Тошкент кимё – технология институти



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/65
Sana04.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#481961
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi

7-MA’RUZA 
 
BOSIM OSTIDA QUYISH TEXNOLOGIYASI 
 
Bosim ostida quyish usulidan asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olishda 
foydalaniladi. Bu usul bilan buyum olishda avvalo polimerni harorat ta’sirida qovushqoq-oquvchan 
holga keltirib uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi, so‘ngra esa qolipda buyum shakllanadi (qolipni 
ichki bo‘shlig'ini to‘ldirish hisobiga) va sovitish tufayli qotadi.
Bu usul bilan og'irligi bir necha grammdan tortib bir necha qilogrammgacha bo‘lgan, devor 
qalinligi 1-20 mm bo‘lgan buyum olish mumkin. 
Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashgan shnekli quyish mashinalari orqali amalga 
oshiriladi. Quyish mashinalariga har xil konstruksiyaga ega bo‘lgan maxsus quyish qoliplari 
o‘rnatiladi.
Quyish mashinasining silindriga (rasmga karang) bunkerdan donachalar holidagi (granula) 
polimer tushadi. Silindr doim isitib turilganligi uchun polimer avval yumshab, so‘ngra qovushqoq-
oquvchan suyuqlikka aylanadi. SHneklar yordamida bosim tufayli soplodan (konussimon naycha) 
o‘tib, sovitilib turadigan qolipga keladi. Qolip ichidagi bo‘shliqni to‘ldirib polimer tezda qotadi va 
shnek orqaga qaytishi bilan qolip ochilib avtomatik ravishda buyum undan chiqib ketadi. SHundan 
so‘ng bosim ostida quyish sikli yana qaytadan boshlanadi. Demak, bosim ostida quyish usulini 
uzlukli jarayon deb hisoblash mumkin. Bu usul unumli va yuqori natija berishi bilan xarakterlanadi, 
chunki materiallarning qizdirilishi shakldan-qolipdan tashqari bo‘ladi, quyilgan mahsulot eng yuqori, 
aniq o‘lchamlarda olinadi.
Bu usul bilan olingan buyumlar qo‘shimcha ishlov berishni talab qilmaydi. Qolipdagi kataklar 
soniga qarab (bir yoki ko‘p uyali qoliplar) bir vaqtning o‘zida bir qancha buyum quyilishi mumkin. 
SHuning uchun ham quyish mashinalari ish unumdorligi juda yuqori bo‘ladi. 
Bosim ostida quyish mashinasi (termoplast avtomat deb ham ataladi) asosan ikki kismdan 
iborat:
1) 
plastikatsiya mexanizmi; 


67 
2) 
shakl berish mexanizmi; 
Birinchi qism materiallarni dozirovkasi uchun ikkinchi qism esa quyilish shaklini barpo qilish 
uchun xizmat qiladi. 
Quyish mashinasini asosiy klassifikatsiya parametrlariga quvvati yoki hajm yuborilishi
kiradi; bitta quyilmaga ketadigan material [sm
3
] birligida belgilanadi. 
Eng ko‘p tarqalgan termoplastlarda mexanizmlar o‘qi, material yuborish va qoliplar gorizontal 
holatda joylashgan. 
Texnologik jarayonning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: 
- suyuqlanmani harorati (T
r
); 
- qolip harorati (T
f
); 
- quyish bosimi (R
l
); 
- qolipdagi bosim (R
f
); 
- buyumni shakllanishida bosim ostida ushlab turish vaqti (T
vo‘d
), sovitish vaqti (T
oxl
) yoki 
termoreaktiv materiallarni qolipda qotish vaqti (T
otv
); 
Bosim ostida quyish jarayonining analiz qilish uchun quyidagilarni o‘rganish lozim:
- polimerni oquvchan holatga o‘tishi 

uni me’yorlash zonasiga uzatish 

suyuqlanmaning yig'ilishi 

suyuqlanmaning "soplo-forma" sistemasida oqishi 

suyuqlanmani shakllovchi va shakl bo‘shlig'i 
kanallari orqali oqishi 

buyum strukturasining shakllanishi. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish