159
Asosiy iboralar va tushunchalar.
1.
Mahsulotni kritik hajmi
(pirovard hajmi) - doimiy harajatlar bilan o’zgaruvchan
harajatlar miqdoridan iborat,
2.
Aktiv-
buxgalteriya hisobining bir qismi bo’lib, unda
korxonaga tegishli barcha
narsalar aks etdirilgan bo’ladi. Moddiy boyliklar, pul mablag’lari, olish kerak
bo’lgan qarzlari ( ma’lum muddatlar).
3.
Passiv
-harajatlarni daromaddan oshib ketgan miqdorini aks etdiruvchi
buxgalteriya balansining bir qismi. To’lov balansidagi defetsit.
4.
Bank
-kredit-moliya mua’ssasi bo’lib, unda
korxonalarning yoki alohida
shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’lari
5.
to’plangan bo’ladi va ularni kredit (qarz, ssuda) sifatida beriladi, mamlakatda pul
harakatini tartibga soladi.
6.
Buxgalteriya hisobi - xo’jalik jarayonlarini, ularning natijalarini
va pul hisobida
ishlatilgan resurslarni hisob raqamlarida aks etdirish.
7.
Valyuta boyliklari- xorijiy valyutalar, qimmatbaho qog’ozlar; qimmatbaho
metallar; qimmatbaho tabiiy toshlar.
8.
Valyuta rezevlari - oltinni markazlashtirilgan zaxirasi va markaziy banklardagi va
mamlakatning valyuta-moliyaviy tashkilotlaridagi xorijiy valyutalar.
9.
Valyuta-mamalkat
pul birligi; xorijiy davlatlarning pul belgisi; xorijiy pul
berliklarida (veksel, chek va hokazo) ifoda etilgan muomaladagi va to’lovdagi
hamda xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladigan kredit mablag’laridir.
10.
Diversifikatsiya- shu firma ishlab chiqaradigan maxsulot turini kengaytirish;
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantrishdagi yangi sifatli xolat.
11.
Diller-ko’pincha o’z nomidan va o’z hisobidan
tovarni boshqalarga sotib
yuboradigan shaxs yoki firma.
12.
Diskont-vekselni hisobga olish; tovar bahosidan chegirma (skidka).
13.
Mahsulot etkazib berish shartnomasi-shartnomaga muvofiq etkazib beruvchi
kelishilgan muddatga tovarni xaridorga mulk sifatida topshirish majburiyatini
160
oladi, xaridor esa tovarni qabul qilish va uning uchun ma’lum miqdorda pul
mablag’larini to’lash majburiyatini oladi.
14.
Mijoz-doimiy xaridor,
buyurtmachi;
15.
Kontrakt - tovarga egalik qilish xuquqini sotuvchidan xaridorga o’tishini
mo’ljallagan, tovar va xizmatlarni oldi-sotdi shartnomasi.
16.
Baho liberalizatsiyasi-markaziy boshqarmalar nazoratidan bo’shatilishiga
yo’naltirilgan bahoni shakllantirishning davlat siyosati yoki banday nazoratni
anchagina bo’shashtirilishi;
17.
Foyda-barcha korxona hisobiga tushgan pullar va minus barcha harajatlar, ya’ni
foyda yoki zararlar.
18.
Asosiy kapital-er., bino va dastgohlarni o’z chiiga olgan aktivlar.