74
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
1.
Quyish mashinasi
2.
Silindr
3.
SHnek
4.
Plastikatsiya mexanizmi
5.
SHakl berish mexanizmi
6.
Inteksiya
7.
Intruziya
8.
Quyish kanali
9.
Qoldiq bosim
10.
Antiadgeziv
11.
Quyish sikli
12.
Asosiy texnologik parametrlar
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1.
Termoplastik va termoreaktiv materiallarni bosim ostida quyish usuli bilan buyum olishda
ularga qanday talablar qo‘yiladi?
2.
Bosim ostida quyish jarayonlarida termoplast va termoreaktivlarda
qanday fizik-kimyoviy
protsesslar sodir bo‘ladi?
3.
Bosim ostida quyish texnologik prametrlari buyum sifatiga qanday ta’sir etadi?
4.
Bosim ostida quyin uchun PTR qanchani tashkil qilishi kerak, bu ko‘rsatkichni
ekstruziyalash usuli bilan taqqoslang?
5.
«Qolipdagi bosim-vaqt» quyish diagrammasini tahlil qilib bering?
FOYDALANISH UCHUN ADABIYOTLAR
Asosiy adabiyotlar
1.
«Osnov
ы texnologii pererabotki plastmass» pod red. V.N.Kuleznyova i V.K.Guseva,
Moskva, «Ximiya», 1995 g. s.362-400
Qo‘shimcha adabiyotlar
2.
G.A.SHvetsov i dr. «Texnologiya pererabotki plastmass», Moskva, «Ximiya», 1988 g. s.
172-227
75
8-MA’RUZA
PRESSLASH
Buyum olish uchun polimer materiallar quyidagi holatda bo‘lishi mumkin: kukun, granul, tabletka, pasta va boshqa shakllarda. Bunaqangi
materiallarga buyum shaklini berish uchun unga tashqi bosim ta’sir qilishi kerak, bu orqali material buyum shaklini oladi va zichlanadi.
Kompression presslashni operatsiyalar bo‘yicha sxemasi
a – press materialini solish; b – qolipni yopish; v – qolipni ochish va buyumni olish. 1 – itargich; 2 –
press-material; 3 – puanson; 4 – matritsa; 5 – buyum.
Presslash - texnologik jarayondir. Bu usul orqali polimer
materiallardan buyum ishlab
chiqariladi. Bu usulda bosim ta’sirida material plastik deformatsiyaga uchrab,
qolip formasini
egallaydi. Agar shakllantirilayotgan material isitmasdan turib plastik deformatsiyaga qobiliyatli
76
bo‘lsa, unda jarayon sovuq
formada olib boriladi va u
sovuq presslash
deyiladi.
Issiq qolipda
shakllash
issiq presslash
deb ataladi.
Bu usul, agar shakllash uchun presslanayotgan material qovushqoqligini kamaytirish lozim
bo‘lsa yoki shakllash vaqtida choklanish reaksiyasi ketishi uchun unga yuqori harorat ta’sir
etish
kerak bo‘lsa qo‘llaniladi. Bu keltirilgan jarayon bosim ostida ketadi. Issiq presslash uskunalarga,
moslamalarga qarab ular: kompression (to‘g'ri) yoki quyish (transfern
ыy) presslash deyiladi.
SHunday qilib, termoreaktiv polimer
materiallardan buyum olish, materialning plastik
deformatsiyalanishiga asoslangan bo‘lib, bu deformatsiya bosim va haroratning bir paytda ta’sir
etilishida amalga oshiriladi. SHu bilan bir paytda shakllanish turg'unligi bog'lovchini kimyoviy
reaksiyasini choklanish tufayli vujudga keladi (uch o‘lchamli struktura hosil bo‘ladi).
Presslash ko‘proq fenol-formaldegidlari,
melamin formaldegidlari, epoksid, tuyinmagan
poliefir smolalari asosida tayyorlangan kompozitsiyadan buyum olishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: