317
3) asosiy biznes yo’nalishlari bo’yicha kompenentlikni kengaytirish va
rivojlantirishga harakat qilish; 4) maqsadli bozor sigmentini kengaytirish
hisobiga tadbirkorlik tavakkalchiligini pasaytirishga harakat qilish. Agar
kompaniya bir-necha xorijiy mamlakatlarning bozorlarida faoliyat
yuritayotgan bo’lsa,
u xalqaro yoki multimilliy, agar barcha
mamlakatlarning bozorlarida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishiga
harakat qilayotgan bo’lsa, u global tashkilot deb ataladi.
Xorijiy mamlakatlarning bozorlarida faoliyat
yuritish strategiyasi
o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bozorlarning ichki vaziyatiga madaniy,
demografik va boshqa shu kabi jihatlar bilan mos kelishi lozim. Chunki
har bir mamlakatning ichki bozorlari o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Xorijiy bozorlarda raqobatlashadigan kompaniya,
odatda strategiyaning
quyidagi ikki variantidan birini tanlaydi ya’ni, tovar va xizmatlarni
mahalliy xaridorlar xulqiga moslashtirish yoki ularga standart tovarlarni
taklif qilish. Tovarni moslashtirish ishlab-chiqarish xarajatlarini oshiradi.
Chunki u tovar ishlab-chiqarish kompaniyalari sonini va omborxonalarda
materiallar zahirasini hamda marketing xarajatlari hajmini oshirishni
talab qiladi. Standart tovarlar masshtab ko’lamidan va o’qish-
o’zlashtirish samarasidan foydalanish asosida past xarajatlar bo’yicha
raqobat ustunligini ta’minlaydi. Kompaniya
tovarni jozibadorligini
oshirish va moslashtirish bilan past xarajatlar bo’yicha ustunlikga
erishish yo’nalishida bir qarorga kelishi lozim.
Agar bir mamlakat bozoridagi raqobat boshqa mamlakatlarning
bozoridagi raqobat darajasiga ta’sir qilmasa, bu
multimilliy raqobat deb
ataladi. Bunda kompaniyada xalqaro bozor ishtirokchisi emas. Unda
faqat bir necha muxtor milliy bozorlar mavjud xolos. Agar bir necha
mamlakatlarning bozorlaridagi raqobatlar o’zaro chambarchas bog’liq
bo’lsa, unda global raqobat muhiti mavjud bo’ladi. Multimilliy strategiya
bozor tarmoqlariga moslashtirilgan bo’ladi. Global strategiya esa global
bozorlar uchun yaratiladi. Jahon bozorida
bir necha raqobatchilik
yondashuvlaridan foydalanish mumkin: ishlab-chiqarish quvvatlarini bir
mamlakatda joylashtirish va ishlab-chiqarilgan tovarlarni boshqa
mamlakatlarga eksport qilish; mahalliy
kompaniyalarga nau-xaudan
318
foydalanish lisenziyasini sotish; franchayzing, alyanslar tuzish va boshqa
shu kabilar.
Global bozorlarda raqobat ustunligiga erishishning uchta yo’nalishi
mavjud. Birinchi yo’nalish tovar ishlab-chiqarish ketma-ketligida band
bo’lgan kompaniyalarni xarajatlarini pasaytirish va differensiyaning
muqobil darajasiga erishish maqsadida ishlab-chiqarish bo’g’inlarini turli
mamlakatlarda joylashtirishni nazarda tutadi. Ikkinchi yo’nalish
raqobatbardosh kompetentlikni va imkoniyatlarni kompaniya joylashgan
mamlakat
hududidan
chetga
chiqarib,
xorijiy
mamlakatlarda
joylashtirishni nazarda tutadi. Uchinchi yo’nalish
multimilliy va global
kompaniyalar o’zlarining raqobat ustunligi mavjud bo’lgan faoliyatlarini
rivojlantirishiga va kengaytirishiga, faqat ichki bozorlarda faoliyat
ko’rsatadigan mahalliy kompaniyalar qo’llay
olmaydigan usullardan
foydalanishiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: