xususiyatlarini, ularning harakatchanligi, moddiy ahvoli, ijtimoiy maqomi hamda boshqa bir qancha
omillarni inobatga olgan holda muayyan qonuniyatni kuzatish mumkin.
Investitsiyalashning natijalari ularning xatarlilik darajasi bilan bog‘liq.
Shuning uchun investitsiya
maslahatchisi mijoz o‘zi uchun mumkin, deb qabul qiladigan barcha xatarlarni inobatga olishi zarur.
Investitsiyalashdagi asosiy xatarlar quyidagilar yuz berishi ehtimoli bilan bog‘liq:
-
qo‘yilgan barcha mablag‘larning to‘liq yo‘qotilishi;
-
omonatlarning ma'lum qismining yo‘qotilishi;
-
qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati saqlanib qolgan holda ularga sarflangan
mablag‘larning qadrsizlanishi;
-
qo‘yilgan mablag‘lar bo‘yicha kutilayotgan daromadning to‘liq yoki qisman to‘lanmasligi;
-
daromadlarni olishning kechiktirilishi.
G‘arb mamlakatlarida o‘tkazilgan qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, odamlarning tavakkal
qilishga bo‘lgan istagi uchta asosiy omil bilan belgilanadi: xarakterining o‘ziga xos xususiyatlari, yoshi va
moddiy ahvoli.
Investitsiya maqsadlari aniqlab olinganidan keyin maslahatchi ularni
amalga oshirishning eng
samarali yo‘lini belgilab olishi lozim. Buning uchun avvalo mijozning moliyaviy ahvoli haqida axborot
olishi kerak. Mijoz fond bozori vositalariga joylashtirish uchun ajratishi mumkin bo‘lgan resurslarning
hajmi belgilanib, summaning vaqt bo‘yicha bo‘linishi amalga oshirilganidan so‘ng maslahatchi katta
investitsion rejani tuzishga hamda omonat va jamg‘armalarni joylashtirishning mijoz uchun maqbul bo‘lgan
yo‘nalishlarni aniqlashga kirishadi.
Investitsiya strategiyasi va usullarini ishlab chiqishda investitsiya maslahatchilari investitsiyalarning
kelajakdagi qiymatini baholashning turli
xil usullaridan foydalanishadi, fond bozorining qaysidir sohasidagi
ishlar ahvolini chuqur va har tomonlama aniqlab olish imkonini beruvchi asosiy tahlil qilishga kirishadi,
yoki bozor kon'yunkturasining o‘zgarishini ta'minlash imkonini beruvchi texnik jihatdan tahlil qilish
usullariga suyanadi. Investitsiya maslahatchisining faoliyati mamlakatimiz fond
bozorining xalqaro fond
bozoriga integratsiyalashuvi sharoitlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakatimiz investitsiya
maslahatchilari turli faoliyag turlari tutashgan joyda ish olib borishadi, bular quyidagilar: bevosita
investitsiya maslahati, mol-mulkni, qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash, O‘zbekiston
korxonalarining
buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobotlari ko‘rsatkichlarini xorijiy investorlar uchun tushunarli shaklga
keltirish, yuridik xususiyatli xizmatlarni ko‘rsatish.
Investitsiya kompaniyasi - qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, qimmatli qog‘ozlarga mablag‘lar sarflash,
qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘zi hisobidan olish-sotish ishlarini amalga oshiruvchi yuridik
shaxsdir.
1
Investitsiya kompaniyalari o‘z resurslarini faqat muassislarning mablag‘lari va qayta
investitsiyalangan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiradi hamda yuridik
va jismoniy shaxslarga
sotiladigan o‘z qimmatli qog‘ozlari emissiyasini amalga oshiradi.
Investitsiya kompaniyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni tashkil etish va emitentga (muassislarga) ularning joylashtirilishi
kafolatini berish;
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qilish;
Qimmatli qog‘ozlar bilan o‘z hisobidan va shaxsiy tavakkalchilik asosida operatsiyalar (oldi-sotdi)
qilish (dilerlik faoliyati).
O‘zbekistonda investitsiya kompaniyalari. O‘zbekistonda dastlabki investitsiya kompaniyalari 1992
yilning oxirida paydo bo‘ldi. Ulardan eng yirigi "Toshkent" respublika universal tovar-fond birjasi bazasida
tashkil etilgan "Toshkent" O‘zbekiston moliya-investitsiya kompaniyasi ("O‘zmoliyainvest") edi.
Investitsiya kompaniyalari "Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida"gi
Qonun qabul qilingunga qadar "Korxonalar to‘g‘risida"gi Qonun asosida ish olib borardi.
Ularning
investitsiya instituti sifatidagi faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun hujjati mavjud emas edi. Shuning
uchun ko‘pchilik investitsiya kompaniyalari tijorat va qimmatli qog‘ozlar bozori bilan bog‘liq bo‘lmagan
boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanardi. 1996 yilda investitsiya kompaniyalari faoliyatining ayrim
cheklovlari qabul qilinganidan keyin (ular o‘zlarining jalb qilingan resurslarini aholining omonatlari va
mablag‘lari hisobidan shakllantirishi mumkin emas edi) ularning ko‘pchiligi investitsiya institutlarining
boshqa turlariga (odatda, boshqaruvchi kompaniyaga) aylangan holda o‘z maqomini o‘zgartirdi.
Investitsiya kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri anderrayting - qimmatli qog‘ozlarni
xarid qilish yoki ularni investorlar o‘rtasida joylashtirish kafolatini berish - hisoblanadi. Anderraytingga
Do'stlaringiz bilan baham: