Вазирлиги тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/88
Sana03.03.2022
Hajmi1 Mb.
#480596
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
Bog'liq
teatr tarixi

NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Italiyada ma'rifatparvarlik teatri, dramaturgiyasi nega komediya del arte teatri asosida 
dunyoga keldi? K. Goldoni bu teatrni qay tartibda isloh qildi? Goldoni tomonidan «Ikki boyga 
bir ma-lay*, «Mehmonxona bekasi* kabi xulq-atvor komediyalarining yaratilishi Italiya teatri 
rivojida qanday ahamiyatga ega bo'ldi? Goldoni nega o'z pyesalarini «jamoa komediyasi* yoki 
«xulq-atvor komediyasi* deb atagan. 
2.
K. Go'tssi nega K. Goldonining teatr islohlariga qarshi ku-rashdi? U del arte 
komediyasini himoya qilgani holda oxir oqibatda nega niyati amalga oshmay, aksincha o'zi ham 
Goldoni kabi adabiy drama janrining yaratuvchisi bo'lib qoldi? Go'tssining «Uch apelsinga 
sevgi», «Malikayi Turandot* fiyablari — teatr ertaklari nega italyan teatri tarixida yangi badiiy 
voqelikka aylandi va hatto Goldoni asarlarini teatrdan siqib chiqardi? Goldoni va Go'tssi 
asarlarining O'zbekistondagi sahna tarixi haqida nima deya olasiz? 
NEMIS TEATRI 
XVIII 
asrda nemis teatri erishgan ulkan muvaffaqiyatlar jahon teatri va adabiyotiga bebaho 
hissa bo'lib qo'shildi. Aynan nemis dramaturglaridan Lessing, Gyote, Shiller Ma'rifatparvarlik 
davrida dramaturgiya va teatr sohasida erishilgan yutuqlarga yakun yasab, ma'rifatparvarlik 
realizmidan 
XIX 
asr tanqidiy realizmiga o'tish yoiini belgilab berdilar. 
Nemis teatri ham Ovro'poning boshqa mamlakatlari san'ati kabi turlicha rivojlanish 
bosqichini o'taydi. U ma'rifatparvarlik klassitsizmi, ma'rifatparvarlik realizmi, sentimentalizm, 


32 
ilk roman-tizm davrlarini boshdan kechiradi. Lekin bu oqimlar Germaniyada boshqa 
mamlakatlarga qaraganda o'zgacha ahamiyatga ega bo'ldi. 
GOTGOLD EFRAIM LESSING (1709-1781-y.) 
Gotgold — Efraim Lessing Saksoniyadagi Kapensa shahrida ruhoniy oilasida tavallud 
topgan. O'n yetti yoshida Leypsig univer-sitetiga o'qishga kiradi, lekin ikki yil o'qib uni tashlab 
ketadi, taniqli adib darajasiga chiqqanda o'qishni Vittenbergda tamomlab, erkin san'atlar magistri 
unvoniga erishadi. U «Yosh olim» degan birinchi pyesasini o'n sakkiz yoshida yozgan. 
Lessing, awalo, buyuk tanqidchi sifatida maydonga chiqqan edi: Gamburg milliy teatrida 
ishlar ekan (1767—1768), uning sahnasida qo'yilgan asarlarga taqrizlar yozib, o'zining mashhur 
«Gam-burg dramaturgiyasi* degan kitobini yaratadi. Uning «Laokoon» risolasi ma'rifatparvarlik 
realizmi tamoyillarini asoslab berishda yirik tadqiqotlardan biriga aylandi. 
Lessingning fikricha, aktyorlik san'ati tasviriy san'at bilan poeziya oralig'idagi san'atdir: u 
ham makon, ham zamon doirasi-dagi san'at, ya'ni bir jihatdan sahnaviy makon ifoda imkonlariga 
asoslansa, ikkinchi tomondan shakllanish, rivojlanish qonuniyat-lariga asoslangan. Aktyor, 
awalo, jismoniy imkoni keng va qovushimli bo'lishi, ya'ni gavdasini sahna ko'zgusida boshqa ki-
shilarning gavdasiga monand mutanosib tarzda jilolantira olishi va o'rni kelganda, butkul shoir 
o'rnida o'ylay olishi, uzluksiz fikrlay olishi kerak. 
Lessing ham Didro duch kelgan muammoga duch keladi: qaysi toifadagi aktyor afzal — 
hissiyotli aktyormi yoki sovuqqon ak-tyormi? Bu masalada Lessingning mulohazasi Didroning 
javobiga qaraganda ma'rifatparvarlik realizmi ruhiga yaqinroqdir. U hissiyot bilan aql-zakovat 
uyg'unligi tarafdori. Uning fikricha, bu ikki jihatning qaysi birinidir ustun qo'yish o'rinsizdir. U 
klassitsizmga xos sovuqqonlikka ham, maishiy izohvozlikka ham cho'chib qaraydi. Aqli raso 
aktyor asarning u yoki bu lavhasining nimaligini anglaboq, o'z-o'zidan hissiyot ta'siriga beriladi. 
Ayni zamonda Lessing ham Didro singari «hissiyotli» aktyorga ishonchsizlik bilan qaraydi. 
«Hissiyot qandaydir botiniy, ichki narsa, bu haqda uning tashqi ko'rinishi orqaligini fikr yuritish 
numkin*, deydi u. Demak, his-tuyg'uni zohiran, sirtdan namoyon etuvchi aktyor «beshavq, 
sovuqqon bo'lishi»dan qat'i nazar, sahna uchun birinchi toifa aktyordan foydaliroqdir». 
«Haqiqiy san'at insondan boshlanishi kerak,- deya xitob qildi Lessing, klassitsizm estetikasi 
saroy tamoyillariga asoslanganligini qayd etarkan,— saroy mutlaqo shoir tabiatini o'rganadigan 
joy emas, saroyning udumi, dabdabasi odamni mashinaga aylantirib qo'ysa, shoir bu 
mashinalami yana odamga aylantirishi kerak». 
Lessing dramaturg sifatida barcha janrlarda qalam tebratgan. Uning har bir asarining o'z 
ohangi bor: «Oyimqiz Sara Sampson* ko'z yosh uyg'otsa, «Minna fon Barnxelm» kuldiradi, 
ruhiy orom baxsh etadi. «Emiliya Golotti» ko'ngiini musibat ohangiga g'arq qiladi, «Donishmand 
Natan» chuqur o'yga toldiradi. 
«Minna fon Barnxelm yoki Sarbozning baxti» (1767) Prussi — Saksoniya urushi tarixidan 
olingan asar bo'lib, unda Germaniya-ning milliy birligi, yaxlitligi muammosi olg'a surilgan edi. 
Pruss zo-biti mayor Telgeym taslim bo'lgan Sileziya shahriga solingan urush tovonini o'z puli 
hisobidan to'laydi. Raqib tomonga bunday xayr-ehson ko'rsatishdan shubhaga tushgan Prussiya 
boshliqlari Telgeym ustidan jinoiy ish qo'zg'aydilar. Aybsiz aybdor hotamtoy mayor og'ir 
ahvolga tushib qolgan bir paytda, saksoniyalik qiz, sevgilisi Minna kelib, uni tergovdan qutqarib 
oladi. Pyesa ikki oshiq-ma'shuqaning baxtli uchrashuvi bilan tugaydi. 
Lessing pyesa g'oyasini qahramonlarning xulq-atvori orqali ifoda etgan. Personajlarning har 
safar yangilik bilan paydo bo'lishi voqeaning tig'iz o'sib borishiga sabab bo'ladi. Bosh 
qahramonlar ideal qahramonlar sifatida ko'rinadi. Xudbinlikdan xoli chin sevgi egalari bo'lish bu 
kishilar or-nomus, yurt oldidagi burch tuyg'usini chuqur his etishiari bilan ajralib turadilar. 
1779-yili Lessingning so'nggi «Donishmand Natan* asari yaratiladi. «Mening yozgan asarlarim 
orasida eng ta'sirchan pyesa bo'lg'usidir* - deb yozgan edi dramaturg bu asarni yozishga kiris-har 
ekan. Ushbu asar chindanda juda dilga yaqin pyesa bo'lib chiqdi. Unda diniy musohabaga o'rin 
berilmagan, balki adovatcb ruhoniy misolida inson zurriyotini oyoq osti qilishdek mutaassibona 
qarashlar buyuk ezgulik, insoniylik ideallari tasviri orqali fosh eti gan. Uy-joyi vayron bo'lib, 
oilasidan judo bo'lgach, nasroniy qizni o'z tarbiyasiga olgan va uni muqarrar o'limdan saqlab 


33 
qolgan qud-duslik yahudiy Natan qiyofasida o'sha davr o'quvchilari Lessing ning o'zini 
ko'rgandek bo'ldilar. Bu mehr-sahovatli, tiyran aql-zakovat sohibi, qabohat va nodonlikka 
qarama-qarshi qo'yilgan bir shaxs edi. 
«Donishmnd Natan o'z shakliga ko'ra ma'rifiy-falsafiy drama tarzida paydo bo'ldi. 
«Lessing — bizning g'ururimiz va mehr-muhabbatimizdir», degan edi Geyni. Lessingning 
ijodi bilan nemis dramaturgiyasi kuch-qudrat kasb etdi, ulug' erkinlik g'oyalari bilan yo'g'rildi. 
Uning butun umri bekami-ko'st adolat tantanasi yo'liga sarflandi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish