib
chiqamiz, xolos.
H a r a k a t
tirik materiyaning asosiy biologik sifati hisoblanib, u jonli
tabiatning evolyusiyasi bilan birgalikda mukamallashadi. Harakat eng oliy
mukammallikka “organizm-muhit” tizimidagi tizimosti o‘z-o‘zini boshqarish
hisoblanuvchi organizm, insonning filogenetik rivojlanishida erishadi. Harakat – bu
tizimda muvozanatlashtiruvchi asosiy mexanizmlardan biri. Inson organizmi nafaqat
muhit bilan muvozanatga kirishadi, balki faol moslashadi, ko‘nikadi va bu moslashuv
jarayonida bir tomondan, tuzilmaviy va funksional tarzda takomillashadi, boshqa
tomondan esa – muhitni faol o‘zgartiradi va moslashtiradi. Ushbu jarayonda harakat
insonda o‘ziga xos, sifat jihatidan inson faoliyatining ongli, ijtimoiy-biologik
xarakteriga sabab bo‘ladigan yangi xarakterga ega bo‘ladi. Harakatdan profilaktika,
davolash va reabilitatsiyaning ulkan omili sifatida ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |