Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/162
Sana03.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#480537
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali

B B Y Y.
c o
m


Ssuda kapitalining uchinchi manbasi sifatida davlatning pul jamg`armalarini ko’rsatishimiz mumkin.
Ularning hajmi davlat mulki va yalpi milliy mahsulot ulushi bilan belgilanadi.
Kreditning ikkita asosiy: tijorat va bank krediti shakllari mavjud bo’lib, ular ishtirokchilar tarkibi,
ssuda ob'ekti, dinamikasi, foiz miqdori va faoliyat yuritish sohalari bo’yicha bir-biridan farq qiladi.
Tijorat krediti deb, faoliyat yuritayotgan bir tadbirkorning, tovar uchun to’lovni kechiktirish shaklida,
ikkinchi tadbirkorga beradigan kreditiga aytiladi. Tijorat krediti veksel bilan rasmiylashtiriladi, uning ob'ekti
bo’lib esa tovar kapitali xizmat qiladi. U sanoat kapitali aylanmasiga, tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan
iste'mol sohasiga o’tishiga xizmat ko’rsatadi. Tijorat kreditining o’ziga xosligi shundaki, bu yerda ssuda
kapitali sanoat kapitali bilan birlashib ketgan. Tijorat kreditining maqsadi - tovarlarni sotish va foyda olish
jarayonini tezlashtirishdir. Bunday kreditning o’lchami sanoat va tovar kapitallarining zaxira kreditlari
miqdori bilan chegaralangan bo’ladi. Ushbu kapitallarning harakati shartnoma bilan belgilangan bo’ladi:
ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkordan, ushbu vositalarni o’z ishlab chiqarishida
iste'mol qiladigan tadbirkorga, yoki tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkordan, tovarlar savdosi bilan
shug`ullanuvchi savdo tashkilotlariga.
Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, tijorat kreditining imkoniyatlari cheklangan bo’ladi, chunki uni
faqatgina tovar ishlab chiqaruvchidan olish mumkin. Tijorat kreditining o’lchami cheklangan va u qisqa
muddatli bo’ladi, kredit oluvchilar esa aksariyat hollarda uzoq muddatli kreditga muxtoj bo’ladilar.
Tijorat kreditining cheklanganligini bank krediti bilan yo’qqa chiqarish mumkin. Bank krediti banklar
va boshqa kredit-moliya tashkilotlari tomonidan pul ssudasi ko’rinishida taqdim etiladi. Bank kreditining
ob'ekti bo’lib, ishlab chiqarishdan ozod etilgan pul kapitali xizmat qiladi. Bu yerda ssuda shartnomasi oldi-
sotdi shartnomasiga bog`liq emas. Qarz oluvchi sifatida xo’jalik, korxona, davlat, xususiy sektor bo’ladigan
bo’lsa, kreditor (kredit beruvchi) sifatida esa barcha kredit-moliya tashkilotlari xizmat qilishi mumkin.
Kreditorning maqsadi foiz ko’rinishida daromadga ega bo’lishdir. Kredit qaytarilish, muddatlilik va foiz
to’lash shartlarida beriladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, bank krediti tijorat krediti chegarasidan chiqib ketadi, chunki u yo’nalish,
muddat va kredit summasi bilan chegaralanmagan.Tijorat krediti faqatgina tovar aylanmasiga xizmat
ko’rsatsa, bank krediti - aholi barcha qatlamlarining pul daromadlari va jamg`armalarini kapitalga
aylantirgan holda, kapital jamg`arishda ham ishtirok etadi.
Bank va tijorat kreditlarining dinamikasi ham turlicha. Tijorat kreditining hajmi ishlab chiqarish va
tovar aylanmasining o’sishiga to’g`ri proporsional tarzda bog`liqdir. Sanoat o’sishi ro’y bergan davrda
tijorat kreditiga bo’lgan talab va taklif ham oshib boradi, va aksincha. Inqiroz davrida tovar ishlab chiqarish
va sotish hajmi keskin pasayadi, qarzlarni to’lash uchun esa bank kreditiga bo’lgan talab oshib boradi.
Iqtisodiy o’sish ro’y berayotganda ham bank kreditiga bo’lgan talab o’sishini ta'kidlashimiz mumkin.
Shunday qilib bank kreditining ikkilangan xarakteriga guvoh bo’lamiz, undan bir tomondan mavjud
kapitalni o’stirish uchun, ikkinchi tomondan - qarzlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan, kapital aylanmasini yanada tezlashtiruvchi va,
kreditga yangi funksiyalarni bergan holda, uning ahamiyatini yanada oshiruvchi kreditning yangi shakllari
paydo bo’lmoqda. Bunday shakllardan biri sifatida iste'mol krediti xizmat qiladi. Iste'mol krediti tijorat
(to’lovni kechiktirish imkonini bergan holda tovar sotish) va bank (iste'mol maqsadlariga ssudalar berish)
krediti shaklida bo’lishi mumkin. Iste'mol kreditining ob'ekti sifatida odatda uzoq muddat iste'mol
qilinadigan tovarlar (mebel, traktorlar, muzlatgichlar, avtomobillar va h.) va turli xil xizmatlar e'tirof etilishi
mumkin. Bunda banklar do’konlar tomoniga sotilgan tovar narxini to’liq to’laydilar, iste'molchi esa bank
ssudasini ma'lum muddat ichida qoplash majburiyatini oladi. Shuni ham ta'kidlash joizki, rivojlangan
davlatlarda, iste'mol krediti aholi turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib qolgan.
So’nggi vaqtda lizing katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Lizing - ishlab chiqarish uchun
mo’ljallangan mashina, uskuna, qurilma va inshootlarning uzoq muddatli ijarasidir. Lizing bo’yicha qarz bir
necha yil davomida ketma-ket to’lanib boriladi. Lizing o’z ustunliklariga ega bo’lib, ularning asosiysi
qimmat uskunani xarid qilish uchun katta mablag`ga ega bo’lish shart emas. Ushbu bosqichdagi barcha
xarajatlarni lizing kompaniyasi qoplaydi. Lizingni tor ma'nodagi bank operatsiyasi deb aytib bo’lmaydi. U
moliyalashtirishning bank shakliga juda yaqin bo’lib, savdo-sanoat korxonalari tomonidan qo’shimcha
operatsiya sifatida amalga oshirilishi mumkin. Ammo, birinchi navbatda, lizing bilan maxsus tuzilgan lizing
kompaniyalari shug`ullanadi.
Ob'ektni foydalanish uchun olganda lizing oluvchi mulkchilik huquqi bilan bog`liq majburiyatlarni
o’z bo’yniga oladi, ammo ob'ektning egasi bo’lib lizing beruvchi xizmat qiladi. Bunda lizing ob'ektining
yo’qolishi yoki undan foydalanish mumkin bo’lmay qolishi, lizing oluvchini qarzni qoplash majburiyatidan
ozod etmaydi. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, ijaradan farqli ravishda, lizing oluvchi ob'ektdan

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish