Mavzu:QOG'OZDAN BUKLASH YO'LI BILAN O'YINCHOQ YASASH. («ORIGAMI» USULI).
Reja:
1. QOG`OZ VA TURLI MATERIALLARDAN ARCHA BEZAKLARINI YASASH
2.QOG'OZ VA BOSHQA MATERIALLARDAN ESDALIK SOVG'ALARINI TAYYORLASH.
Origami deyilganda odatda qog'ozlarni buklab turli buyum va o'yinchoqlarni yasash tushuniladi.
Origami san'at sifatida ilk marotaba IX-XII asrlarda Yaponiyada paydo bo'lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, bu san'at Yevropa mamlakatlariga ham tarqalib, rivoj topa boshladi. Har qanday buyumlarni yasashning izchil tizimiga ega chizma suratlar sifatida tasvirlash urfga kirdi.
Zero, rasmlarga qarab qog'oz buklamlaridan turli buyum o'yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib maktabning boshlang'ich sinfi o'quvchilarining ham tasvvur doirasini kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o'stirishi shubhasizdir. Bugungi kunga kelib, origami alohida amaliy san'at turi sifatida butun dunyoda keng ommalashgan.
QOG`OZ VA TURLI MATERIALLARDAN ARCHA BEZAKLARINI YASASH.
Talabalar Yangi yil bayrami haqidagi ko'pgina ertaklar, multfilmlar, she'rlar, hikoyalarni yaxshi bilishadi.
Bu bayramda archani chiroyli bezash va Qorbobo, Qorqiz mehmon bo'lib kelishi bolalarni quvontiradi. Archani chiroyli bezatishda bolalarning o'zlari archa bezaklari va o'yinchoqlarini yasay bilishlari kerak. Qog'ozdan qor parchalari, birlyandalar, osma o'yinchoqlar, yelimsiz archa o`yinchoqlari, chiroqlar yasaladi. Bu o'yinchoqlarni yasash uchun quyidagi: rangli qog'oz, yelim qaychi, har xil pechenye, konfetlarning zar qog'ozlari, turli xil gul qog`ozJar, kalka ishlatiladi. Qor parchalarni yasash uchun zar yoki oq qog`ozdan kvadrat hosil qilib olamiz va uni 6—8 qirrali qilib buklab chiqamiz.

Hosil bo'lgan uchburchak shaklga naqsh elementini chizib, qirqib chiqiladi. So'ngra qog'ozni ochib, tekis holatga keltiriladi. Qor parchasi tayyor bo'ldi. Zanjirlarni tayyorlash uchun 5-6 xil rangli qog'ozdan ingichka tasmalar qirqiladi, Qalinligi 2 sm, uzunligi esa 8 sm qilib olinadi va ular ketma-ket bir- birining orasidan o'tkazib yelimlanadi. Zanjirning ikkinchi ko'rinishi yelimsiz bajariladi. Bunda qog'oz hajmi kattaroq olinadi va undan har xil shakllar qirqiladi. Bir-biriga kiygizib chiqiladi. Osma o'yinchoqlar yasash uchun har xil chiroyli o'yinchoqlar tanlanadi va ularning shakli qog'ozga tushiriladi. Shakllar qirqib olinadi va yelimlashdan oldin ular orasidan ip yoki sim o'tkaziladi, shu tariqa chiroq va birlyandalar yasaladi.
QOG'OZ VA BOSHQA MATERIALLARDAN ESDALIK SOVG'ALARINI TAYYORLASH. Bolalar qo'li bilan yasaladigan har qanday o'yinchoq esdalik sovg'asiga aylanishi mumkin. Buning uchun kerakli materiallar tayyorlasa bo'ladi. Masalan: qog'ozdan tabriknoma, taklifnoma, gilamcha kabi narsalarni, gazlamadan kashta tikish, savatcha tayyoriash, igna tutgich tikish, charmdan xaltachalar yasash, ko'zoynak uchun g'ilof tikish, bo'sh qutilardan chiroyli sandiqchalar yasash mumkin. Bunda qo`l ostimizda barcha ish qurollari bo'lishi lozim. Yasalgan o'yinchoq sovg'alarni chiroyli qilib bezatish talab etiladi.
Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |