40
oiimidan o'zga chorasi yo'q. Didye va Marion Delorm halok bo'ladilar, lekin ularning ruhiy
beg'uborligi, mardligi zulm va zo'rlikka qarshi ezgulik tantanasi tarzida namoyon bo'ladi.
Muallif bosh vazir Reshilye obrazini yaratishda alohida ma-horat ko'rsatgan. U biron marta
tomoshabin qarshisida ko'rinmaydi, ammo ichdan pishgan, ayyor, yovuz shaxs tarzida yaqqol
namoyon bo'ladi. U asarning oxiridagina Marion Didyega nisbatan qoilanilgan o'lim jazosi bekor
qilinishini iltijo qilib so'raganda, taxtiravon pardasi ortidan uning mash'umona «Yo'q, bekor
qilinmaydi!» degan dahshatli ovozi eshitiladi.
«Marion Delorm» asari XIX asr lirik she'riyatining ajoyib na-munasi sifatida tug'ilgan edi.
Gyugoning jonli va shoirona tasviri Didye va Marion muhabbatjni tarannum etuvchi ko'tarinki
sah-nalar bilan ajib uyg'unlik kasb etgan edi.
«Ernani» (1830) Gyugoning sahna yuzini ko'rgan birinchi asari bo'ldi. Uni namunaviy
romantik drama deyish mumkin. Unda erkin sevgi, insoniy qadr-qimmat, or-nomus tuyg'ulari
ulug'langan. Pyesa- qahramonlari qonli intiqom jazavasiga tushadilar, chin sevgi yo'lida
jonfidolik ko'rsatadilar; isyonkorlik ohangi asarning bosh qahramoni romantik qasoskor Ernani
obrazi orqali ifodalangan. Ernanining qirol va o'rta asrcha qora kuchlar bilan to'qnashuvi asarni
fojiona nihoyalanishiga olib keladi. Asosiy voqealar xabarchi-lar orqali ma'lum qilinuvchi
klassitsistik tragediyaga zid ravishda Gyugo dramasida romantizm talablariga binoan barcha
voqealar sahnaning o'zida sodir bo'ladi. Bu yerda klassitsizmga xos birlik qoidalariga ham rioya
qilinmaydi; qahramonlarning shiddatli his-tuyg'ulari klassitsizm dramasining tantanavor
jaranglovchi ohang-dor nazmiy ifodalaridan o'zining jonli va jo'shqinligi bilan ajralib turadi.
«Ernani» dramasi 1830-yilning boshlarida «Komedi Fransez* teatrida sahnaga qo'yiladi.
Spektakl «romantizm»ning yirik g'alabasiga aylandi.
Gyugo ijodining demokratik ruhi uning «Shohona ishrat», (1832), «Ryui Blaz» (1838)
asarlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo'lgan. «Ryui Blaz» asarida voqea XVII asrda Ispaniyada
ro'y beradi. Unda malay Ryui Blazning ayyor va riyokor xojasi qi-rolichadan qasos olish payiga
tushadi. Shu maqsadda Ryui Blazga sayoq bir qarindoshi — don Sezar de Bazan nomini berib,
uning qirolicha o'ynashiga aylanishiga erishadi. Ryui Blaz qirolichaning jazmaniga aylanib,
saroydagi eng nufuzli shaxs darajasiga chiqadi. Hukmdorlik sharafiga faqat shu soxta don Sezar
de Bazan loyiq boiib chiqadi. Malay ko'ngli pok inson edi, oilaviy kengashda yurtni xonavayron
qilgan saroy a'yonlarini fosh etuvchi so'z aytadi, so'ng o'zi zahar ichib nobud bo'ladi; uning nomi
ham, qirolicha bilan ishqiy munosabatlar ham sirligicha qoladi.
Pyesada lirik nafosat va shoirona ruh siyosiy hajv bilan uyg'un tarzda namoyon bo'lgan.
Pyesada hech vaqosi qolmagan mayxo'r, sayoq zodagon don Sezar obrazini kiritish bilan Gyugo
unda bi-rinchi bor romantizmning fojeiy hangomabop ohanglanii o'zaro uyg'unlashtirish usulidan
foydalandi.
O'zbek sahnasiga Gyugo Respublika yosh tomoshabinlar teatrida qo'yilgan «Gavrosh» asari
bilan kirib kelgan. 1972-yili uning «Qirolning dil xushi* («Shohona ishrat»ning E. Vohidov
tomonidan ilk tarjimasi shunday nomlangan) asari Andijon teatrida (rej. R. Hamidov), so'ng
televideniyada sahnalashtirildi. Tribule rolini Andijonda A. Ibrohimov televideniyada H.
Umarov ijro et-ganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: