Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

SAHNA SAN'ATI 
XVIII asrning 30-yillarida Leypsig shahrida iste'dodli aktrisa teatr tashkilotchisi Karolina 
Neyber tomonidan nemis teatri tarixiga «Leypsig maktabi* nomi bilan kirgan teatriga asos 
solindi. Shu asrning o'rtalarida ijod gulshaniga kirib kelgan deyarli barcha yirik nemis aktyorlari 
o'z faoliyatlarini shu teatrda boshlaganlar. Ular klassitsizmning rol va matn ustida ongli ishlash 
yo'riqlarini shu Lepsig sahnasida egallaganlar. 
XVIII asrda nemis teatrida yuz bergan eng shonli davr ulug' aktyor va rejissor Fridrix 
Lyudvig Shryoder (1744—1818) ning nomi bilan bog'iiq. Shryoderning nemis teatri oldidagi 
tarixiy xizmati Shekspir asarlarini sahnaga qo'yish va ularda o'zi bosh rollarni ijro etishda 


37 
ko'rindi. Uning bu boradagi faoliyati «Hamlet» asarini qo'yishdan boshlandi. Spektakl 
premyerasi 1776-yil 20-sentabrda katta muvaffaqiyat bilan o'tadi. Shundan so'ng «Otello», 
«Venetsiya savdogari*, «Har narsaning me'yori yaxshi», «Qirol Lin>, «Richard III», «Genrix 
IV* «Makbet» asarlari qo'yiladi. Shryoder Hamletning ichki dard-alam va ruhiy iztiroblarini 
butun murakkabligi bilan ifoda etib bergan edi. Shryoderning yana bir eng e'tiborli roli — «Lir» 
edi. «Uning o'tli qarashlari, - deb yozgan edi zamondoshlaridan biri, — og'riqli qalb jazavasi 
birgina sahna davomida obrazni tubdan o'zgartirib yubordi. Uning ko'zlaridan chaqmoq 
otilgandek, yuzi qizarib ko'pchib ket-gandek bo'ladi. Gavdasining har bir qismi jarohat olgan 
misol titraydi, lablari qaltiraydi, qo'llari ko'kka ko'tariladi, momaqaldiroq gumburi-dan uzilib 
tushgandek dahshatli ovozda nasl-nasabiga tavqi la'nat toshlarini otadiki, tomoshabinni ham 
titroq qoplab oladi*. Bu shunday dahshatli qaig'ish ediki, Gonerilya rolini ijro etuvchi aktrisa bu 
qarg'ishning bolalariga tegishidan cho'cliib, Shryoder bilan chiqishdan bosh tortgan. 
Shryoder ham Garrik singari ma'rifatparvarlik realizmiga suya-nib ish ko'rgan. «Ham his-
tuyg'u va aql-idrok uyg'unligi» uchun kurashdi va o'z shijoatini mohirona tarzda boshqara bildi. 
U har bir rolning ayricha, o'ziga xos qiyofada ajralib turishiga alohida e'tibor berar edi. «Men har 
bir rolning o'ziga yarashiq ifodasini topishga urinaman. Natijada, rol boshqacha emas, aynan o'z 
turqi va qiyofasini topadi*, der edi u. Shryoder o'z ijodi bilan Germani-yada ma'rifatparvarlik 
realizmi rivojining eng yuqori cho'qqisini belgilab berdi. Uni «nemis Garriki* deb atasa ham 
bo'lardi, lekin u nemis Shryoderi edi; uning shuhrati o'ziga yetib ortardi. 
1780-yillarda Germaniyada klassitsizm uslubi kuchayadi. Shu yo'nalishga asoslangan Gyote 
boshliq Veymar teatri nemis sahna san'ati rivojida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ulkan san'atkor 
boiganligidan Gyote fransuz klassitsizmiga mutelarcha taqlidchi bo'lib qolmadi. Aslini olganda, 
u klassitsizm uslubiga moslangan ma'rifatparvarlik realizmi yo'nalishida ish ko'rgan edi. Gyote 
bir xil rollarni ijro etish.usuli, «amplua»ni tan olmadi, u lanj, loqayd kim-salar rollarini shijoatli 
aktyorlarga ham beraverdi. Bu bilan u o'zidan uzoqlashib, o'zgalar qiyofasiga kirish usulini 
ko'zlar edi. Uning teatri repertuari klassitsistik tragediyalar qatori Shekspir, Shiller, Kalderon,. 
Gotssi va boshqa jahon dramaturglari asarlariga asoslangan edi. Muhimi, repertuarda shoirona 
ruhdagi asarlar bo'lishi kerak edi. Veymar teatri aktyorlari Germaniyada she'rni eng yaxshi 
o'qiydigan kishilar bo'lishgan. Ularning ulug'vor, biroz tantanavor nutqiy ifodalari shoirona ruh 
bilan uyg'unlashib, teatrni chin nafosat gulshaniga aylantirgan edi. Gyotening san'ati zamon 
ruhiga va jahoniy o'zgarishlarga mos bo'lib tushdi. 
Lekin shu bilan birga, Veymar sahnasi eski klassitsizm teatriga xos shaki va aqidalardan xoli 
emas edi. Bu Gyote tuzgan «Aktyorlar uchun qoidalar»da o'z. izini qoldirdi. Bu risolada 
klassitsizmning qoida va amaliyotini chuqur bilgan san'atkorning qarashlarigina emas, 
Lessingning nazariy qarashlari ham o'z ifodasini topgan. 
XVIII asr teatr san'ati ma'rifatparvarlik tafakkuri tug'ila bosh-lagan palladan dramaturgiya va 
aktyorlik san'atining noyob na-munalari yaratilgunga qadar bo'lgan g'oyat boy taraqqiyot yo'lini 
bosib o'tdi. Bu ijodiy kashfiyotlar avlodlar xotirasida abadul-abad muhrlandi va ular sahna 
san'atining kelajak ravnaqi uchun mustahkam poydevor bo'lib qoldi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. 
Lessingning aktyorlik san'ati ikki o'lchamli, ya'ni ham ma- 
kon, ham zamon doirasidagi san'at degani nimani anglatadi? 
Lessingning «Minna fon Barnexlm* asarida Telgeym va Minna orasidagi sevgi-
muhabbatning nemis xalqining milliy birligi g'oyasiga qay darajada bog'liqligi bor? 
«Donishmand Natan» asari nima haqda? 
2.
Gyotening «Gyos fon Berlixingen*, «Egmont» asarlarining nemis dramaturgiyasidagi 
yangiligi nimalarda ko'rinadi? «Faust» asarining umuminsoniy mohiyati nimada? 
3.
Shillerning «Qaroqchilar» tragediyasida Karl Moor nega qa-roqchilar safiga qo'shildi va 
nega oxiri o'zini o'zi qonun hukmiga top-shirdi? Nega Shillerning bir asari «Makr va muhabbat» 
deb atalgan? 
4.
Shryoderning nemis teatri oldidagi tarixiy xizmati nimada? Gyotening Veymar teatridagi 
rejissorlik faoliyati haqida nima deya olasiz? 


38 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish