Nutqida
potologiyasi
bo‘lgan
shaxslarda
nutqiy
buzilishlar,
nutqga
taaluqli
bo‘lmagan psixik
funksiyalar
tuzilmalari
Psixomotorli,
sensor funksiyalar
harakat tizimining
turli
tumani
buzilishlarini
musiqa va so‘z
bilan
uyg‘unlashtirish
Nutqiy
buzilishlar
va
nutqiy
bo‘lmagan psixik
funksiyalarni
tashqi va
ichki
muhitga
moslashtirish
rivojlantirish
Sog‘lomlashtiruvchi
ta’limiy
(anglash)
tarbiyalovchi
korreksiyalovchi
sifatida belgilanadi.
Suyak
muskul
apparatlari
mustahkamlanadi.
Nafas
olish
motorsensor
funksiyalar
rivojlantiriladi.
Muvozanat tuyg‘usi
tarbiyalanadi.
Izoh: Davalov ritmikasining bir bo‘g‘ini riabilitatsiya tadbirlari kopmleksini
vositasi xisoblanadi. Logopedik va logoritmika boyicha nutq buzilishlar
korreksiyalanadi.
Nutqida buzilishi bo‘lgan odamlarda sog‘lomlashtiruvchi
vazifani hal qilish
natijasida suyak-muskul apparatlari mustahkamlanadi, nafas olish, motor, sensor
funksiyalar
rivojlanadi, muvozanat tuyg‘usi, to‘g‘ri qad-qomat, qadam tashlash,
chiroyli harakat tarbiyalanadi.
Ta’lim beruvchi vazifaning amalga oshirilishi harakat malakasi va
ko‘nikmasining
shakllanishiga, makon tasavvurlari va qobiliyati ixtiyoriy ravishda
borliqda boshqa odamlar va predmetlarga nisbatan siljish, epchillik, kuch,
chidamlilik, bir harakatdan boshqasiga o‘tish, harakatlarning uyg‘unlashuvi,
tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanishiga imkon beradi. Ta’limiy vazifalarni amalga
oshirishda nutqiy patologiyasi bo‘lgan
odamlar metroritmika, musiqiy madaniyat,
musiqiy idrok va ta’sirchanlik sohasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtiradilar.
Tarbiyaviy vazifalarni hal qilish nutqiy patologiyasi bo‘lgan odamlarda aqliy,
ma’naviy, estetik va mehnat tarbiyasida yordam ko‘rsatadi. Tarbiyaviy vazifalarni hal
qilish aynan quyidagilarga ko‘maklashadi:
1)
ohangni sezish, musiqada, harakatda va nutqda ohang ta’sirchanligini his
qilish qobiliyatini rivojlantirish;
2)
musiqiy obrazlar va malakani ushbu obraz
bilan mos ravishda ohangli,
ta’sirchan harakatlantira olish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni yangicha shakl olishni
uddalash, badiiy-ijodiy qobiliyatni ko‘rsata olish;
3)
ijobiy shaxsiy sifatlar, jamoatchilik tuyg‘usi, turli faoliyat turlarining
qoidalarini o‘rganish va boshqalarni tarbiyalash.
Mashg‘ulotlarning korreksion yo‘nalishi nutqiy buzilishlar mexanizmi va
tuzilmalarini, logopedik ishning bosqichliligi va majmuaviyligini
hisobga olishni
shart qilib qo‘yadi. Logoped patsientning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini, uning
harakat tizimi holatini, nutqiy va nutqiy bo‘lmagan jarayonlarning buzilish xarakteri
va darajasini: praksis, gnozis jarayoni, eshitish va ko‘rish idroki, diqqati, xotirasi va
h.k. larni inobatga oladi.
Bu barcha topshiriqlar maxsus muassasa turiga bog‘liq: nutqiy bolalar
bog‘chasi; ommaviy bolalar bog‘chalaridagi
nutqiy guruh, bolalar uyida –
maktabgacha muassasa, maktab; ommaviy umumta’lim maktablaridagi logopedik
punkt; bolalar, kattalar poliklinikalarida, psixonevrologik
dispanserlardagi logopedik
kabinetlar; statsionar, yarimstatsionar, sanatoriyalardagi logopedik mashgulotlarda
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: