388
tezroq ko‘nikadilar, yangi sharoitga xotirjamroq, tezroq va oson-
roq kirishadilar. O‘g‘il bolalar ko‘p shovqin ko‘tarishadi.
Rolli
o‘yinlarda o‘g‘il bolalar kattalarga taqlid qilib,
haydovchi, kos-
monavt, harbiy askarlar rolini tanlaydilar, qizlar bo‘lsa ona, shi-
fokor, tarbiyachi rolini o‘zlariga oladilar.
Tanlangan rollar har xil jinsdagi bolalarning ijtimoiy intilish-
larini aks ettiradi. O‘g‘il bolalar qiziqishlari texnikaga, g‘alabaga,
yutuqqa va peshqadamlikka yo‘naltirilgan musobaqa o‘yinlariga
qaratilgan. Kuchli, jasur va tashabbuskorlarni o‘g‘il bolalar li-
der deb qabul qiladilar. Oila muhiti o‘yinlari ko‘pincha qiz bola-
lar o‘yinida aks etadi. Qiz bolalarning qiziqishlari ko‘proq shaxs-
lararo munosabatlarga qaratilgan. Qizlar yumshoq fe’lli, quvnoq
va ko‘ngilchan tengdosh qizlarni yoqtirishadi.
Jinsga mansublik va o‘yinchoq tanlash.
O‘yinchoqlar o‘yinning
tayanch materiali bo‘lib
xizmat qiladi, o‘yin sujetining rivojla-
nishiga yordam beradi va ularni tanlash bolalarning qaysi jinsga
mansubligiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Maxsus tajriba vaqtida bolalarga to‘rt xil to‘plamdagi
o‘yinchoqlardan ikkitasini erkin tanlash sharti taklif qilindi.
To‘rt patnisda quyidagi o‘yinchoqlar turi taklif qilindi:
mashi-
na, turli idish-tovoqlar, kubiklar, qo‘g‘irchoqlar. Boladan barcha
o‘yinchoqlarga nom berishni, ko‘proq yoqtirgan o‘yinchoqlar joy-
lashgan ikki patnisni olishni va bu o‘yinchoqlarni o‘ynash so‘raldi.
Ularning barcha harakatlari yozib borildi. Oqibatda o‘g‘il va qiz
bolalarda to‘rt yoshdan boshlab, o‘yinchoq tanlashda farq yuza-
ga kelishi aniqlandi. Mashina, kubiklar asosan o‘g‘il bolalar to-
monidan, qo‘g‘irchoq va turli idishlar qizlar tomonidan tanlani-
shi ma’lum bo‘ldi.
Maktabgacha davr oxiriga kelib bola jinsga mansublik abadiy
ekanligini tushunadi va shunga qarab o‘z xulqini shakllantiradi.
Bu vaqtda bolalarda boshqa jinsdagilarga nisbatan o‘ziga xos mu-
nosabat yuzaga keladi. Bunday munosabatlar har bir bolada o‘ziga
xos ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, o‘g‘il bola tengdosh qizni yoki
kattaroq yoshdagi chiroyli qizni ko‘rganda, xursand bo‘lishi, mu-
nosabatga intilishi mumkin. Kattalar bolaning his-tuyg‘ulariga
hurmat bilan qarashlari lozim. Bunday instinktlar kichik yosh-
dayoq ko‘zga tashlanadi. Chiroyli qizlarni sochidan tortish, o‘ziga
389
yoqqan qizni himoya qilish,
avaylash, mehr ko‘rsatish kabilar
tabiiy ravishda shakllanib boradi. Kattalarning «Guruhingda eng
chiroyli qiz kim?» kabi savollari ham bunga turtki bo‘ladi. Le-
kin bolaning qiziquvchanligini kuchaytirib yuborish ham to‘g‘ri
emas, aksincha, uning e’tiborini boshqa narsaga, uning tuyg‘ulari
va xayolini yangi kuch bilan o‘ziga jalb qila oladigan narsaga qa-
ratish lozim.
Yosh
bolalarga xos qiziquvchanlik, yoqtirish maylini katta-
larning sevgi, uylanish va bolalik bo‘lish
haqidagi tushuncha-
laridan ajrata olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: