XIX ASRNING BIRINCHI YARMI VA O'RTALARIDA G'ARBIY OVRO'PO TEATRI
ROMANTIZM TEATRI
Адабиётлар:
1 Хрестоматия по истории западно-европейского театра. Т. 1-2 /сост
С.Мокульский / М., 1953, 1955 гг.
2 Бояджиев Г. Вечно прекрасный театр эпохи Возрождения. Л., 1973.
3 Бояджиев Г.От Софокла до Брехта за 40 театральных вечеров. М. 1967.
4Ю.Кагарлицкий. Театр на века. М. 1987.
5 Бартошевич А. Шекспир на английской сцене. М., 1985.
6 Зннгерман В. Очерки истории драмы 20 в. М., 1979.
7 Бушева С. Полвека Итальянского театра Л., 1978.
8 С. Турсунбоев Хорижий театр тарихи. Т.,1997
9 Гительман Л.И. Из истории французской режиссуры. Л., 1976.
Ovro'po mamlakatlari va AQSH teatri XIX asrda o'z taraqqi-yotining yangi bosqichiga
ko'tariladi. 1789—1794-yillar fransuz bur-jua inqilobi tufayli iqtisodiy-ijtimoiy sohada shunday
o'zgarishlar ro'y berdiki, ular teatr san'atini tubdan yangilanishga olib keldi.
Ovro'po teatrining faoliyat tarzi XIX asrda butkul boshqacha tusga kirdi: o'sha davr uchun
xos erkin raqobat tarzi teatrlar tar-mog'ining mudom kengayishiga olib keldi. Ovro'po
mamlakatlarida bo'lganidek, AQSHda ham markaz va viloyatlarda ko'pdan-ko'p shaxsiy teatrlar
paydo bo'ldi. Ular ommaviy tomoshabinlarga mo'ljallangan imtiyozli teatrlar (Parijda xiyobon
teatrlari, Lon-donda kichik teatrlar) dan farqlanib turardi. Demokratik doiralar mafkurasi
ma'naviy hayotning boshqa sohalari qatori teatrga ham samarali ta'sir ko'rsata boshladi.
XIX asrning birinchi yarmida ijodiyotda romantizm yetakchi badiiy yo'nalish bo'lib qoladi.
Shakllanish bosqichi shu davrga oid tanqidiy realizm uslubi romantizm bilan baqamti yashab,
XIX—XX asrlar bo'sag'asida drama va sahna san'atining asosiy badiiy yo'nalishiga aylanadi.
Romantizm dunyoni anglash usuli, ijodiy uslub tarzida XVIII asrning oxiri — XIX asrning
boshlarida umuminqilobiy ko'tarilish, ijtimoiy va milliy ozodlik harakatlari mahsuli sifatida
shakllandi. Romantizm o'sha davrning bayrog'iga aylandi, bunga sabab bu san'at orqali davr olg'a
surgan insonning shaxsiy erkinligi, xalqlar-ning mustaqillik uchun kurashish g'oyalari idrok
etildi.
Romantizm atamasi fransuzcha romantisme so'zidan olingan bo'lib, ishqiy munosabatlar
bilan bog'liq voqea va yozishlarni anglatgan. Romantizm teatri — tabiatan shoirona kechmishga,
lirik jo'shqinlikka asoslangan san'at; shu holat mazkur san'atda awal muqimlashib qolgan san'at
qoidalariga zid tarzda «his-tuyg'u ustuvoriigi* bosh qoidaga aylanishini belgilab bergan.
Romantiklar yangi tarixiy bosqichda klassitsizmga qarshi kurash ochib, bu oqimga xos aql-idrok
ustuvorligi qoidasini yo'qqa chiqardilar. Ular voqelikni badiiy idrok etishda uni yaxshiligu
yomonlik, ulug'vorligu tubanlik uyg'unligidan iborat rango-rang va o'zgaruvchan narsa tarzida
ko'rsatish uchun kurashdilar. Romantiklar san'atni yangi marralarga olib chiqish omillarini xalq
ijodidan topdilar. Xalq urf-odatlari, rivoyat va ertaklari, ommabop demokratik teatr turlari yangi
ruhdagi drama turini yaratishda ularga bebaho xazina bo'lib xizmat qildi. Shuningdek, ular
Uyg'onish davri san'ati, chunonchi, ispan va ingliz dramaturgiyasi va, ayniqsa, o'zlarining estetik
ideal-lari ifodachisi tarzida qabul qilingan Shekspir ijodidan bahramand bo'ldilar.
1830-yillarga kelganda romantik qahramon sahnani butkul o'ziniki qilib oladi; e'tiborlisi
shundaki, pyesa voqeasi qaysi davrda o'tishidan qat'i nazar, bu qahramon zo'rlik va haqsizlik
olamiga qarshi kurashga kirgan o'tyurak, beorom «XIX asrning navqiron shunqori* tarzida
namoyon bo'ladi.
XIX asrning o'rtalariga kelganda tanqidiy realizm san'ati yetakchi o'rinni egallaydi. Tanqidiy
realizm burjua jamiyatining ye-tilish jarayoni bilan bevosita bogiiqlikda shakllandi. Shu bois bu
uslubning ilk namunalari Fransiya va Angliya mamlakatlarida paydo boidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |