Самарқанд давлат архитектура қурилиш



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик


Глава 13. Реализация стратегии: культура и лидерство ………..
 
13.1. 
Формирование культуры, благоприятствующей стратегии 
13.1.1. 
Источник культуры компании ……………..... 
13.1.2. 
Значение культуры …………… 
13.1.3. 
Прочные и слабые культурные традиции …………………. 
13.1.4. 
Неэффективные или нездоровые культуры …………………. 
13.1.5. 
Адаптивные культуры…………………... 
13.1.6. 
Обеспечения соответствия стратегии и культуры ………….... 
13.1.7. 
Формирование этических норм и ценностей
13.1.8. 
Ориентация культуры на высокие результаты ….... 
13.2. 
Стратегическое лидерство 
13.2.1. 
Управление путем обхода (УПО) 
13.2.2. 
Формирование климата и культуры, благоприятствующих 
стратегии 
13.2.3. 
Поддержание в организации способности реагировать и вводит 
новшество 
13.2.4. 
Отношение к политике компании 
13.2.5. 
Требование этичного поведения 
13.2.6. 
Руководство процессом корректировки …………………. 
Ключевые термины…………………………………………………… 
Тесты ……………………………………………………………… 
Рекомендуемая литература …………………………………………… 


14 
KIRISH 
 
Hozirgi paytda “strategiya”, “strategik rejalashtirish”, “strategik 
menejment” kabi tushunchalar keng tarqalmoqda. Ushbu tushunchalarni 
tadqiqotlaydigan o’quv-uslubiy adabiyotlar oqimi ham ko’payib 
bormoqda. Chunki ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni strategik menejment 
nuqtai-nazaridan tahlil etish davr talabiga aylanib bormoqda. Strategik 
menejment keyingi o’n yillarda rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy 
fanlarning umum e’tirof etilgan yo’nalishlaridan biriga aylandi. Shu 
bilan birgalikda bizning mamlakatimizda strategik menejment fan 
sifatida ham, korxonalarni amalda samarali boshqarish vositasi sifatida 
ham endigina shakllanib kelmoqda. Shu sababli ko’pchilik fanlarning 
shakllanish davriga xos bo’lgan nuqsonlar: shakllanib ulgurmagan 
atamalar, nazariy bilimlarni yoritishdagi noaniqliklar, ushbu sohada 
faoliyat ko’rsatayotgan olimlarning va amaliyotchilarni fikrlarining 
tarqoqligi ushbu fanga ham tegishlidir. Ayniqsa, strategik rejalashtirish 
va boshqarish muammolarini o’rganib, tushunishga harakat qilayotganlar 
yuqorida keltirilgan muammolarga duch kelmoqdalar. Strategik 
menejment fanini tahlil etishga endi kirib kelayotgan mutaxassislarning 
turli-tuman nuqtai-nazarlarini, yondashuvlarini va qo’llaniladigan 
usullarini tushunish oson emas, taniqli g’arb olimlarining fundamental 
asarlariga murojaat qilish esa, ko’p hollarda bir tomonlama bo’lib, 
mahalliy sharoitlarni inobatga olmaydi, ba’zan asosiy g’oyalarning 
mohiyati 
ochilmay 
qoladi. 
Shu 
sababli 
strategik 
menejment 
muammolarini murakkab jihatlarini e’tiborga olgan holda, tizimli 
tavsiflash dolzarb muammo hisoblanadi. 
Ushbu darslikning barcha mavzularida yaqqol ko’zga tashlanib 
turadigan g’oya – bu tashkilotni samarali boshqarish uchun uning 
boshqaruv strategiyasini sifatli yaratish va sifatli tadbiq etishdan iborat. 
Strategik menejment fanining asosiy maqsadi yaxshi tashkil etilgan 
strategik boshqaruv asosida uzoq vaqt mobaynida tashkilotning samarali 
faoliyatini ta’minlashdir. 
Fanni o’rganish natijasida talaba strategiyani yaratuvchilarning 
maqsad 
va 
vazifalarini,“strategiya”tushunchasining 
mohiyatini, 


15 
kompaniyaning raqobatbardoshligi nuqtai-nazaridan a’lo strategiyani 
yaratishning qiyinchiliklarini yengishni, strategik tahlil usullaridan 
foydalanishni, turli-tuman strategik variantlarni hamda rejalarni farqini 
bilib oladilar. Tanlangan strategiya darajasida muvoffiqiyatli boshqaruv 
tizimida menejerning vazifasi nimalardan iborat ekanligini tushunib 
oladilar.
Ushbu fanni o’zlashtirish jarayonida talabalarning oldin o’tilgan 
fanlarni o’zlashtirishdan paydo bo’lgan bilim va ko’nikmalardan 
foydalanish imkoniyati ham oshib boradi.Strategik menejment – bu keng 
qamrovli fan. Bunda tashkilotni boshqarishning muhim jihatlari 
to’g’risida ma’lumotlar beriladi. “Menejment” ta’lim yo’nalishida va 
magistratura mutaxassisligida o’rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlarning 
predmeti sifatida biznes unsurlari – buxgalteriya hisobi, moliya 
marketing, xodimlarni boshqarish yoki axborot tizimlari o’rganilsa, 
strategik menejment fanini o’rganishda esa, kompaniyalar yaxlitligicha 
tahlil etiladi, boshqaruv vaziyatlari ham ichkaridan ham tashqaridan 
o’rganiladi. 
Birinchi va ikkinchi boblarda nima uchun kompaniya strategiyasi 
menejerlarning 
oldindan 
o’ylangan 
maqsadlarini 
bajarishga 
yo’naltirilganligi aniq tushuntiriladi, hamda raqobatchilar bosimining 
o’zgarishiga qarshi javob reaksiyasining mohiyati ochib beriladi. Bundan 
tashqari strategiyani yaratishda piramida konsepsiyasi va strategiyani 
yaratish usullari keltirilgan. Iste’molchilarning talablarini qondirish va 
kompaniyani raqobatbardoshligini nafaqat past xarajatlar bo’yicha, 
balkim umumiy raqobat ustunligi bo’yicha ham afzalliklarga ega bo’lish 
zaruriyati tushintiriladi. 
Uchinchi bobda tarmoqdagiraqobat vaziyatli tahlil etiladi. Bunda 
tarmoqning asosiy ko’rsatkichlari, raqobat xarakteri va raqobat kuchlari, 
muhitning va biznesning raqobat tuzilmasini o’zgarish sabablari, 
kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari va boshqa shu kabi savollar 
muhokama etilgan. 
To’rtinchi bob kompaniya vaziyatini tahlil etishga bag’ishlangan 
bo’lib, unda mavjud strategiyaning samaradorligi, kompaniyaning kuchli 
va kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va xavf-xatari, kompaniya 


16 
tovarlarining narxlari kompaniyaning raqobat mavqei va kompaniyaning 
istiqbolda to’qnash kelishi mumkin bo’lgan muammolari tahlil etiladi. 
Beshinchi bobda strategiya va raqobatbardoshlik mavzusiga tegishli 
asosiy raqobatli strategiyalar, xarajatlarning biznes tuzilmasi va 
boshqaruv omillarining xarajatlari diferensiyalash va individullashtirish 
strategiyasi, 
raqobatbardoshlikni 
ta’minlash uchun hujumkorlik 
strategiyasidan foydalanish, raqobatchining kuchli tomonlarini yengish 
va kuchsiz raqibning kuchsiz tomonlariga hujum qilish, raqobat 
ustunligini ta’minlash uchun himoya strategiyalaridan foydalanish kabi 
muammolarni qamrab oladi.
Oltinchi 
bob 
marketing 
strategiyasini 
mavjud 
vaziyatga 
moslashtirish bo’lib, u yangi paydo bo’layotgan va yetuk tarmoqlardagi 
raqobatli strategiyalarni, strategik qopqonlarni, turg’un va so’nib 
borayotgan va tarqoq tarmoqlardagi hamda xalqaro bozorlardagi hamda 
xalqaro bozorlardagi raqobatli strategiyalarni, tarmoq yetakchilari, ularni 
ta’qib yetuvchilar va zaif kompaniyalar uchun strategiyalarni hamda 
muvoffaqiyatli strategiyani yaratishning prinsiplarini o’zida aks ettiradi. 
Yettinchi bob diversifikatsiyalashning korparativ strategiyalariga 
bag’ishlangan. Unda konsentrasiyadan diversifikatsiyaga o’tish, birlik 
biznesning 
jozibadorligi 
va 
xavf-xatari, 
diversiyalanmagan 
kompaniyaning vaziyatga mos keladigan alternativ strategiyalari, 
diversiyalash, yangi biznesga kirish, turdosh va noturdosh diversiyalash, 
strategiyalari va korporasiya strategiyasini qayta ko’rib chiqish, 
qisqartirish, buyurtma portfelini qayta tarkiblashtirish keltirilgan. 
Sakkizinchi bob diversiyalashgan kompaniyalarni strategik tahlil 
etishga bag’ishlangan bo’lib, unda diversiyalangan kompaniyaning 
buyurtma portfellarini matrisali baholash usullari, o’sish ulushi va 
tarmoq jozibadorligi – korxonaning kuchli tomonlari matrisasi hamda 
hayotiy sikl matrisalari namoyish etilgan. 
Xuddi shunday tarmoq jozibadorligini va biznes birliklarining kuchli 
tomonlarini taqqoslash, biznes birliklarini investisiya yo’nalishlari 
bo’yicha saralash, diversiyalashning qo’shimcha imkoniyatlarini izlash, 
kompaniya 
strategiyasini 
yaratish 
jarayonini 
boshqarish 
kabi 
masalalartahlil etilgan. 


17 
To’qqizinchi va o’ninchi boblar mos ravishda globallashuv davrida 
raqobatli strategiyalar, biznes modellar va internet –iqtisodiyot 
mavzulariga tegishli halqaro va global raqobatning hamda multimilliy va 
global raqobatning farqlarini, multimilliy strategiyaning raqobat 
ustunligini, foyda markazlari, foyda olish va global strategik hujumlarni, 
strategik alyanslar va xorijiy hamkorlar jarayonidagi xavf-xatarini tahlil 
etishga bag’ishlangan. 
Xuddi shunday internet texnologiyalar va bozor tuzilmasi, elektron 
tijoratning strategiyani yaratilishiga ta’siri, biznes modellar va elektron 
tijorat strategiyalari hamda elektron tijoratning muvoffaqiyatini 
ta’minlovchi omillarning mohiyatini yoritishga qaratilgan.
Darslikning yakuniy boblarida (11,12,13 boblar) strategiyani amalga 
oshirishga ta’minlaydigan sakkizta vazifa keltirilgan: 1) strategiyani 
muvaffaqiyatli amalga oshiradigan tashkilotni shakllantirish: 2) strategik 
muvaffaqiyatni ta’minlaydigan qiymat yaratuvchi zanjirda asosiy 
moliyaviy resurslar jamlangan byudjetni yaratish; 3) strategik qulay 
siyosatni va qoidalarni yaratish; 4) ishlarni bajarishning eng ilg’or 
usullarini va mexanizmlarini joriy etish va ularni muntazam 
takomillashtirish; 5) kompaniya xodimlarini sifatli ishlashga da’vat 
etadigan rag’batlantirish tizimini yaratish va joriy etish; 6) mukofotlash 
bilan tizimini tashkiliy maqsadlarni amalga oshirish bilan uzviy 
bog’lash; 7) tashkilot strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan 
korporativ madaniyatni yaratish; 8) strategiyani amalga oshirishda 
sardorlikka alohida e’tiborni qaratish. 
Biz yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni imkoni boricha aniq, oddiy 
va ishonchli yoritishga harakat qildik. Chunki “Strategik menejment” 
fani ko’p qirrali, qiziqarli va talabalarni jalb etuvchi fan hisoblanada. 
Uning diqqat markazida rahbarlar amalga oshiradigan harakatlar, muhit, 
korxona va strategiyalar turadi. Biz kompaniyani boshqarishda 
ahamiyatli muammolarni ochib berishga ya’ni, menejerlar kompaniya 
mag’lub emas g’olib bo’lishi uchun nima qilish kerakligini aniqlashga 
harakat qildik. 


18 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish