816
4.
Orin predikatlar
- Predmet va uning joylashgan o’rni o’rtasidagi
munosabatni bildiradi.
Ukam
maktabda.
Xayolim
senda.
5.
Zamon predikatlar-
Predmet va uning mavjudlik vaqti o’rtasidagi munobatni
ko’rsatadi.
Majlis
bugun.
Kino
soat to’rtda.
6.
Miqdor predikatlari
- Predmet va uning miqdori o’rtasidagi munosabatni
ko’rsatadi.
Farzandlar
to’rtta
.
Suv
ko’p.
Fe’l kesimlar shaxsli fe’llar bilan ifodalanadi.
O’lkamiz gullarga burkandi.
Aspiranturada qoldirishmoqchi.
Hozirgi tilshunoslikda fe’llarning hamma e’tirof etgan mazmuniy tasnifi mavjud
emas. Paradigmatik nuqtayi nazardan fe’llar harakat, holat,
xususiyat, munosabat
fe’llariga ajraladi.
“Kesim” mavzusining o’qitilishi. Kesim va uni o’qitish jarayoni o’rta
maktabning 8-sinfida o’qitiladi. Mazkur mavzuning o’qitilishiga alohida soat
ajratilgan bo’lib, unda quyidagi masalalar o’qitilishi rejalashtirilgan.
1.
Ma’rifiy-tarbiyaviy matn tahlili asosida fe’l kesim,
ot kesim, bog’lama,
kesimning shakllari mavzularini xotirlash
2.
Sodda va murakkab kesim
3.
Bog’lamali va bog’lamasiz ot kesimlar
4.
Kesimning birikma va iboralar bilaan ifodalanishi
5.
Ot kesim va eganing orasida tirening ishlatilishi
Kesim haqida quyi sinflarda o’rganilganlarni takrorlash va kengaytirish asosida
o’quvchilarning quyidagilarni bilib olishlari ko’zda tutiladi:
817
- kesimning ifodalanishi
- kesimning turlari:
- murakkab kesim tarkibida bog’lamaning qo’llanilishi:
- nutqda kesimning turlaridan maqsadli foydalana olish
Ma’lumki innovatsion texnologiyalar pedagogik jarajon va o’qituvchi va
o’quvchi faoliyatiga yangilik va o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda
asosan interfaol metodlardan to’liq foydalanish mumkin. Bu metodlarning o’ziga
xosligi shundaki, ular faqat o’qituvchi va o’quvchilarning
birgalikda faoliyat
ko’rsatishlari orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga
xos xususiyatlarga ega bo’lib, unda jamoa bo’lib fikrlash ta’lim markazining tarkibiy
qismi hisoblanadi.
“Kesim” mavzusiga oid darslar jarayonida “Tarmoqlar”, “3X4”, “Intervyu”,
“Bumerang”, “Blits o’yin”, “Chorraha”, “Muomala texnologiyasi”, “O’qituvchi
shaxsi”, “Muloqot”, “Boshqaruv” va boshqa interfaol metodlar, treninglardan
foydalanish mumkin.
Yuqorida misol tariqasida keltirilgan
ushbu zamonaviy metodlar, treninglarda
qo’llaniladigan texnologiyalar o’quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy-tanqidiy, mustaqil
fikrlashlarini shakllantirishga yordam beradi. Bugungi kunga kelib zamonaviy
pedagogik texnologiyarni zamonaviy texnologiyalar uyg’unligida olib boorish davr
talabiga aylanib qoldi. Shunga asosan maktabda “Kesim” mavzusining o’qitilishida
kompyuterdan foydalangan holda o’rgatishning quyidagi usullarini keltirish maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: