Глава 13. Реализация стратегии: культура и лидерство ………..
13.1.
Формирование культуры, благоприятствующей стратегии
13.1.1.
Источник культуры компании …………….....
13.1.2.
Значение культуры ……………
13.1.3.
Прочные и слабые культурные традиции ………………….
13.1.4.
Неэффективные или нездоровые культуры ………………….
13.1.5.
Адаптивные культуры…………………...
13.1.6.
Обеспечения соответствия стратегии и культуры …………....
13.1.7.
Формирование этических норм и ценностей
13.1.8.
Ориентация культуры на высокие результаты …....
13.2.
Стратегическое лидерство
13.2.1.
Управление путем обхода (УПО)
13.2.2.
Формирование климата и культуры, благоприятствующих
стратегии
13.2.3.
Поддержание в организации способности реагировать и вводит
новшество
13.2.4.
Отношение к политике компании
13.2.5.
Требование этичного поведения
13.2.6.
Руководство процессом корректировки ………………….
Ключевые термины……………………………………………………
Тесты ………………………………………………………………
Рекомендуемая литература ……………………………………………
14
KIRISH
Hozirgi paytda “strategiya”, “strategik rejalashtirish”, “strategik
menejment” kabi tushunchalar keng tarqalmoqda. Ushbu tushunchalarni
tadqiqotlaydigan o’quv-uslubiy adabiyotlar oqimi ham ko’payib
bormoqda. Chunki ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni strategik menejment
nuqtai-nazaridan tahlil etish davr talabiga aylanib bormoqda. Strategik
menejment keyingi o’n yillarda rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy
fanlarning umum e’tirof etilgan yo’nalishlaridan biriga aylandi. Shu
bilan birgalikda bizning mamlakatimizda strategik menejment fan
sifatida ham, korxonalarni amalda samarali boshqarish vositasi sifatida
ham endigina shakllanib kelmoqda. Shu sababli ko’pchilik fanlarning
shakllanish davriga xos bo’lgan nuqsonlar: shakllanib ulgurmagan
atamalar, nazariy bilimlarni yoritishdagi noaniqliklar, ushbu sohada
faoliyat ko’rsatayotgan olimlarning va amaliyotchilarni fikrlarining
tarqoqligi ushbu fanga ham tegishlidir. Ayniqsa, strategik rejalashtirish
va boshqarish muammolarini o’rganib, tushunishga harakat qilayotganlar
yuqorida keltirilgan muammolarga duch kelmoqdalar. Strategik
menejment fanini tahlil etishga endi kirib kelayotgan mutaxassislarning
turli-tuman nuqtai-nazarlarini, yondashuvlarini va qo’llaniladigan
usullarini tushunish oson emas, taniqli g’arb olimlarining fundamental
asarlariga murojaat qilish esa, ko’p hollarda bir tomonlama bo’lib,
mahalliy sharoitlarni inobatga olmaydi, ba’zan asosiy g’oyalarning
mohiyati
ochilmay
qoladi.
Shu
sababli
strategik
menejment
muammolarini murakkab jihatlarini e’tiborga olgan holda, tizimli
tavsiflash dolzarb muammo hisoblanadi.
Ushbu darslikning barcha mavzularida yaqqol ko’zga tashlanib
turadigan g’oya – bu tashkilotni samarali boshqarish uchun uning
boshqaruv strategiyasini sifatli yaratish va sifatli tadbiq etishdan iborat.
Strategik menejment fanining asosiy maqsadi yaxshi tashkil etilgan
strategik boshqaruv asosida uzoq vaqt mobaynida tashkilotning samarali
faoliyatini ta’minlashdir.
Fanni o’rganish natijasida talaba strategiyani yaratuvchilarning
maqsad
va
vazifalarini,“strategiya”tushunchasining
mohiyatini,
15
kompaniyaning raqobatbardoshligi nuqtai-nazaridan a’lo strategiyani
yaratishning qiyinchiliklarini yengishni, strategik tahlil usullaridan
foydalanishni, turli-tuman strategik variantlarni hamda rejalarni farqini
bilib oladilar. Tanlangan strategiya darajasida muvoffiqiyatli boshqaruv
tizimida menejerning vazifasi nimalardan iborat ekanligini tushunib
oladilar.
Ushbu fanni o’zlashtirish jarayonida talabalarning oldin o’tilgan
fanlarni o’zlashtirishdan paydo bo’lgan bilim va ko’nikmalardan
foydalanish imkoniyati ham oshib boradi.Strategik menejment – bu keng
qamrovli fan. Bunda tashkilotni boshqarishning muhim jihatlari
to’g’risida ma’lumotlar beriladi. “Menejment” ta’lim yo’nalishida va
magistratura mutaxassisligida o’rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlarning
predmeti sifatida biznes unsurlari – buxgalteriya hisobi, moliya
marketing, xodimlarni boshqarish yoki axborot tizimlari o’rganilsa,
strategik menejment fanini o’rganishda esa, kompaniyalar yaxlitligicha
tahlil etiladi, boshqaruv vaziyatlari ham ichkaridan ham tashqaridan
o’rganiladi.
Birinchi va ikkinchi boblarda nima uchun kompaniya strategiyasi
menejerlarning
oldindan
o’ylangan
maqsadlarini
bajarishga
yo’naltirilganligi aniq tushuntiriladi, hamda raqobatchilar bosimining
o’zgarishiga qarshi javob reaksiyasining mohiyati ochib beriladi. Bundan
tashqari strategiyani yaratishda piramida konsepsiyasi va strategiyani
yaratish usullari keltirilgan. Iste’molchilarning talablarini qondirish va
kompaniyani raqobatbardoshligini nafaqat past xarajatlar bo’yicha,
balkim umumiy raqobat ustunligi bo’yicha ham afzalliklarga ega bo’lish
zaruriyati tushintiriladi.
Uchinchi bobda tarmoqdagiraqobat vaziyatli tahlil etiladi. Bunda
tarmoqning asosiy ko’rsatkichlari, raqobat xarakteri va raqobat kuchlari,
muhitning va biznesning raqobat tuzilmasini o’zgarish sabablari,
kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari va boshqa shu kabi savollar
muhokama etilgan.
To’rtinchi bob kompaniya vaziyatini tahlil etishga bag’ishlangan
bo’lib, unda mavjud strategiyaning samaradorligi, kompaniyaning kuchli
va kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va xavf-xatari, kompaniya
16
tovarlarining narxlari kompaniyaning raqobat mavqei va kompaniyaning
istiqbolda to’qnash kelishi mumkin bo’lgan muammolari tahlil etiladi.
Beshinchi bobda strategiya va raqobatbardoshlik mavzusiga tegishli
asosiy raqobatli strategiyalar, xarajatlarning biznes tuzilmasi va
boshqaruv omillarining xarajatlari diferensiyalash va individullashtirish
strategiyasi,
raqobatbardoshlikni
ta’minlash uchun hujumkorlik
strategiyasidan foydalanish, raqobatchining kuchli tomonlarini yengish
va kuchsiz raqibning kuchsiz tomonlariga hujum qilish, raqobat
ustunligini ta’minlash uchun himoya strategiyalaridan foydalanish kabi
muammolarni qamrab oladi.
Oltinchi
bob
marketing
strategiyasini
mavjud
vaziyatga
moslashtirish bo’lib, u yangi paydo bo’layotgan va yetuk tarmoqlardagi
raqobatli strategiyalarni, strategik qopqonlarni, turg’un va so’nib
borayotgan va tarqoq tarmoqlardagi hamda xalqaro bozorlardagi hamda
xalqaro bozorlardagi raqobatli strategiyalarni, tarmoq yetakchilari, ularni
ta’qib yetuvchilar va zaif kompaniyalar uchun strategiyalarni hamda
muvoffaqiyatli strategiyani yaratishning prinsiplarini o’zida aks ettiradi.
Yettinchi bob diversifikatsiyalashning korparativ strategiyalariga
bag’ishlangan. Unda konsentrasiyadan diversifikatsiyaga o’tish, birlik
biznesning
jozibadorligi
va
xavf-xatari,
diversiyalanmagan
kompaniyaning vaziyatga mos keladigan alternativ strategiyalari,
diversiyalash, yangi biznesga kirish, turdosh va noturdosh diversiyalash,
strategiyalari va korporasiya strategiyasini qayta ko’rib chiqish,
qisqartirish, buyurtma portfelini qayta tarkiblashtirish keltirilgan.
Sakkizinchi bob diversiyalashgan kompaniyalarni strategik tahlil
etishga bag’ishlangan bo’lib, unda diversiyalangan kompaniyaning
buyurtma portfellarini matrisali baholash usullari, o’sish ulushi va
tarmoq jozibadorligi – korxonaning kuchli tomonlari matrisasi hamda
hayotiy sikl matrisalari namoyish etilgan.
Xuddi shunday tarmoq jozibadorligini va biznes birliklarining kuchli
tomonlarini taqqoslash, biznes birliklarini investisiya yo’nalishlari
bo’yicha saralash, diversiyalashning qo’shimcha imkoniyatlarini izlash,
kompaniya
strategiyasini
yaratish
jarayonini
boshqarish
kabi
masalalartahlil etilgan.
17
To’qqizinchi va o’ninchi boblar mos ravishda globallashuv davrida
raqobatli strategiyalar, biznes modellar va internet –iqtisodiyot
mavzulariga tegishli halqaro va global raqobatning hamda multimilliy va
global raqobatning farqlarini, multimilliy strategiyaning raqobat
ustunligini, foyda markazlari, foyda olish va global strategik hujumlarni,
strategik alyanslar va xorijiy hamkorlar jarayonidagi xavf-xatarini tahlil
etishga bag’ishlangan.
Xuddi shunday internet texnologiyalar va bozor tuzilmasi, elektron
tijoratning strategiyani yaratilishiga ta’siri, biznes modellar va elektron
tijorat strategiyalari hamda elektron tijoratning muvoffaqiyatini
ta’minlovchi omillarning mohiyatini yoritishga qaratilgan.
Darslikning yakuniy boblarida (11,12,13 boblar) strategiyani amalga
oshirishga ta’minlaydigan sakkizta vazifa keltirilgan: 1) strategiyani
muvaffaqiyatli amalga oshiradigan tashkilotni shakllantirish: 2) strategik
muvaffaqiyatni ta’minlaydigan qiymat yaratuvchi zanjirda asosiy
moliyaviy resurslar jamlangan byudjetni yaratish; 3) strategik qulay
siyosatni va qoidalarni yaratish; 4) ishlarni bajarishning eng ilg’or
usullarini va mexanizmlarini joriy etish va ularni muntazam
takomillashtirish; 5) kompaniya xodimlarini sifatli ishlashga da’vat
etadigan rag’batlantirish tizimini yaratish va joriy etish; 6) mukofotlash
bilan tizimini tashkiliy maqsadlarni amalga oshirish bilan uzviy
bog’lash; 7) tashkilot strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan
korporativ madaniyatni yaratish; 8) strategiyani amalga oshirishda
sardorlikka alohida e’tiborni qaratish.
Biz yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni imkoni boricha aniq, oddiy
va ishonchli yoritishga harakat qildik. Chunki “Strategik menejment”
fani ko’p qirrali, qiziqarli va talabalarni jalb etuvchi fan hisoblanada.
Uning diqqat markazida rahbarlar amalga oshiradigan harakatlar, muhit,
korxona va strategiyalar turadi. Biz kompaniyani boshqarishda
ahamiyatli muammolarni ochib berishga ya’ni, menejerlar kompaniya
mag’lub emas g’olib bo’lishi uchun nima qilish kerakligini aniqlashga
harakat qildik.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |