Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/162
Sana03.03.2022
Hajmi1,08 Mb.
#480537
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali

Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m
Click here to buy
A
B
B
Y
Y
PD
F Transfo
rm
er
2
.0
w
w
w .A
B B Y Y.
c o
m


huquqlarini himoyalash, ularning qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishdagi xatarlarni kamaytirish uchun,
shuningdek, investitsiya instituti hamda mijozlar manfaatlarining qo‘shilib ketishi va shu munosabat bilan
nizoli vaziyatlarning sodir bo‘lishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar
bozoridagi har xil faoliyat turlarining birlashtirilishi bir shaxsning o‘ziga investitsiya muassasasining har xil
turlari sifatida faoliyat yuritish uchun bir necha litsenziyani berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Investitsiya institutlari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Yuridik shaxs
hisoblangan investitsiya muassasalarining faoliyati litsenziyalanishi lozim. Litsenziyalar 5 yil muddatga
beriladi. Investitsiya muassasalarining litsenziyalanishi ular faoliyatining davlat tomonidan nazorat
qilinishini anglatadi. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi har bir faoliyat turiga mazkur bozorni tartibga soluvchi
organning muayyan litsenziyasi to‘g‘ri keladi. Jismoniy shaxslar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya
maslahatchisi va investitsiya vositachisi sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ushbu faoliyatni amalga
oshirish uchun jismoniy shaxslar mahalliy hokimiyat idoralarida tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinishi
hamda fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga va
litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Malaka shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi. Investitsiya institutlarining
ikkinchi o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni xodimlarining asosiy tarkibi, xususan:
investitsiya institutlarining rahbarlari;
investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiya instituti nomidan bitimlar tuzishda
bevosita ishtirok etuvchi, shuningdek, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislari fond bozorining ahvoli uchun
mas'ul bo‘lgan organda majburiy ravishda shahodatlashdan o‘tishlari kerak.
Investitsiya institutida ishlovchi va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarishga doir hujjatlarga
imzo chekish huquqiga ega bo‘lgan shahodatlashdan o‘tgan mutaxassislar kamida ikkita xususiyatga ega
bo‘lishi zarur.
Va nihoyat, investitsiya institutlarining uchinchi o‘ziga xos xususiyati shuki, ular yetarli darajadagi
o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi lozim. O‘z mablag‘lari deganda ustav, qo‘shimcha, zaxira fondlari va
bevosita foydadan tashkil topgan mablag‘lar hajmi tushuniladi. O‘z mablag‘larining yetarli bo‘lishini
ta'minlash maqsadida investitsiya institutlari ularning har biri uchun maxsus belgilangan iqtisodiy
me'yorlarga dosh berishlari kerak, bu me'yorlar qo‘yidagilardan iborat:
Ustav fondining eng kam miqdori.
Qo‘yidagi formula bo‘yicha aniqlanadigan o‘z sarmoyasi va mijozlar mablag‘lari o‘zaro nisbatining
koeffitsienti:
S
N1 = .......... ,
K
H1 - o‘z sarmoyasi va mijozlar mablag‘lari o‘zaro nisbatining koeffitsienti;
S - investitsiya institutining o‘z sarmoyasi;
K - mijozlarning umumiy mablag‘lari.
Bir mijoz uchun xatarning eng ko‘p miqdori investitsiya institutini o‘z mablag‘ining bir mijoz
tomonidan taqdim etilgan mablag‘larning umumiy hajmiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha
belgilanadi:
S
N2 = ------ ,
1K
N2 - xatar koeffitsienti;
S - investitsiya institutining o‘z sarmoyasi;
1K - bir mijoz tomonidan taqdim ztilgan mablag‘lar summasi.
4.2. Investitsiya maslahatchilari
Investitsiya maslahatchisi - maslahat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi investitsiya institutidir.
1
Maslahat
faoliyati qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari ahvolini tahlil va taxmin qilish, moliyaviy
vasitalarni ekspertizadan o‘tkazish, ishlab chiqish va tavsiyalar berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni,
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, jaylashtirish hamda ularning muomalada bo‘lishi, mutaxassislarni qayta
tayyorlash, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan investitsiya siyosatini amalga oshirish
masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatishni nazarda tutadi. Investitsiya institutlarining boshqa
turlaridan farqli o‘laroq, investitsiya maslahatchisi sifatida yuridik yoki jismoniy shaxslar ishtirok etishi
mumkin. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyatining o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, u imkoniyatli investorga muayyan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish
bo‘yicha tavsiyalar berish huquqiga ega emas, faqatgina unga mustaqil qaror qabul qilish uchun zarur

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish