36
Lekin shu bilan birga Poza ag'dar-to'ntar o'zgarishlar qilish ta-rafdori emas. U zo'ravonlik
bilan ozodlikka erishib bo'lmaydi, ozodlik hadya etilishi kerak, deb hisoblaydi. U «inson o'zini
o'zi topishi kerak* degan fikrga boradi.
Shillerning tarixiy mavzuda yozilgan asarlari orasida «Mariya Styuart (1800)
ma'rifatparvarlik realizmi sohasida erishgan eng yirik yutug'i bo'ldi. Unda, umuman nemis
dramaturgiyasi erishgan yutuqlar bir nuqtaga jo bo'lgandek uyushiq tarzda namoyon bo'lgan.
Shiller oMariya Styuart»ni tahliliy drama deb atagan. Bu ta'bir bo'lib o'tgan, endi rivojlanishi
lozim bo'lgan voqea pyesaga asos bo'lganligini anglatadi. Muallif barcha voqealar kechimini
ko'rsatmaydi, balki ularning eng qaynoq nuqtalarini chizib tahlil etadi. Shiller «Shoh Edip»ni shu
toifadagi pyesa uchun namunaviy asar deb hisoblagan. Lekin, Shiller Sofokl asarining tashqi to-
monini tiklagan emas. Shillerning antik merosni chuqur o'rganishi unga yangi toifadagi
psixologik fojiani yaratishda yordam berdi.
♦Tahliliy drama* ham sahnoboplik va hayotiy haqqoniylik talablariga javob berishi shart edi.
«Mariya Styuart* asari awal uzoq davom etgan o'zaro kurash va fitnalardan so'ng Shotlandiya
qirolichasi Mariya Styuartni ingliz qirolichasi Yelizaveta Tyudor asira qilib olishi vaqtidan
boshlanadi. Gap hayot yo mamot ustida boradi. O'tgan barcha umr masofasiga teng sanoqli
kunlar, balki soatlar ikki shaxs qismatini hal qilayotgan edi.
Yelizavetaning taxt sohibasi bo'lib qolishi omonat bir gap: u millatning chin g'amguzori,
tayanchi bo'la oladimi? Uning taqdiri shunga bog'liq. Shu bois Shiller Yelizavetani ikki xil
qiyofada ko'rsatadi. Shiller tasvirida u qirolicha sifatida millat fazilatining timsoli, lekin ayol
qiyofasida esa shafqatsiz, riyokor zotdir.
Mariya o'zgacha obraz. Mariya Styuart asli tarixda qora kuchlarning tayanchi bo'lib kelgan.
Uning ingliz taxtiga chiqishini butun Ovro'po mutaassiblari intiqlik bilan kutgan edilar. Shiller
Mariyani ham ikki qiyofada ko'rsatadi. Muallif Mariyaning jinoyat-larini yashirmaydi, lekin uni
hukmdorlik martabasi buzganini ham ko'rsatib o'tadi. Hibsda o'tgan oylar Mariya uchun
poklanish davri bo'ladi. U shu chor devor ichida hukmdor sifatida emas, oddiy inson nigohi bilari
qarashga o'rganadi, g'am-alam nima ekanini his qiladi. Qatl onlari yaqinlashgan sari, Mariyada
ruhiy komillik yeti-lib boraveradi. U taqdiri azaldan nola chekib, falakka iltijo qiladi. U umr
bo'yi azob-uqubatlar to'fonida toblanib, gunohi to'kilib, o'zini-o'zi topishga chogianib turgandek
bo'ladi.
«Mariya Styuart» Shillerning psixologik drama sohasidagi eng yirik yutug'i bo'ldi. Ushbu
asari ustidagi ishlari yakunlanar ekan, nomi yetti iqlimga ketgan dramaturg: «Nihoyat,
dramaturgiyaning tub mohiyati nima ekanini anglay boshladim, kasb ko'nikmasini egallay
boshladim*, deyishga jazm etadi.
Lekin uning umr shamidan ozgina qismi qolgan edi. Yangi asr boshlarida Ovro'poda uning
o'lgani haqida ora-sira mish-mishlar eshitilib turadi. Uning 1805-yil 9-mayda vafot etgani rost
bo'lib chiqadi.
Nemis ma'rifatparvarlik dramaturgiyasining o'zbek teatri tari-xida sezilarli o'rni bor: o'zbek
sahnasida G'arb dramaturgiyasidan sahnalashtirilgan birinchi asar Shillerning «Makr va
muhabbat* (1921) tragediyasi bo'ldi. «Qaroqchilar» ham ayni shu davrda qo'yildi va bu ikki asar
bir necha bor qayta-qayta talqin etilib, ko'plab o'zbek aktyorlarining ijodiy kamolotida ma'lum
o'rin oldi. Gyotening mashhur «Faust* asari Erkin Vohidov tomonidan tar-jima qilinishi ham
o'zbek kitobxonida nemis mumtoz adabiyotiga nisbatan katta qiziqish uyg'otdi.
Do'stlaringiz bilan baham: