Eshik lukidonlarining spesifikasiyasi.
Sterjenni tutib turadigan qoplagichlar shakldor bo’lishi, sterjenni zich ushlab
turishi va quloqlari bilan asosga mahkam o’rnatilishi kerak. Asosiy kuch
yuqoridagi qoplagichga tushishini nazarda tutib, uning enini ostki qoplagichga
nisbatan kengroq va qolgan o’lchamlarini bir xil qilish lozim (60-rasm). Ostki
cheklagichning konstruksiyasini tokchasining eni 15 mm, uzunligi asosining
kengligiga baravar odatdagi 90° li burchaklik sifatida tasavvur qilish mumkin (61-
rasm).
Sterjenning qotirgichi ham tokchasining o’lchami taxminan 15 mm
burchakdan iborat bo’lib, yuqoridagi tokcha 3 mm bukilishi lozim (62-rasm).
Bunda qotirgichning uzunligi sterjenning surilishiga monelik qilmasligi kerak.
61 – Ostki cheklagich.
62 – rasm Sterjen qotirgich
v
– rasm Eshik lo`kidoning sterjeni.
59 – rasm Eshik lo`kidoning asosi.
60 – rasm Qoplagichlar a – yuqoridagi, b - pastki.
60
Eshik lo’kidonidagi hamma detallarning konstruksiyalari ishlab chiqilgach,
ularning asosdagi o’rinlarini hamda o’rnatilish yo’llarini topish lozim. Bunda
sterjenning yuqoriga va pastga bemalol harakatlanishidan tashqari, kerakli
holatlarda to’g’ri qotirilishini ham hisobga olish shart.
3.4.
PAYVANDLASH ISHLARI TEXNOLOGIYASI.
Payvand birikmalar
—metall qismlarni payvandlash yo’li bilan hosil
qilinadigan birikmalar. Uchma-uch (63-rasm, a). tavrli (63-rasm, b), ustma-ust
(63rasm, v), burchakli (63-rasm, g), tiqinli (63-rasm, d), o’nma (63-rasm,e) xillari
bor.
Payvand
birikmalarning asosiy qismi
payvand chok hisoblanadi.
Chok kesimiga metall
to’ldirish darajasiga qarab,
normal (64-
rasm,a),
qabariq (64-rasm,b) va
botiq (64-rasm,v) xillarga
bo’linadi.
Payvand
birikmalar choklari uzluksiz
(64-rasm,g) va uzlukli (64-
rasm,d) bo’ladi. Payvand
birikmalar
mustahkamligi
asosan panvand chokning
sifati bilan aniqlanadi.
Payvand birikmalar
mashinasozlik, qurilish, avtomobil sanoati va texnikaning boshqa sohalarida
qo’llaniladi.
Payvand trubalar
, payvand chokli trubalar — po’lat list yoki lentani truba
shaklida bukib uchma-uch va ustma-ust payvandlash yo’li bilan tayyorlaiadngan
trubalar.
Elektr payvand, gaz payvand va pech payvand usullari bilan tayyorlanadi.
Elektr payvandning qarshilikli va yoyli xillari bor. Gaz payvandda metall polosani
stanokda truba shaklida bukib, asetilen-kislorod gorelkasida qizdiriladi.
Pech payvandda metall polosani pechda qizdirib, truba shakliga keltiruvchi
mahsus voronkadan tortib o’tkaziladi (65-rasm). payvand trubalar, asosan,
gazoprovodlar uchun ishlatiladi.
Payvandlash
(texnikada)—qattiq
materiallar (metallar, shisha, plastmassa va
boshqa) ni ajralmas qilib biriktirish usuli.
Metallarni payvaidlash qadimdai ma’lum. 1882-
yilgacha bosim vaqtida payvandlashning
temirchilik usulidan foydalapilgan. 1882—84
yillarda rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi
marta metallarni ko’mir elektroddan foydalanib payvandlash (elektr yoy) usulini
63 – rasm Payvand birikmarning
turlari
61
topgan. 1888—90 yillarda rus iijeneri N. G. Slavyanov buni takomillashtirib,
ko’mir elektrod o’rniga metall elektrod ishlatgan.
1895 yilda asetilen topilgandan keyin E. Fushe gaz payvandlashni ixtiro qildi.
Ma’lumki, o’tkazgichlardan elektr toki o’tganda kontaktlar qiziydi. Shu hodisaga
asoslanib, amerikalik olim E. Tomson 1877 yilda qarshilikli uchma-uch
payvandlash, keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt payvandlash usulini
ixtiro qildi. 1894—1910 yillarda termit yordamida payvand usuli rivojlangan.
Bunda alyuminiy va temir oksididan iborat termit kukuni yoiib, ekzotermik
reaksiya yuz berishi hisobiga Kistrod P. sodir bo’ladi. O’sha yillari Gaz-press
payvandlash Uzoq Sharqdagi kemasozlik z-dida prof. V. P. sxemasi. Vologdin
elektr payvandlash usulida ko’priklar, shatakchi katerlar, fermalar va boshqalarni
payvandladi. 1924—25 yillarda prof. V. P. Nikitin boshchiligida birinchi
payvandlash mashinasi—SM-1 yaratildi. 1940 yilda Ukraina FA Elektr payvand
intida akad. E. O. Paton boshchiligida flyus ostida avtomatik elektr yoy
payvandlash usuli, keyinchalik B.E.Paton boshchiligida elektr shlakli payvandlash
usuli ishlab chiqildi. Bosim ostida payvandlashda metallni plastik holatga keltirib
biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashqi kuch ta’sir ettiriladi. Bunday
payvandlashning mexanik, kimyoviy-mexanik va elektro mexanik usullari bor.
Mexanik (sovuqlayin) payvandlashda metallning payvandlanadigan joyi tozalanadi
va mahsus shtamp yordamida bu joyga ancha katta siquvchi kuch ta’sir ettiriladi.
Doira yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi puanson bilan siqilganda metallda
plastik deformasiya hosil bo’ladi; metall zichlashadi va donachalari maydalashadi.
Alyuminiy va uning qotishmalari, mis, nikel, rux, alyuminiy-mis qotishmalaridan
tayyorlangan buyumlar shu usulda payvandlaiadi. Kimyoviy-mexanik usul
temirchilik, gaz-press va termit xillarga bo’linadi. Temirchilik usulida metallning
payvandlanadigan joyi yumshaguncha qizdirilib, bolgalanadi yoki press bilan
qisiladi.
Metall sirtida to’la payvandlanishga qarshilik ko’rsatadigan oksid qatlami
hosil bo’ladi. Uni yo’qotish uchun kukun yoki pasta ko’rinishi dagi flyusdan
foydalaniladi. Payvandlash vaqtida flyus erib, metall sirtini oksidlanishdan
saqlaydigan yupqa toshqol katlami qoplaydi. Po’lat pokovkalar va boshqa shu
usulda payvandlanadi. Gaz-press usulida biriktiriladigan metall qismlar uchma-uch
keltirilib, shu joy gaz gorelkasi alangasida qizdiriladi, so’ngra mahsus moslama
bilan siqiladi. Odatda, yoqilg’i sifatida asetilen ishlatiladi. Bu usul bilan po’lat,
latun, mis, alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangai buyumlar payvandlanadi.
Termit usulda metall termitda kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida qizib
birikadi. Bunday payvandlash bir necha sekundgina davom etadi. Elektromexanik
(kontakt) payvandlashda metall elektr toki bilan qizdiriladi va mexanik kuch
ta’sirida siqiladi. U nuqtaviy rolikli va impuleli xillarga bo’linadi. Elektromexanik
payvandlashda xavodagi kislorodiing ta’sir davri juda qisqaligidan oksid qatlami
hosil bo’lmaydi, shuning uchun bu usulda flyus ishlatilmaydi. Eritib
payvandlashda biror issiqlik manbai ta’sirida buyumning payvandlanadigan joylari
va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuslanish holatiga keltiriladi. Bu usulning
kimyoviy, elektr-kimyoviy va elektr ey usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit
xillarga bo’linadi. Payvandlash vaqtida sodir bo’ladigan oksidlanish reaksiyasi
62
chok metallariiing tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy
tarkibi o’zgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning
uchun payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali
aralashmalarni kuyishdan, uiga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand
birikmalar hosil qilishiing yangi metod va rejimlari izlanmokda. Masalan, gaz
payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularii
atrofdagi muhit ta’siridan saqlaydigan turli flyuslar yoki mahsus qoplamalardan va
gaz himoya usullaridan foydalaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan
sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi. Elektr
kimyoviy usulda payvandlash zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan
yoy) vodorod bilan, ba’zan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot
va vodorod aralashmasi bilan o’raladi; natijada eritib yopishtiriladigan metall
atrofdagi muhitning kimyoviy ta’siridan saqlanadi. So’nggi vaqtlarda payvandlash
zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng
qo’llanilmoqda. Elektr ey bilan payvandlashda buyumlarning payvandlanadigan
ishlari elektr yoyi bilan eritib biriktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va
erimaydigan elektrodli xillarga bo’linadi. Bunday payvandlash qo’lda va avtomatik
tarzda bajariladi. Eruvchan elektrod bilan payvandlashda buyum sirtida suyuq
metall «vanna»si hosil bo’ladi. Elektrod metali elektr yoyida erib, vanna 2 ga
tomchilab turadi. Bunda elektrod metali buyumning suyuqlangan metaliga
aralashadi. Vanna qotib, chok hosil bo’ladi. Elektr ey bilanochiq yoy hosil qilib
payvandlashda ishlatiladigan elektrod diametri 0,8—12 mm li dumaloq metall
chiviqdan iborat. Uning sirtiga mahsus qoplama qoplangan.
Bu qoplama chiviq bilan birga erib, suyuq metall (vanna) sirtini yupqa qatlam
bilan qoplaydi. Elektr yoy bilan berk yoy hosil qilib payvandlashda yalang’och
elektroddan foydalaniladi. Bunda payvandlash sochiluvchan flyus katlami ostida
bajarilib yoy ko’zga ko’rinmaydi. Erimaydigan elektrod bilan payvandlashda
ko’mir elektrod ishlatiladi. Suyuq metall «vanna»si flyus, yoy zonasiga neytral gaz
(argon, geliy) yoki aktiv gaz (karbonat angidrid, vodorod) yuborpsh yo’li bilan
havo ta’siridan saqlanadi. Elektr yoy usuli metall va ularning qotishmalari, shisha,
chinni, ba’zi plastmassalar, turli minerallar va boshqalarni biriktirishda
qo’llaniladi. Bulardan tashqari, yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida
payvandlash usullari kashf qilingan. Suv ostida payvandlash (masalan,
kemalarning tagini remont qilish), kosmosda payvandlash (masalan, kosmik
stansiyalarni kosmosda montaj qilish) usullari takomillashtirilmoqda. 1969 yil 11
oktyabrda uchirilgan «Soyuz-6» kosmik kemasida (kema komandiri G. S.
Do'stlaringiz bilan baham: |