O ch i q k u z a t u v
qiziqayotgan ko‘rinishning hamma tomonlarini
qamrab olish imkoniyatini ko‘proq namoyon etadi, biroq shu bilan birgalikda
tadqiqotchining ishtiroki samaraning salbiy ta’siriga ko‘proq duchor bo‘ladi: musiqiy-
ritmik mashg‘ulot, qo‘shiq kuylash, logopedik ritmika va h.k. o‘tkazilyaptimi,
begona odamning ishtiroki shug‘ullanuvchilarni, ayniqsa, o‘smirlar va kattalarni,
harakat va nutqiy muhitida yaqqol nuqsoni bo‘lgan shaxslarni tang ahvolga solib
qo‘yadi. Shug‘ullanuvchilarning faoliyati ustidan ya sh i r i n k u z a t u v esa
ularning nazorat ostida ekanligi tuyg‘usidan xalos etadi va ko‘pincha qo‘shimcha
ma’lumotlar beradi.
Kuzatuvning turli-tumanligiga axloqning bitta aktini yoki harakat malakasini
egallashning butun jarayonini
uzluksiz va diskret
tekshirib turish kiradi. Kuzatuv
uzluksiz, agar u masalan, harakatli o‘yinlarda bo‘lsa ko‘rinishning boshlanishi,
rivojlanishi va yakunlanishini aks ettiradi. Shuning uchun uzluksiz kuzatuvni qisqa
vaqt oralig‘ida ham olib borish mumkin. Masalan, dramatik o‘yinlarni o‘tkazish, xor
kuylash usullari va h.k. Logoritmik mashg‘ulotning qurilishini o‘rganishda
kuzatishning tugallanish vaqti 45-50 daqiqani tashkil etadi. Biroq uzluksiz kuzatuvni
uning predmeti birmuncha davomli jarayonlar bo‘lgan hollarda olib borish mumkin
emas. Bunday hollarda diskret (bo‘linadigan) kuzatuvga murojaat qilinadi.
Tadqiqotchi go‘yoki sharoitni “poylab turadi” yoki uni maxsus yaratadi va
o‘rganilayotgan jarayon “kadri”ni kuzatadi. Harakatning turlicha turlari: muskullarni
umumiy mustahkamlovchi yoki rivojlantiruvchi alohida guruhlar, logoritmik atamalar
bilan shug‘ullanuvchilarni tanishtirish, nutq bilan harakat uyg‘unligini egallash va
boshqalarda diskret kuzatuvsiz bo‘lmaydi.
O‘ziga xos kuzatuv – izlash. U yoxud oz yoki ko‘proq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
pedagogik ko‘rinishlarni keng qamrab olish, yoxud kuzatuvchining bir ob’ektdan
ikkinchisiga ko‘chishi bilan olib boriladi. Masalan, turli tashkilotlarda (nutqiy guruh,
nutqiy statsionar, nutqiy sanatoriya, nutqiy maktab, poliklinika va h.k.) turli yoshdagi
duduqlanuvchilar bilan logoritmika bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘rganiladi yoki bir xil
yoshdagi, biroq turlicha nutqiy buzilishlari (dislaliya, dizartriya, alaliya) bo‘lgan
bolalar bilan logoritmik mashg‘ulot qurilishi o‘rganiladi. Ushbu holda bolalarning
yosh psixilogik xususiyatlari bilan aniqlanuvchi turlicha nutqiy nuqsondan, masalan,
dizartriya va duduqlanishdan kelib chiquvchi maxsus farqlar, mashg‘ulot qurilishining
umumiy qonunchiligini yuzaga chiqarish zarur.
Ko‘p vaqt va katta analitik ishni talab qiluvchi izlovchi kuzatish ko‘plab
topilmalarni berishi va logoritmik tarbiya uslubini sezilarli tarzda boyitishi,
logoritmikani tutash fanlar, musiqiy tarbiya bilan murakkab aloqasini ochib berishi,
ularning nutqiy buzilishga ta’sirini yuzaga chiqarishi mumkin.
Korreksion ishlar natijalari ustidan muddati uzaytirilgan kuzatuvni amalga
oshirish o‘ta muhimdir. Ushbu holatda gap nafaqat kuzatuv turli-tumanligining usul
sifatidaligi, balki uning o‘rganilayotgan ob’ekt bilan vaqt asosidagi aloqasi haqida
boradi. Tadqiqotchi doimiy ravishda muddati uzaytirilgan kuzatuv olib borishi zarur,
shunda u reabilitatsion uslub va uning bo‘limi – logopedik ritmika samaradorligini
xolisroq baholaydi.
Logoritmik tadqiqotda dalillarni ijtimoiy usulda: intervyu va so‘rovnomalar
o‘tkazish, o‘zaro ta’sir, reyting, o‘z-o‘zini baholash, juftlab qiyoslash tahlili
yordamida ham yig‘ish mumkin.
Intveryu va so‘rovnomalar faqat tadqiqotning dastlabki davrida (muammoni
ifodalash, ishchi gipotezani ilgari surish, tadqiqot rejasini yaratish) tuziladi. Intervyu,
qoidadagidek, so‘rovnomalardan oldin o‘tkaziladi. Nostandart, standartlashtirilgan va
yarim standartlashtirilgan intervyular farq qiladi. Birinchi holatda savollarni ifodalash
va ketma-ketligi suhbat davomida o‘zgarishi mumkin. Ikkinchi holatda savollar
muayyan ketma-ketlikda taqdim etiladi. Bunday intervyularning natijalari ro‘yxatga,
miqdoriy ishlov berish va qiyoslashga oson tushadi. Ushbu usulning kamchiligi
sifatida egiluvchanligi, vaziyatga chuqur kirish imkoniyatining yo‘qligini aytish
mumkin. Yarimstandartlashtirilgan intervyular esa o‘zgartirish kiritilmaydigan, aniq
ifodalangan savollar bilan birgalikda tadqiqotchi erkin o‘zgartira oladigan savollarni
o‘zi ichiga oladi.
So‘rovnoma jarayonida tadqiqotchini bilvosita nima qiziqtirishini, ya’ni qator
shaxsiy savollar, ikki ma’noli so‘zlar va o‘ta uzoq ifodalashlardan qochgan holda
aniqlab olish lozim. Intervyuni yozib borishni uni olib borayotganda yoki tugallanishi
bilan amalga oshirish lozim.
So‘rovnoma bir vaqtning o‘zida tadqiq etilayotgan shaxslarning katta
miqdoriga qaratiladi. Biroq so‘rovnoma o‘tkazishning kamchiligi intervyu
o‘tkazishdan kra ko‘proqdir. Chunki bunda vaziyat noaniq, responden savollarga
javob qaytaradi, u bilan bevosita aloqa o‘rnatib bo‘lmaydi, so‘rovnomaning qancha
qismi to‘ldirilgan holda qaytarilishi ma’lum bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |