24
1.
Tadbirkor maqsadni aniq belgilaydi
, ishlab chiqarish dasturini tuzadi va
unga erishadi. Er, kapital va mehnat resurslarini, tovar ishlab chiqarish va
xizmat ishlarini bajarish maqsadida ularni yagona jarayonga birlashtiradi.
Tashabbusni o’z qo’liga oladi.
Tadbirkor bir vaqtning o’zida
ishlab
chiqarishni xarakatga keltiruvchi kuch va o’rtada turgan vositachi
hisoblanadi. Foydali jarayonlarni amalga oshirish uchun boshqa
resurslarning qo’shilishini ta’minlaydi. Dasturda maqsadga erishishning
yo’l-yo’riqlari, ta’minot va xarid kabi bandlari o’z aksini topishi lozim.
Dasturning bandlar soni, qanday davrni o’z
ichiga olishi, korxonaning
qanday bo’limlari uchun tuzilishi, ichki sharoitlari va tashqi muhitning
o’zgarishi ham o’z aksini topishi maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkor korxona dasturini tuzishda quyidagi asosiy mulohazaga e’tibor
beradi:
−
Maqsadga qanday erishish mumkin;
−
Korxonani kelajakda nimalar kutmoqda (ya’ni ishlarni rejalashtirish).
Agar shu ikkita mo’ljal
bir-biriga mos keltira olinsa, korxona faoliyati dasturini
tuza olish mumkin. Dastur tuzishni shartli ravishda uch bosqichga bo’lish mumkin:
1. Mahsulot sotiladigan bozorni tahlil etish lozim. Tahlil ikki yoqlama uzviy
bog’langan holda qilinadi. Birinchisi, korxona ishlab chiqargan
mahsulotning bozordagi ijobiy tomonlarini o’rganib chiqish,
ikkinchisi
salbiy tomonlarini chamalab ko’rish. Ikkala holda ham tadbirkor talab va
taklif o’zgarishi, fan va texnika yutuqlari, raqobat o’zgarishini hisobga
olgan holda bir yildan besh yilgacha bashorat qilishi kerak.
2. Korxonaning ichki imkoniyatlarini to’liq hisobga olgan holda maqsadni
to’g’ri qo’ya bilish.
Eng yaxshisi, korxonaning kuchli tomonlari va
kamchiliklari bir-biri bilan solishtirilib, talab va taklifning o’zgarishiga
bog’lanadi. Solishtirish natijasida qaysi maqsad imkoniyatga mos keladi,
qaysinisi mos kelmasligi yaqqol ko’rinib qoladi. Shular asosida tadbirkor
25
o’z maqsadini yana bir bor qayta ko’rishi lozim. So’ngra
imkoniyat mavjud
bo’lgan, uddasidan chiqa oladigan vazifalar tanlanadi.
3. Korxona faoliyati rivojlaishining eng foydali variantini tanlab olish.
Korxonaning xom-ashyosi va tashkiliy imkoniyatlari majmuasi aniqlanadi.
Bunda asosan uchta ko’rsatkichga e’tibor berish kerak:
a) korxonaning bozor muhitida tutgan o’rni, ya’ni chiqariladigan mahsulotlarning
qanchalik talabga javob berayotganligi, sifat jihatidan ham, son jihatidan ham;
b) korxona qaysi xo’jalik
shakliga mansubligi, ya’ni tarmoqqa qarashlimi yoki
xo’jalik sektorigami va x.k,;
v) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turining xilma-xilligi, ya’ni taklif
etilayotgan turning talabga qanchalik mos kelayotganligi.
Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki,
korxona doirasida
ham, bozor sharoitida ham o’zining kelib chiqishi va xususiyatlariga ko’ra bashorat
qilish ancha mushkul ishdir. Shu sababli dastur tuzishda uchinchi bosqichni
o’rganayotganda qo’shimcha maslahatchilarga murojat etish maqsadga muvofiqdir.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: