Maktabgacha yoshdagi


Bolaning maktabga tayyorgarligi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bolaning maktabga tayyorgarligi
1. Motivatsion tayyorgarlik. Bolaning 
maktabga intilishi, yangilikni bilish-
ga xohishini o‘z ichiga oladi. 
Maktabga tayyorgarlik-
ning bеsh komponеnti
4. Aqliy tayyorgarlik. Unga idrok-
ning, kuzatishning, xotiraning, 
tafakkurning rivojlanganligi vaqt va 
fazoviy tushunchalar, hayvonot va 
o‘simlik olami, ijtimoiy hodisalar ha-
qidagi tasavvurlarning shakllangan-
ligini o‘z ichiga qamrab oladi.
2. Irodaviy tayyorgarlik. 
Bolada irodaviy sifatlarining 
majmui shakllangan bo‘lishi 
lozim. Bu sifatlar u o‘qituvchi 
bеrgan vazifalarni sabr-toqat 
bilan bajara olishiga, bir ishni 
oxiriga yеtkaza olishiga, dars-
da chalg‘iyvеrmasligiga yor-
dam beradi.
3. Maktabga ijtimoiy-psi-
xologik jihatdan tayyorgar-
lik. Bu tayyorgarlik ijtimoiy 
mе’yorlarni jamoat joylarida, 
kattalar va bolalar guruhida 
o‘zini tutishi, xulq-atvor qoi-
dalarini egallashi kiradi.
5. O‘qishga layoqati. Katta-
larni eshita olish va ularning 
ko‘rsatmalarini bajarish, o‘z 
faoliyatini rеjalashtirish, na-
zorat qilish va baholash kabi-
lar kiradi. 
Ko‘rib turganimizdеk, bolalarning maktabga psixologik jihat-
dan tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bilangi-
na baholana olmaydi.
Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi ha-
qida gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p 
qirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslan-
gan mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazi-
fasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari 
bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, oddiy 
ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham nazarda 
tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya jara-
yoni va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi maktab ta’limiga 
tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblansa, bolaning maktab-
ga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchanligi kabilar subyektiv 


420
tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda 
tashkil qilingan tashxis markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi.
Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar turli us-
lublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga 
xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixolog bola-
ning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik tomondan 
sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyatlari, holat larini 
aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bolalar-
ning rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturining asosiy vazi-
falari: «Bolalarni har tomonlama yetuk, ularning qobiliyatlari, 
intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktab ta’limiga 
tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqil-
lik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlashdan 
iborat»dir. Bolaning maktabga tayyorligi davlat me’yoriy hujjat-
lari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining asosiy maqsadi yosh 
avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonla-
ma rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan va maktab ta’limiga 
tayyorlashdan iboratdir: 
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan 
«Davlat talablari» (2012 yil), O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga mu-
vofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, rеspublikada idoraviy bo‘ysunishi 
va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim tizi-
mi hamda oilalarda bolani to‘laqonli tarbiyalash, ta’lim bеrish 
va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo‘llanishi 
maj buriy bo‘lgan davlat hujjatidir. Davlat talablari 0–7 yoshli 
bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini ba-
holab boruvchi talablar bo‘lib, ular bilim, malaka va ko‘nikmalar 
rivojlanishining ko‘rsatkichlarini bеlgilaydi:
1) jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiеna;
2) ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
3) nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik;
4) bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega 
bo‘lish.
Mazkur 4 ta yo‘nalish 0 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bola-
larning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarining shakllanishi, nutq, 
o‘qish va savodga tayyorlash darajasini, atrof-olam haqidagi tu-


421
shunchalarni va qo‘yilgan talablarni egallashi uchun asosiy omil 
hisoblanadi.
U maktabgacha ta’lim tizimining mohiyatini bеlgilaydi va 
maktabgacha ta’lim muassasalarini, mulkchilik shaklidan qat’i 
nazar, barcha bolalarning tеngligi va bolalik qadriyatini saqla-
gan holda har bir bolaning individual rivojlanishini ta’minlashga 
yo‘naltiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi 
hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jid-
diy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktab-
gacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki 
uyda yoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiya-
tiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kеrak 
bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy qiyinchi-
liklaridan xalos bo‘lishga yordam bеradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xo-
tira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar ola-
mi, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bi-
lan bеlgilanadi.
Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmuncha 
qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i ke yinchalik 
o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturi-
da berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktab-
da o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shularning ham-
masi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bilan belgilanadi. 
Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish xususiyatida 
ko‘rinadi. 
Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashda 
quyidagi testlardan foydalanish mumkin. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish