RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
«Investitsiya» atamasi, lotincha «invest» so’zidan olingan bo’lib, «qo’yilma» ma'nosini bildiradi.
Yanada kengroq ta'rif beriladigan bo’linsa, investitsiyalar - bu kapitalni yanada ko’paytirish maqsadida
amalga oshiriladigan kapital qo’yilmalardir. Bunda kapitalning ko’payishi, investor mavjud mablag`lar
iste'molidan voz kechganini kompensatsiyalashi, tavakkalchilik uchun mukofotlashi va ushbu davrdagi
inflyatsion yo’qotishlarni qoplash uchun yetarli bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining «Investitsiyaviy faoliyat to’g`risida»gi qonunida, «investitsiyalar»
tushunchasi «iqtisodiyot yoki boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy boyliklar va
ularga egalik qilish huquqi» deb izohlangan.
Makroiqtisodiy darajada, investitsiyalar deganda, ishlab chiqarish vositalarini qayta ishlab chiqarish,
uy-joy jamg`armasi va tovar zaxiralari o’sishini, ya'ni YAIMning joriy davrda iste'mol qilinmasdan, uni
yanada ko’paytirishga yo’naltirilgan qismini nazarda tutadi.
Mikrodaraja va ishlab chiqarish nazariyasiga ko’ra, investitsiyalar deganda yangi kapital, shu
jumladan ishlab chiqarish vositalari va intellektual salohiyat, qayta ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni
tushuniladi.
Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori U.F.SHark (1990 y.) «investitsiyalash» atamasiga
quyidagicha izoh beradi: «Ertaga daromad olish maqsadida, bugun pul sarflash», ya'ni investitsiyalarning
mohiyati shundaki ular kapital harakati jarayoniga jalb qilingan. Ushbu kapital harakati natijasida olingan
daromad nafaqat investorning barcha xarajatlarini qoplashi, balki unga tavakkalchilik uchun mukofot olib
kelishiham lozim.
Demak, investitsiyalar - bu kelajakda iloji boricha ko’p va samaraliroq foydalanish maqsadida «olib
qo’yiladigan» boyliklardir. Ularning bir qismini joriy davrda foydalanilmagan va zaxiraga olib qo’yilgan
iste'mol mablag`lari (zaxiralarni ko’paytirish emas); ikkinchi qismini esa ishlab chiqarishni kengaytirishga
yo’naltirilgan resurslar (bino, inshoot, mashina va qurilmalarga qo’yilmalar) tashkil etadi.
Korxonalar har doim investitsiyalarga, ya'ni yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mavjudlarini
rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihozlanishini yaxshilash, foyda olish va boshqa maqsadlarni
ko’zlagan holda, turli dastur va ayrim tadbirlarga mablag` (ichki va tashqi manbalardan) qo’yishga muxtoj
bo’ladilar. Bu ishbilarmonlik va faoliyatning boshqa turlari ob'ektlariga foyda yoki ijtimoiy samara olish
maqsadida qo’yiladigan pul mablag`lari, maqsadli bank jamg`armalari, paylar, aksiya va boshqa qimmatli
qo`ozlar, texnologiyalar, mashina va uskunalar, litsenziyalar, shu jumladan tovar belgilari, kreditlar, istalgan
boshqa mulk yoki mulkchilik xuquqi, intellektual boyliklarga ham.
Moliyaviy ta'rifi bo’yicha investitsiyalar - bu foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yiladigan
mablag`larning barcha turlaridir; iqtisodiy ta'rif bo’yicha esa - asosiy va aylanma kapitalni yaratish,
kengaytirish yoki qayta tiklash va texnik qayta qurollantirishga bo’lgan xarajatlardir.
Investitsiyalar turli xil belgilarga asosan turkumlanadi: asosiy kapitalni ko’paytirish zaruriyati bilan
bo`lib, sof, va asosiy fondlar eskirishini qoplash zaruriyati tufayli yuzaga kelgan, yalpi investitsiyalar.
Investitsiyalar yo’naltirilgan ob'ekti bo’yicha ham farqlanadi. Bunday ob'ektlar bo’lib mulk, moliyaviy
vositalar,nomoddiy boyliklar xizmat qilishi mumkin. Ta'sir yo’nalishi bo’yicha: almashtirish, kengaytirish,
fondlar tarkibini yangilashni ajratish mumkin. Maqsadlar va ular bilan bog`liq tavakkalchilik nuqtai-
nazaridan investitsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
- venchur (tavakkalchilikli);
- to’g`ridan-to’g`ri;
- portfel;
- annuitet.
Tavakkalchilikli investitsiyalar
, yoki venchur kapitali deb, tavakkalchiligi yuqori bo’lgan kapital
qo’yilmalarni ataydilar. Venchur kapitali - bu yuqori tavakkalchilik bilan bog`liq yangi faoliyat turlarida
chiqariladigan yangi aksiyalarga investitsiya kiritishdir. Venchur kapitali asosan innovatsion va yangi
texnologiyalar bilan bog`liq faoliyat turlarida uchraydi.
To’g`ridan-to’g`ri investitsiyalar
- foyda olish va boshqaruvda ishtirok etish maqsadida, xo’jalik
faoliyati yuritayotgan sub'ekt ustav kapitaliga qo’yiladigan kiritiladigan qo’yilmalardir.
Portfel investitsiyalar
- portfel shakllantirish bilan bog`liq bo’lib, qimmatli qog`ozlar va boshqa
aktivlar (jamg`arma va depozit sertifikatlari, sug`urta polislari, va h.) ni sotib olishdan iboratdir.
Annuitet
(nemischa annuitat-yillik to’lov) - investitsiya kirituvchi shaxsga bir xil vaqt oralig`ida
muayyan daromad keltiradigan investitsiyalardir. Bunga asosan sug`urta va nafaqa jamg`armalariga mablag`
qo’yishni misol tariqasida keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: