804
ФИО авторов:
Ummataliyeva
Mohlaroy Zokirjon qizi, Abdugofurov Shohjaxon
Muhammadqobul o’g’li.
Andijon Davlat Universtiteti
Tabiiy Fanlar Fakulteti talabalari
Название публикации:
«SURXONDARYO VILOYATIDAGI TRANSPORTLAR
VA SANOAT KOXONALARINI ATMOSFERAGA TA’SIRI»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatidagi transport hamda
sanoat korxonalarining atmosfera, atrof muhitga chiqarayotgan zararli moddalarning
ta’siri haqida so’z yuritiladi.
Abstract
: Three articles deal with the impact of transport and industry in
Surkhandarya region on the atmosphere and harmful substances released into the
environment.
Kalit so’zlar:
Atmosfera, transport, korxona, sanoat, inson, Surxondaryo, havo,
viloyat.
Keywords
: Atmosphere, transport, enterprise, industry, human, Surkhandarya,
air, region
Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonlarni,
qush va hasharotlarni nobud
bo’lishiga sababchi bo’ladi. Ishlab chiqarish korxonalaridan tashlanadigan ftoridlar
ta’sirida bir qator mamlakatlarda asalarilar, qo'ylar, yirik shoxli hayvonlar va uy
parrandalarining yoppasiga qirilib ketganligi hisobga olingan. Havo tarkibida ftor
konsentratsiyasining yuqoriligi inson va hayvonlar tishlarining tez to‘kilib ketishiga
sabab bo’lib, ularning ovqat hazm qilish organlari
va umurtqa suyaklarining
kasallanishiga olib keladi.
Respublika ekologik hududlaridan biri bu Surxondaryo viloyatining Tojikiston
bilan chegaradosh hududlari Mirza Tursunzoda shahridagi alyumin zavodi
atmosferaga tashlayotgan iflos gazlardan katta zarar ko'rmoqda. Bu yerlarda madaniy
o'simliklaming deyarli ko'pchiligi kasalliklarga chalingan. Qoramollaming ko’payishi
805
kamayib, odamlarda rak, buqoq, kasalliklari hamda og'izdagi tishlarining tushib ketishi
kuzatilmoqda. Alyumin zavodi ish faoliyatni to'xtatish yoki uni boshqa bir joyga
ko'chirish masalasi mutloq harakatsiz holda turibdi. Alyumin zavodidan Tojikistonlik
va Rossiyalik hamdo'stlarimiz katta foyda olishmoqda, u O'zbekistonga katta iqtisodiy
ekologik zarar keltirmoqda.
Atmosferaga tashlangan zaharli moddalar ichida xavflisi izotop oksidi (N02)
hisoblanadi, bu turdagi zaharli modda o'z hajmiga ko'ra ko'proq, azot oksidi to'g'ridan-
to'g'ri azon qatlamini buzadi, umumiy shartli zaharliligi darajasiga ko'ra N02 zaharlilik
koeffitsenti 20 birlikni tashkil etadi, oltingugurt oksidi - 12, karbonat angdrid S02 - 1
birlikka egadir. Azot oksidi texnogen omillar tomonidan eng ko'p ishlab chiqariladi,
ozginasi ham ko'z yoki burunning shilliq qavatini zararlaydi, sal ko'proq bo'lsa
bronxonopnevmoniya- organlarni zararlab ko'prog'i o'pkani shishiradi. Bundan
tashqari azot oksidi organlarda qon aylanishini ishdan chiqaradi.
Atmosferani ifloslantiradigan sanoat korxonalaridan
biri qora va rangli
metallurgiya sohasi hisoblanadi. Ular juda katta joylarni egallagan korxonalar bo'lib,
ish jarayonida atmosferaga katta miqdorda zaharli gazlar, chang, issiq harorat ajralib
chiqadi. Turli materiallarni eritish, ishlov berish, yasash, qazib olish paytlarida
atmosferaga katta miqdorda chang tashlanadi. Katta metallurgiya kombinatlarida bir
kecha-kunduzda ishning hajmiga qarab 350-600 tonnadan 2500
tonnagacha chang
hosil bo'ladi.
Surxondaryo viloyatidagi alyumin zavodi barcha imkoniyatlarni ishga solib
ishlamoqda, uning zaharli tutunlarini O'zbekiston hududi uzra yoymoqda. Alyumin
zavodi atmosferaga ftorli gidrogen (NG'), ftoritlaming qattiq zarralari, alyuminiy, is
gazi, uglevodorodlar, sulfit angdridi va boshqalami tashlaydi.
Bugungi kunda
turmushimizni kimyo sanoatisiz tasavvur qilish qiyin, xalq xo'jaligida kislotalar, tuzlar
ishqorlar, mineral o'g'itlar, gyerbitsidlar, pestidlar, polimyerlar, sun'iy tolalar, sun'iy
plastmassa idishlar, linoliumlar, bo'yoqlar, loklar
kimyo sanoatining yutuqlari
hisoblanadi. Bu soha bir vaqtda ikki xii mahsulot ishlab chiqarardi, mutloq tugal va
oraliq mahsulotlar.
806
Transport vositalarining atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri Transport havo
ifloslanishining asosiy manbalaridan biridir. Turli transport ob'ektlarining atrof-
muhitga ta'siri bilan bog'liq ekologik muammolar dvigatellar tomonidan zaharli
moddalar
chiqindilarining miqdori, shuningdek suv havzalarining ifloslanishi bilan
belgilanadi. Qattiq chiqindilar va havoning ifloslanishi salbiy ta'sirga yordam beradi.
Bundan tashqari, bu birinchi navbatda atrof-muhitni ifloslantiruvchi va energiya
manbalaridan foydalanuvchi avtomobil transporti hisoblanadi.
Surxondaryo viloyatida ayrim sanoat korxonalarida zaharli gazlar faqat kunduz
kunlari tarqalishi mumkin, ammo avtomobillar harakati mutloq to'xtamaydi, demak is
gazlari kechayu kunduz bizning yon atrofimizga to'g'ridan to'g'ri tarqaladi. Biz ulardan
to'g'ridan to'g'ri nafas olamiz, korxonalardan chiqqan moddalar albatta baland trubalar
orqali yuqoriga tarqaladi, ular balki qayerlargadir kislotali yomg'irlar bo'lib yog'ishi
mumkin, ammo avtomobil is gazlari bizning yuzimizga,
hovlimizdagi mevalarga,
hidlaydigan
gullarimizga, kiyimlarimizga
is gazining zaharlari
yog'i1adi.
Dabdurustdan olis tabiat qo'yniga borib qolsangiz nafas olish, to'liq nafas olish bizga
og'irlik qiladi. Bizning o'pkamiz bunday toza havoni qabul qilishga qiynalib qoladi.
Shaharda bosh ko'tarib kechalari osmonga qarasangiz yulduzlar juda kam, xira
ko'rinadi, olis qishloqlarga, ona tabiat qo'yniga borib osmonga qarasangiz yulduzlar
charaqlab tushib kelayotgandek tuyiladi. Mana farq, toza havo va ifloslangan havoning
aniq isboti bizga.
Avtotransportning havoni ifloslantiruvchi
zaharli is gazi, uglevodorodlar, azot
oksidlari, aldegidlar, ketonlar eng xavflisi qo'rg'oshinlardan iborat. Avtomobillarning
havoga tashlaydigan is gazlari havoga tashlanganda meterologik sharoitlar ta'sirida
foto kimyoviy o'zgarishlar byeradi. Bunda azot qo'sh oksidi parchalanib azot oksidiga
aylanadi, aldegid va ketonlar radikallarni paydo qiladi. Ushbu reaksiyalarning
natijasida katta shaharlarda yuz byeradigan «Smog»lar paydo bo'ladi. Smog katta
shaharlarda barcha zaharli gazlaming qo'shilib reaktsiyaga kirishi natijasida hosil
bo'ladigan va yerga qaytib tushadigan zaharli gazlardir.