63
Egovlashdan so’ng shaberlash ishlari bajarilib sirtlarning tozaligi va aniqligi
ta’minlanadi.
Shaberlanadigan sirtlarda ortiqcha g’adir-budurliklar, tirnalgan dag’al egov
izlari bo’lmasligi kerak.
Shaberlash ishlarini bajarish uchun:
Sirtlar shabsrlashga tayyorlanadi. Buning
uchun sirtlar lineyka bilan
tekshirilib, undagi notekisliklar mayin egov yordamida kesishtirish usuli bilan
egovlanib yo’qotiladi.
Shaberlar charxlanib, qirovi to’kilib o’tkirlanadi (66- rasm). Buning uchun:
a)
tirgakni charx toshiga nisbatan to’g’ri o’rnatib, himoya ekrani
tushiriladi;
b)
shaberni 66-rasm, a da
ko’rsatilganidek tutib, ikala yog’ini
tig’dan 20—30 mm uzunlikda o’zaro
parallel qilib charxlanadi;v) charxlangan
shaberni66-rasm, b da ko’rsatilganidek
qum qayroqda qayrab, qirovi to’kiladi.
Tekshirish plitasi tozalanib, tampon
bilan uning sirtiga bir tekis qilib
yupqa
bo’yoq surtiladi (67-rasm).
Shaberlanadigan sirtlar tekshirish
plitasi ustiga qo’yilib, turli yo’nalishda
suriladi. Buning natijasida sirtda bo’yoq
dog’lari hosil bo’lib, sirtning
shaberlanadigan qismi aniqlanadi (68-rasm).
Agar sirt yoppasiga bo’yoq pardasi bilan qoplansa, sirtning do’ngliklari qayta
aniqlanadi. Buning uchun:
a)
sirt bo’yoqdan tozalanadi;
a
b
66 - rasm
67 – rasm Tekshirish
plitasi ustiga
bo`yoq surtish
68 – rasm Sirtdagi do`ngliklarni
aniqlash
64
b)
tekshirish plitasi ustidagi ortiqcha bo’yoq artib tashlanadi;
v)
qayta tekshirish o’tkaziladi.
5.
Aniqlangan
do’ngliklar
quyidagicha shaberlanadi:
a)
detal tiskiga,
qo’shimcha jag’lar orasiga olib
o’rnatiladi;
b)
tiskiga nisbatai to’g’ri
ish vaziyatini egallab, shaberni
qo’lga olinadi;
v)
shaberni sirtga
nisbatan 30—40° burchak ostida
tutib (69-rasm, a) shaberlash
davom ettiriladi. Sirtning
faqat
bo’yoq qoplangan
qismigina
shaberlanadi;
g)
har bir qatlamni
qirishdan so’ng sirt artib tozalana-
di va uning tekisligi takror
tekshiriladi;
d)
takroriy shaberlashda
shaber oldingi yo’nalishga tik
tortiladi.
6. Shaberlangan sirtning
tekisligi tekshiriladi (69-rasm, b). Buning uchun sirtning
har er-har eriga tekshirish
ramkasini o’rnatib, uning ichidagi dog’lar soni hisoblanadi. Agar har qaysi
tekshirishdagi dog’lar soni bir-biriga yaqin bo’lsa, sirtning tekisligi ta’minlangan
bo’ladi.
2.
O’zaro parallel yassi sirtlar ni shaberlash mashqi.
1. Sirtlar shaberlashga tayyorlanadi.
2. Birinchi sirt shaberlanib, uning tekisligi va tozaligi ga’minlangach, unga
parallel bo’lgan ikkinchi sirt shaberlanadi. Buning uchun:
a)sirtlarning o’zaro parallelligi shtangensirkul bilan tekshiriladi;
b)talab etilishiga qarab ikkinchi sirt shaberlashga tayyorlanadi;
v)ikkinchi sirtning do’ngliklari aniqlanib, shaberlalanadi;
g)birinchi sirtni tekshirish plitasiga qaratib
joylashtiriladi;
d)tekshirish plitasi ustiga indikatorni o’rnatib, uning sterjenini tekshiriluvchi
(ikkinchi) sirtga tekkizib, sifer blatning noli strelkaga to’g’rilanadi;
e)detalni tekshirish plitasi ustida turli yo’nalishda surib, strelkaning og’ishiga
qarab do’ngliklar aniqlanadi va bo’r bilan belgilanadi (70-rasm)
j)do’ngliklar qayta shaberlanib, sirtning tekisligi plita yordamida o’zaro
parallelligi indikator bilan tekshirilib, talab etilgan aniqlikdagi sirtlar hosil
bo’lgunga qadar shaberlash davom ettiriladi.
a
b
69 – rasm Shaberlash. a – shaberni sirtga
tutish, b – shaberlangan
sirtning sifatini
tekshirish.
65
3.
O’zaro to’g’ri burchak ostida joylashgan yassi sirtlarni shaberlash
mashqi .
1. Baza yuza talab etilishiga qarab egovlab tekislanadi, do’ngliklari aniqlanib,
talab etilgan darajada shaberlanadi.
2. Ishlanuvchi sirtning baza yuzaga nisbatan to’g’ri burchakliligi go’niya
yordamida tekshirilib, talab etilishiga qarab egovlanib shaberlashga tayyorlanadi.
3. Ishlanuvchi sirtdagi do’ngliklarpi aniqlash uchuy tekshirish plitasi ustiga
kontrol go’niya o’rnatiladi Baza yuzani tekshirish plitasiga joylashtirib
tekshiriluvchi sirtni kontrol go’niyaga ohista tekkiziladi (kontrol go’niyaga bo’yoq
surtilgan bo’ladi). Detal tekshirish plitasi ustida kontrol go’niya bo’ylab suriladi
(71-rasm). Aniqlangan do’ngliklar shaberlanib, sirtning
silliqligi va baza yuzaga
nisbatan go’niyaliligi ta’minlanadi. Shaberlash talab etilgan darajagacha davom
ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: