Maktabgacha yoshdagi


Bolani jinsiy identifikatsiyasida kattalarning tutgan o‘rni



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bolani jinsiy identifikatsiyasida kattalarning tutgan o‘rni. 
Bolani o‘z mohiyatini tushunishida uning kattalar bilan aloqasi 
katta ahamiyatga ega. Bu aloqa unda buyumlar dunyosiga, barcha 
tirik mavjudodlarga, odamlarga va o‘ziga bo‘lgan ma’lum muno-
sabatga qaratiladi. Kattalar bola uchun o‘zi haqidagi ma’lumot 
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolaga o‘zini qaysi jinsga man-
subligini aniqlashda ham yordam beradilar.
Ilk yoshning oxirlarida bola o‘z jinsini tushunadi, lekin hali 
«o‘g‘il» yoki «qiz bola» so‘zlari qanday ma’noga ega ekanligini 
bilmaydi. Kattalar ongli yoki ongsiz ravishda, bolaga hamma 
qabul qilgan andaza tarzida o‘g‘il yoki qiz bola nima ekan-
ligini tushuntiradilar. O‘g‘il bolalarga jahlni ko‘proq namoyon 
qi lishga ruxsat beradilar, faollikni va tashabbuskorlikni qo‘llab-
quvvatlaydilar, qiz bolalardan samimiylik, emotsionallik va 
ta’sirchanlikni kutadilar. Bolada o‘z jinsining ahamiyati haqi-
dagi tushuncha asosan oilada hosil qilinadi. Har bir ota-ona o‘z 
jinsining xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ma-
salan, samimiylik, ta’sirchanlik va emotsionallik ayollarga xos 


387
fazilat; jasurlik, qat’iyatlilik, dadillik erkaklar ega bo‘lgan fa-
zilatlardir.
Xalqlar madaniyatida bola tarbiyalashda qo‘llaniladigan mus-
tahkam qoliplar mavjud. Kichkina bolaga: «Yig‘lama. Qiz bola-
mas, o‘g‘il bolasan» deyishadi. Shundan keyin bola ko‘z yosh 
to‘kmaslikni o‘rganadi. Qizlarga: «Urishma, devor, daraxtlarga 
chiqma. Sen qiz bolasan» deb o‘rgatishadi. O‘yinqaroq qiz o‘zini 
tiyishiga to‘g‘ri keladi, nima qilsa ham qiz bolada! Jinsga qarab 
xulq-atvor qoidalarini belgilash shundan boshlanadi.
Bevosita erkak va ayollar xulq-atvorini kuzatish orqali, va 
shuningdek, san’at orqali bola psixologiyasiga ayol va erkakning 
yurish-turish tarzi singib boradi. Birinchi navbatda bola ayol va 
erkaklarning kiyimida va o‘zini tutishida tashqi farqni aniqlaydi. 
Insonning shaxsiy xususiyatlarini bola ba’zida ma’lum jins xisla-
ti deb qabul qiladi. Masalan, kuzatishlarda besh yoshli o‘g‘il bo-
la tanish bo‘lgan yosh erkak kishiga taqlid qila boshlaydi, bola-
ning bunga g‘oyatda berilganini ko‘rgan erkak kishi hazillashib: 
«Haqiqiy erkak, mana bunday qilishi kerak» deb chaqqonlik bilan 
va ko‘z zo‘rg‘a ilg‘aydigan harakat bilan boshini orqaga tashlay-
di. Haqiqiy erkakni bunday fazilatidan hayratlangan bola boshini 
uzluksiz orqaga tashlaydigan bo‘ladi.
Bola barcha narsaga taqlid qiladi: atrofdagilarga foyda keltira-
digan axloq qoidalari turlariga, kattalar uchun andaza bo‘lib qol-
gan ijtimoiy zararli odatlarga (so‘kishlar, chekish va boshqalar). 
Bola hali bu «botirlik ramzlaridan» amalda foydalanmasada, ular-
ni o‘yin mundarijasiga kiritadi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish