Nazorat savollari:
1. Psixodiagnostika fani nimani o‘rganadi?
2. Psixodiagnostikaning vazifalari va xususiyatlari nimadan
iborat?
3. Diagnoz qo‘yish bosqich turlarining nomlarini ayting va
ular haqida tushuncha bering?
4. Psixodiagnostik tadqiqotlar qanday maqsadlarda qo‘l-
laniladi?
5. Sensomotor haqida tushunchalar bering?
6. Tadqiqot metodikalarini o‘tkazish haqida so‘zlab bering.
10.2. Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan
tayyorlash
Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir.
Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab
davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktab yoshidan
boshlab bola larning asosiy faoliyatlari va vazifalari o‘qish, fan
asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib qoladi.
Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ular-
dan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab qila-
di. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn,
mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shuning bilan
birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik hislari bo‘lishi kerak.
416
Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan
bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Bolalar
maktabga o‘tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlarida ham
o‘zgarish yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlashgan bolalar
bog‘chada «katta», ya’ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edi.
Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichkinalar» qatoriga tu-
shib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning maktabga o‘tishlari bi-
lan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda
tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyor-
lash kerak.
Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri
bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ular ning taraqqiyot dara-
jalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa, o‘z
navbatida maktabda gi o‘qish bilan bog‘chadagi ta’lim-tarbiya
o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.
Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor
berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shuncha-
lik e’tibor beriladi. Bolalar ning maktabga chiqishlari doimo
nazarda tutilib ular bilan o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda
bolalarning idroki, diqqati, tasavvur va xotiralari, xayol ham-
da tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda taraqqiy ettirib
boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyorlashda
ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. K.D. Ushin-
skiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egallashlari ular-
ning maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi eng
ishonchli dalildir. Shuning uchun tayyorlov guruhi bolalarini
maktabdagi o‘qishga tayyor lashda ularning o‘z ona tillarini yax-
shi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri
talaffuz qilishlariga va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga
ahamiyat berish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda
ular ning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta guruh bola-
lari maktab hayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar. Bolalardagi
bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab-quvvatlashi va yanada ort-
tirib borishi kerak. Buning uchun maktab va unda o‘qish haqi-
da qizi qarli suhbatlar o‘tkazish hamda yaqin atrofdagi maktabga
eks kursiya uyushtirish yaxshi natija beradi. Bog‘chalardagi yet-
417
ti yoshga to‘lgan bolalarning hammasi ham maktabdagi o‘qish
mashg‘ulotlariga bab-barobar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bola-
lar maktabdagi yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydi. Ular-
da o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir bir xususi-
yat yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol
tug‘iladi. Bo lalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabda-
gi o‘qish jarayoniga tayyor deb hisoblash mumkin? Ayrim psi-
xologlarning fikricha, bola maktabda o‘qish uchun atrofdagi nar-
sa va hodisalarga doir anchagina tasav vur va tushunchalarga ega
bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lishi
lozim. Lekin bu bolaning o‘qishga tayyor ekanligini aniqlash-
da hal qiluvchi omil emas, chunki bu yerda yosh masalasi ham
bor. Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugal-
lanishi va o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Xud-
di ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib
topa boshlaydi. Shuning uchun ham shu davrdan boshlab bola-
larni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D. Ushin-
skiyning fikricha, bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tay-
yorligi ayrim psixik jarayonlarning taraqqiyot darajasi bilangina
emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot darajasi bilan
aniqlanadi.
Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyor ligi
shaxsning ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin ijti-
moiy tarqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o‘z-o‘zidan
ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va oiladagi bu-
tun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yoshga to‘lganda u
jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qilishga, nojo‘ya
xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini
o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan
bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, jamoada ya-
shashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bolaning turmush tajri -
b a
si anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va ulardan qan-
day foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o‘sib, ko‘pgina
she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti yoshli bolaning
nutqi ma’lum darajada rivojlanib, so‘z zaxirasi ko‘payadi. Na-
tijada u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila oladi-
gan bo‘ladi.
418
Yetti yoshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mus-
tahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurollari-
dan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda
ham bolada beixtiyor aktivlik hali ustunlik qiladi. Shu sabab-
li bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qiladigan narsa-
lar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga chiqqani-
dan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi.
Bola o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni
o‘ynashda davom etaveradi. O‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini ido-
ra qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga,
javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini ustun qo‘yishga odat-
lanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar jarayonida
bolalarning aql-idroki, xotira va tafakkuri o‘sadi. Bular, o‘z nav-
batida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin
tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, al-
batta, oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’ lim-
tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Bolalarda 5–6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi.
Bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini belgi-
lashga, kattalar bilan yanada yaqinroq munosabatlarga kiri-
shishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga chiqishdan
ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, maktabda nima-
lar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. Maktab-
ga borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari maktabga
o‘tib ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklaridan o‘ksinib yuradilar.
Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining maktabga intilishi ijtimoiy
munosabatlar doirasida yangi mavqeni egallashga intilayotga-
nidan dalolat beradi. Ta’limga psixologik tayyorgarlik degan-
da bolaning obyektiv va subyektiv tayyorgarligi nazarda tutiladi.
Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi,
uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu
yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, bola-
ning qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi,
tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajra-
lib turadi.
419
Do'stlaringiz bilan baham: |